d) kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida malumotlarni
masofadan uzatishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonun. 11.12.2003 y. 560-II
2. Qosimov S.S. Axborot texnologiyalari. T. 2006 yil.
3. G’ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. T., «Sharq», 2000 y.
2-Mavzu. Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari. Grafik
axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari (2 soat).
Mavzu rejasi:
2.1. Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari.
2.2. Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari.
Tayanch so’z va iboralar: matn muxarrirlari, Microsoft Word, ob’ekt,
muloqot oynasi,
taqdimot, slayd, prezentasiya.
2.1. Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari
Matnni qayta ishlash texnologiyalarini uskunaviy va dasturiy vositalarga
ajratishimiz mum-
kin. Shulardan biz bugungni kunda eng ommalashgan dasturlardan biri matn muharrirlari haqida
fikr yuritamiz.
1. Matn muharrirlari haqida umumiy tushuncha
Bugungi kunda matnli hujjatlarni tayyorlashda ommabop bo’lgan dastur
Microsoft Word
dasturi bo’lib, u matn prosessori deb ham ataladi. Haqiqatdan ushbu dastur o’zining juda keng
imkoniyatlari tufayli o’z sinfining matn prosessorlari orasida foydalanuvchi standartiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: