Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Number in nouns. Otlarda son (birlik va ko’plik)


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

Number in nouns. Otlarda son (birlik va ko’plik) 
 
1. Ingliz tilida ot so’z turkumiga kiruvchi so’zlarning ko’pligi, so’zning orqasiga “-s” 
qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi: a book – books, a tree – trees, hat – hats.
 
2. Agar so’zlar “ –s, -ss, -ch, -sh, -o, -x” harflari bilan tugasa ko’plikda so’z oxiriga “-es” 
qoshimchasi qo’shiladi: a watch – watches (qo’l soat), a class – classes (sinf), a fox – foxes (tulki), 
a dress – dresses (ko’ylak).
 
3. Agar otlar “-y” harfi bilan tugasa va shu harfdan oldingi harf undosh bo’lsa ko’plik 
shaklda “y” harfi “i” harfiga o’zgaradi va “-es” qo’shimchasi qo’shiladi: a city – cities (shaharlar), 
an army – armies (armiya).
 
4. Agar ot oxiridagi “y” harfidan oldin unli harf bo’lsa ko’plik shaklda “y” harfi o’zgarmaydi: 
a boy – boys (o’g’il bolalar), a toy – toys (o’yinchoqlar), a key – keys (kalitlar).
 
5. Agar ot “f” harfi bilan tugasa ko’plikda “f’ harfi “v” harfiga o’zgaradi va “-es” 
qo’shimchasi qo’shiladi: a leaf – leaves (barg - barglar), a wife – wives (xotin - xotinlar), a knife – 
knives (pichoq - pichoqlar), half – halves 
 
Lekin ba’zi “f, fe” harflari bilan tugaydigan otlarning ko’pligida ham “f, fe” harflari 
o’zgarmaydi: a chief – chiefs (rahbar - rahbarlar), a roof – roofs (tom - tomlar), a safe – safes (seyf 
- seyflar).
 
. Ko’plikda ba’zi “o” harfi bilan tugaydigan otlarga “-s”, ba’zilariga esa “-es” qo’shiladi: 
negro – negroes (negrlar), hero – heroes (qahramonlar), photo – photos (rasmlar), potato 
potatoes (kartoshkalar).
8. Qo’shma otlarning ko’pligi o’sha so’zning asosiy ma’nosini ifodalaydigan qismiga ko’plik 
qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi: a custom-house – custom-houses (bojxonalar), passer-by 
– passers-by (yo’lovchi), mother-in-law – mothers-in-law (qaynona), schoolgirl – schoolgirls 
(o’quvchi qizlar).

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling