Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

what (nima, qanday), which (qaysi), how much (qancha), how many (nechta).
2. a) Who so’roq olmoshi kishilar haqida savol so’raganda ishlatiladi va who bilan asosan 
egaga savol beriladi. Birlikdagi egaga ham ko’plikdagi egaga ham who bilan savol berilaveradi: 
Who is going with me? Men bilan kim bormoqchi? Who are the people over there? Ana u yerdagi 
odamlar kim?
b) Who olmoshi bilan egaga savol berilganda yordamchi fe’l egadan oldinga chiqmaydi. Gap darak 
gap shaklida bo’ladi: Who is singing? Kim kuylayapti? Who came yesterday? Kecha kim keldi?
3. Who olmoshining tushum kelishigidagi shakli “whom”dir. Yani gapdagi to’ldiruvchiga 
savol berishda whom ishlatiladi (agar u shaxs bo’lsa): He saw Anvar yesterday. Whom did he see 
yesterday? U kech kimni ko’rdi?
Lekin: a) Hozirgi ingliz tilida “whom”ning o’rniga ham “who” ishlatilmoqda. Agar who so’roq 
olmoshidan keyin ega bo’lsa va yordamchi fe’l egadan oldinga chiqqan bo’lsa unda “who”ni 
kimni yoki kimga” deb tarjima qilish lozim: Who did he see yesterday? U kecha kimni ko’rdi? 
Who did you give the message? Sen xatni kimga berding?
b) Whom olmoshi predlog bilan ham kelishi mumkin: To whom did you give the messaga? Sen 
xatni kimga berding? Of whom are you thinking? Kim haqida o’ylayapsan?
4. Whose olmoshi gapdagi egalik olmoshlariga va qaratqich kelishigidagi otlarga savol 
berish uchun ishlatiladi: My book is new. Wwhose book is new? Kimning kitobi yangi? Anvar’s 
room is large. Whose room is large? Kimning xonasi keng?
5. a) What olmoshi biror predmet yoki ish-harakatning nimaligini so’rash uchun ishlatiladi: 
What is this? Bu nima? What are you doing? Nima qilayapsan?
b) What olmoshi gapda sifatlovchi olmosh vazifasida ham kelib, aniqlovchi vazifasini 
bajarishi va “qanday, qanday turdagi” deb ham tarjima qilinishi mumkin: What languages do you 
know? Qanday tillarni bilasiz? (I know the English language). What car do you have? Qanday 
turdagi mashinangiz bor?

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling