Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedresi


Download 200.06 Kb.
bet20/42
Sana05.01.2022
Hajmi200.06 Kb.
#206871
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
4. Худойбердиева

I bob bo’yicha xulosa

Tarjima - sertarmoq, murakkab faoliyatdir. Uinsoniyat faoliyatining eng qadimiy turlaridan biri hisoblanadi. Tarjima tufayli biz insoniyat taraqqiyoti tarixini ochiq-oydin tasavvur etamiz. Tarjima xalqlar o‘rtasidagi “qudratli quroldir”. Bu “qurol” ni ishga tushiradigan vosita esa pragmatikadir. Pragmatika - tarjimada muhim ahamiyatga ega.

Ma’lumki, pragmatikaning asosiy vazifasi - bu asliyatda ifodalangan ma’no-mazmunni tarjimada ham xuddi shunday mazmunda yetkazishdan iborat. Agar asliyat matnining asosiy vazifasi biror axborotni yetkazishdan iborat bo’lsa, o’sha axborotning tarjimada to’g’ri va aniq ifodalanishini pragmatika ta’minlaydi.

Ikki kishi o’rtasida kechayotgan muloqotni keyin kelib qo’shilgan uchinchi kishi tushunmaganidek, tarjima matnini qabul qiluvchi ya’ni, retseptor ham asliyatdagi matn mazmunini asliyat tilida o’qisa tushunmaydi, ammo tarjima va unda aks ettirilgan pragmatika yordamida u asliyatni anglaydi.

Pragmatika – bu asliyat va tarjima o’rtasidagi “ko’prikdir”. Bu ko’prikning “quruvchisi” esa tarjimondir. Asliyat va tarjima o’rtasidagi “ko’prik” ning mustahkam yoki mo’rt bo’lishi tarjimonning mahorati va bilimiga bog’liq.

Tarjimon biror asarni tarjima qilishga kirishar ekan, asliyat va tarjima tilidagi pragmatik nomuvofiqliklarni hisobga olib, tegishli o‘rinlarda matnning to‘la tushunilishiga erishish uchun zarur o‘zgartirishlar kiritadi.

Asliyatdagi pragmatik axborotni tarjima orqali o‘zbek kitobxonlariga yetkazishga uringan tarjimon o‘z matnini muayyan yuqori saviyadagi yoki past saviyadagi kitobxonlarga ham mo‘ljallashi mumkin. Asliyatga mos ravishdagi pragmatik munosabatlarni o‘rnatish ko‘p jihatdan tarjimondan tarjima jarayonida asliyatga mos til vositalarini tanlashiga bog‘liq.

Har qanday matn u yoki bu darajada uni o’qiydigan, qabul qiladigan kishiga (retseptorga) ta’sir ko’rsatadi. Asliyatdagi matn ta’sirining tarjimada qayta yaratilishi tarjimaning pragmatik salohiyatini aks ettiradi.




Download 200.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling