Eel ees the story of a leetle Franch girl, who comes to a beeg ceety, just like New York, and falls een love wees a leetle boy from Brookleen.
Bu ko‘shik juda katta shakarga kilgan va Bruklinlik kichkina bolachani sivgan kichkina bir fransuz kizchasi xakida.
O’zbek tarjimoni fransuzning buzuq tilda gapirishini o‘zbekcha q, o‘, h tovushlari o’rniga k, u, x harflarini ishlatish, u harfi o‘rniga i harfini ishlatish, so‘z tartibini noto‘g‘ri tuzish orqali amalga oshirgan.
Xorijiy kontaminatsiyalashgan nutqni tanlab kontaminatsiyalashtirib tarjima qilishda buzib gapirish mumkin bo‘lgan ayrim so‘zlar tanlanadi va bu qisman bo’lsada pragmatik adekvatlikka erishish imkonini beradi.
Kontaminatsiyalashgan formalardan foydalanishda odatda ko’pincha oddiy xalq tilida shakllangan formalardan, so’zlashuv usulidan, murakkab grammatik, sintaktik shakllaridan masalan, ergashgan qo’shma gaplardan, sifatdoshlardan qochish kuzatiladi.
Shuni e’tibordan soqit qilmaslik lozimki, ayrim standart kontaminatsi-yalashgan nutq namunalari nafaqat xorijiy kishining o’zga tilda gapirishiga, balki sodda, avom odamning yoki tilni endigina o’rganishni boshlagan va uni yaxshi bilmaydigan o’quvchi nutqi sifatida ham qabul qilinishi mumkin. Masalan ingliz tilini uncha yaxshi tushunmaydigan, oddiy maktab bolasi o’z fikrini inglizcha quyidagicha bayon qilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |