Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedresi
He do look quiet, don't 'e? D'e know 'oo 'e is, Sir?
Download 200.06 Kb.
|
4. Худойбердиева
He do look quiet, don't 'e? D'e know 'oo 'e is, Sir?
Ko‘rinishidan juda mo‘minga o‘xshaydi, to‘g‘rimi? Magarkim, uning kimligini aytolmaysizmi, janob? Asliyatdagi grammatik belgi «don't» o‘rniga «doesn't» ishlatilishi, fonetik belgi 'e o‘rniga he, 'oo o‘rniga who so‘zlarining ishlatilishi gapirayotgan personaj oddiy xalq tilida gapirayotganining belgisidir va u oddiy xalq tilidagi ibora «magarkim ayta olmaysizmi» so‘zlari bilan o‘girilishiga to‘g‘ri kelgan. Asliyatdagi xorijiy kishilar nutqini tarjimada qayta yaratish ham qator xususiyatlarga ega. Asliyatda kontaminatsiyalashgan (buzib gapirilgan) so‘z formalarining ishlatilishini ikki tomonlama sharhlash mumkin. Birinchi holda matnda bunday buzib gapirilish muallifning shu tilning bilmasligi bilan bog‘liq xato bo‘lsa, ikkinchidan muallif personaj tilining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish uchun ataylab shu formadan foydalanadi. Birinchi holatda bunday buzuq tilda ifodalangan fikrni o‘qigan asliyat tiliga mansub kitobxon gapirayotgan personaj boshqa millatga mansub kishi ekanligini darrov payqaydi va uni o‘zicha «tarjima» qilishga urinadi. Tarjimon ham tarjima qilish jarayonida kontaminatsiyalashgan so‘z ifodalagan ma’noni to’g‘irlab tarjima qilishdan boshqa iloji yo‘q. Ikkinchi holatda esa muallif tomonidan personaj tilining xarakteristikasi sifatida ishlatilgan buzuq til matnning pragmatik potensialini tashkil qiladiki, tarjimon ham o‘z ona tilining vositalaridan foydalanib tarjimani shunday buzuq tilda amalga oshirishi, yoki so‘z yoki iborani o‘z ona tilida buzib gapirish yo‘llarini ixtiro qilish zarurati paydo bo‘ladi. Juda ko‘plab tillarda buzib gapirishning umumiy, standart shakliga kirgan formalari mavjud. Ayni paytda so‘zlarni buzib gapirish usullari turli tillarda turlichadir. Masalan, fe’l formalarini to‘g‘ri tanlay olmaslik borasida yasaladigan kontaminatsiyalar rus tilida gapirishga urinadigan barcha xorijliklarga xosdir. Aytaylik, nemis va fransuz millatiga xos kishilar ruscha gapirsalar «я буду читать» so‘zi o‘rniga «я будет читать» jumlasini ishlatadilar. Agar shu jumlani o‘zbekcha kontaminatsiyalashgan formasini ishlatsak, «meniki o‘qiydi» formasini ishlatgan bo‘lardik. Tarjima tilida standartlashgan kontaminatsiyalarning mavjudligi tarjimonga asliyatdagidan tubdan farq qiladigan vositalardan foydalanish imkniyatini beradi. Agar asliyatda xorijiy tilda gapirayotgan shaxsning kontaminatsiyalashgan nutqi tarjima tilida kontaminatsiyalashgan standart shakli mavjud bo‘lmasa, tarjimon kommunikativ vaziyatni, gapirayotgan personaj xarakterining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘z variantini yaratadi. Xorijiy kishining kontaminatsiyalashgan nutqini tarjima tilida yoppasiga yoki ayrim so’zlar orqali amalga oshirish mumkin. Yoppasiga kontaminatsiyalashtirib tarjima qilishda nutq yoppasiga yoki uning katta qismi olinadi. Masalan fransuz millatiga mansub kishining ingliz tilini buzib gapirishi va uni tarjimalarda qanday ifodalanganligiga e’tibor beraylik: Download 200.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling