Samarqand davlat chet tillar instituti
Download 33.78 Kb.
|
stilistika ishchi dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Means of lexical-stylistics
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI “Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor ________________ F.Ro‘ziqulov 2020 yil “_____” _____________ BADIIY MATNNING LINGVOSTILISTIK TAHLILI FANINING ISHCHI O`QUV DASTURI Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar Ta’lim yo‘nalishi: 5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) Umumiy o‘quv soati – 184 soat Shu jumladan: Ma`ruza – 50 soat (5 semestr -8 soat; 6 semestr -42 soat) Seminar mashg‘ulotlari – 52 soat (5 semestr -10 soat; 6 semestr -42 soat) Mustaqil ta`lim soati – 82 soat (5 semester -14 soat; 6 semestr -68 soat) Samarqand – 2020 y. Fanning ishchi o‘quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligining 2020 -yil “____”-_________dagi ___-sonli buyrug‘ining __- ilovasi bilan tasdiqlangan “Badiiy matnning lingvostilistik tahlili” fan dasturi asosida tayyorlangan. Fanning ishchi o‘quv dasturi Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2020-yil “___” _____________ dagi “____” – sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Tuzuvchilar: Sh.J. Norkulova - SamDCHTI, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi. Taqrizchilar: N .Y.Turdiyeva - SamDCHTI, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o’qituvchisi, f.f.n.
SamDCHTI Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani: 2020 yil “___” ___________________ __________________ B. Odilov “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri: 2020 yil “___” ___________________ __________________ O`. Qo`ldoshev
Fanni o`qitishdan maqsad talabalarning shaxsiy fikrlarini turli xil usullar bilan yoritishning muayyan nutq sharoitiga mos yo`llarini aniqlash hamda badiiy matndagi his-hayajonli holatlarni ifodalash uchun qo`llanilgan stilistik, leksik-frazeologik birikmalarning ma’no va vazifalarini tahlil qilishdir, tildan faol foydalanish malakasi, muloqotning ijtimoiy, milliy, psixologik tomonlarini hisobga olgan holda rivojlantirish. Fanning vazifasi bo`lajak mutaxassisga ongli o`qishni o`rgatish usullarini yaxshiroq egallash imkonini berish, asarga yuzaki yondashishning oldini olish, badiiy matnni murakkab tarkibiy butunlik tarzida tushunishni o`rgatish. Tafakkur va hissiyotni sezish, umumiy g`oya va ta’sirchanlikni kuchaytirish, estetik did, badiiy adabiyotni o`rganishni yuksak madaniyatini yaratish imkonini berish. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quydagi talablar qo`yiladi. Talaba: -stilistika lingvistikaning qismi va nutq madaniyati nazariyasi sifatida, funksional uslublar tizimi, stilistik lug`atning tasnifi, stilistik uslublarning turlari, badiiy matn va matn turlari, ularni ajrata olish, baddiy matn tahlilining stilistik usullari haqida tasavvurga ega bo`lishi kerak; -badiiy matnni turli uslublar yordamida farqlash, til qurilishining stilistik usullari va xususiyatlari maxsus adabiy va so`zlashuv birliklarining matndagi farqi va xususiyati, matn kategoriyalarini bilishi kerak; -kommunikatsiya turini, ifoda etish shakli va tahlil etilayotgan matn kommunikativ-pragmatik turlarini aniqlash; -til tuzilishining barcha bosqichlarida uslubiy belgilangan birliklarni tanishi, ularning uslubiy, kommunikativ-pragmatik matn vazifalarini va milliy-madaniy, o`ziga xosligini aniqlash, konseptual ma’noli badiiy detallar ko`rsatish usullari, turlari va matn mazmunini ochishdagi ahamiyatini aniqlashni, muayyan axborot turini burishni, matn asosiy kategoriyalarini qo`llashning til vositalarini aniqlash, uslubiy tahlil va badiiy matn tahlilini, uning konsepti va estetik bahosini ochish maqsadida o`tkazish malakalariga ega bo`lishi kerak; - badiiy adabiyotlar matnlari tarjimasida qo‘llaniladigan usullarini bilish; - badiiy matnlar xususiyatlari va uni badiiy uslubda tarjima qilish metodlarini o‘rganish; -o’z ona tilisining uslubiy jihatlarini yaxshi bilishi va muloqot paytida uslubiy vositalardan foydalanishni ko’rsata olishi; - o’rganayotgan chet tilining uslubiy jihatlarini va vositalarini yaxshi egallashi hamda tarjima va muloqot mobaynida bu ko’nikmani ko’rsata olishi; - o‘z mamlakatining madaniyatini, tarixini, urf-odati va davlat tizimini yaxshi bilishi va muloqot paytida uni ko‘rsata olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
1-jadval
Jami 50 soat Ma’ruza mashg‘ulotlari multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada akadem. guruhlar oqimi uchun o‘tiladi. 3. Seminar mashg‘ulotlari 2-jadval
Jami 52 soat Seminar mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem guruhga alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tiladi, “Bumerang”, “Klaster”, “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi, qo’llaniladigan texnologiya va metodlar mazmuni o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Turli ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurulmalari yordamida uzatiladi. 4. Mustaqil ta’lim 3-jadval
Jami 82 soat Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagilardan foydalanishlari tavsiya etiladi: - ona tilidagi ko‘p so‘zli iboralar o‘rniga o‘rganayotilgan chet tilidagi kam so‘zli muqobillarini topib lug‘at tuzish; - o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha radio va televidenie orqali beriladigan xabarlarni CD diskiga yozib olib, tarjima qilish; - o‘tilayotgan mavzuga oid stilistik vositalarni ifodalovchi so‘zlar va iboralar ro‘yxatini tuzib, yod olish; - qisqa hikoyalar tanlab, ularni stilistik tahlil qilish; - tarjimonning professional ko‘nikmalari, tarjima san’atiga oid adabiyotlar bilan tanishib, konspekt yozish; - durdona badiiy asarlarda uchraydigan stilistik vositalarni topish va ularning tarjimasi bilan taqqoslash, tarjimonlik mahorati nima ekanligi haqida material to‘plash va tarjimon uslublari haqida bilish; - badiiy matndagi stilistik vositalarning tarjimasida uchraydigan muammolari bo‘yicha insho yozish; - tarjimaning birorta mavzusi bo‘yicha referat yozish. - chet tilidan ona tiliga qilingan matnlar tarjimasini tahrir qilish va kamchiliklari haqida yozma fikr bildirish. - yozma tarjima texnikasiga xos xususiyatlarni belgilovchi omillar haqida ma’ruza yozish. Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. 5. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Izoh: Mazkur fan bo‘yicha oraliqlar va yakuniy nazoratlar rejalashtirilgan. Oraliqlar yozma, yakuniy nazoratlar test shaklda o‘tkaziladi. 6. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari Asosiy adabiyotlar 1. Sirojiddinov Sh., Odilova G. Badiiy tarjima asoslari. Т.: Mumtoz so`z, 2011. 2. Salomov G`. Tarjima nazariyasi asoslari. T.: O`qituvchi, 1983. 3. Шимановская Л.А. English stylistics for tranlators. К.: Казан, 2008. Qo`shimcha adabiyotlar 1. Арнольд И.В. Стилистика современного английского языка. М.: Высшая школа, 2004. 2. Бобоханова Т.А. Инглиз тили стилистикаси. Т.: Ўқитувчи, 1995. 3. Кухаренко В.А. Практикум по стилистике английского языка. М.: Высшая школа, 1986. 4. Азнаурова Э.С., Ашурова Д.У. Interpretation of literary text. Т.: Ўқитувчи, 1990. 5. Кузнец М.Д., Скребнев Ю.М. Стилистика английского языка. Л.: Учпедгиз, 1960. 6. Мороховский А.Н. Стилистика английского языка. Киев: Вища школа, 1984. 7. Мусаев К. English stylistics. Т.: Адолат, 2003 Internet saytlar 1. Website dedicated to linguistics: www.linguist.org 2. www.natlib.uz 3. www.dissercat.ru 4. www.nauka.ru 5. www.dissorg.com 6. www.uzscience.uz Download 33.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling