Samarqand davlat chet tillari instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti yaqin sharq tillari kafedrasi


Download 313 Kb.
bet2/4
Sana22.06.2020
Hajmi313 Kb.
#120926
1   2   3   4
Bog'liq
NURKHAN


Sheva- biror til doirasidagi xalq jonli tilining o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarga ega bo‘lgan eng kichik qismi hisoblanadi. Masalan, Misr shevasi, Livan shevasi, Sudan shevasi .

Dialekt - tilshunoslikka doir adabiyotlarda ko‘pincha lahja ma’nosida , ba’zan sheva ma’nosida ham qo’llanadi. Olimlar tomonidan yaratilgan dialektologiyaga oid ilmiy ishlarda sheva, dialekt va lahja atamalarini farqlamaslik, aralashtirib qo‘llash hollari ham uchraydi. Dialekt xalqaro atama bo’lib, umumlingvistik “dialekt” ma’nosida ishlatish lozim.

Lahja – arabcha so’zdan olingani bo‘lib, ravish,tarz,yo‘sin ma’nolarini bildiradi. Lingvistikada tilning bir necha sheva va dialektlarini o‘z ichiga olgan, umumiy xususiyatlari jihatidan o‘xshash katta bo‘lagi, ya’ni shevalar yig‘indisidir.

Arabiston yarim oroli mamlakatlari egallagan xudud Osiyo qit`asi janubiy-g`arbiy Osiyo mamlakatlari subregionining janubiy-g`arbiy qismi xududiga to`g`ri keladi.

Arabiston yarim oroli mamlakatlari shimolda Iordanya, Iroq davlatlari bilan chegaradosh. Uni sharqda fors qo‘ltig‘i, janub va janubi-sharqda Arabiston dengizi va Adan qo‘ltig‘i, g‘arbda Qizil dengiz suvlari sohillarini yuvib turadi.

Arabiston yarim oroli mamlakatlarning umumiy yer maydoni 3196857 km2 aholisi-50.1 mln kishi bo`lib, bu xududda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amrliklari, Quvayt, Qatar, Ummon, Yaman (Yemen) davlatlari joylashgan.

Arabiston yarimoroli mamlakatlarining tabiy sharoiti va tabiiy resurslari haqida gap yuritadigan bo‘lsak, bu region mamlakatlarning tabiiy sharoiti ancha murkkab bo‘lib, bu hudud shimoliy qismida past tog‘liklar, qir-adirlar cho‘llar Rub-El-Xali qumli cho‘l va hududning janubiy- g ‘arbiy qismida baland nuqtasi 3760 m bo`lgan o ‘rtacha balandlikdagi tog‘li massiv mavjuddir[24].

Arabiston yarim oroli mamlakatlarining iqlimi subtropik va tropik bo‘lib, yozi issiq va quruq, yog‘ingarchilik 50-250 mm dan oshmaydi, o‘zlashtirilgan qirg‘oq bo‘yi tekisliklarda ham sug‘orma dehqonchilik asosida ekinlarni ekib yetishtirish amalga oshiriladi.

Arabiston yarim orolining o‘rta hududlarida suv muammosi hanuz muommoligicha qolib kelmoqda. Shuning uchun yarim orol mamlakatlarining katta qismida, o‘rta va janubiy kengliklaridagi qaqrab yotgan cho‘l hududlaridan faqat tuya va mayda mollarni boqish uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Tabiy resurslaridan yer resurslarni oladigan bo‘lsak ,bu hududda kam foydalaniladigan va umuman foydalanmaydigan yerlar maydoni ko‘pchilikni tashkil etadi. Bundan tashqari bu hududdagi Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni mamlakatlarning sharqiy ya’ni, Fors ko‘rfaziga yaqin yerlarida dunyo okeanini neft bilan ifloslantirish muammosi vujudga kelgan.

Arabiston yarim oroli mamlakatlari xududida tabiiy qazilma boyliklaridan asosan neft (Savdiya Arabiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Ummon) va fosfarit (Saudiya Arabistoni, Yaman)lar ko‘plab topilgan.

Yarim orol mamlakatlari hududining voha va vodiy tekisliklarida xurmo ko‘plab yetishtiriladi va u o‘z navbatida xuddi neft kabi jahon mamlakatlariga eksport qilinadi. Arabiston yarim oroli mamlakatlaridan Saudiya Arabistoni Quvayt, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari davlatlari mintaqaning asosiy boyligi neft va tabiiy gaz qazib chiqarish va eksport qilish bo‘yicha jahonning birinchi beshlik mamlakatlarini tashkil etadi.

Yuqorida aytilganidek, Arabiston yarim oroli mamlakatlari hududida shu kunlarda 52mlnga yaqin aholi istiqomat qiladi. Bu region mamlakatlari ichida aholi soni bo`yicha Saudiya Arabistoni (22,7 mln kishi) va Yaman(yemen) davlatlari yetakchilik qilsa, Qatar (600 ming) davlati oxirgi o‘rinlarni egallaydi[22].

Arabiston yarim oroli mamlakatlarning aholisi Islom diniga itoat etadilar. Makka (Saudiya Arabistoni) shahri butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi, chunki bu yerda islom dinining asoschisi Muxammad payg‘ambar dunyoga kelgan.

Arabiston yarimoroli mamlakatlarining iqtisodi asosan neft qazib chiqarish, neft sanoati, neftni exsport qilish hamda tabiiy gaz qazib chiqarish va uni eksport qilishga asoslangan. Arabiston yarim oroli mamlakatlarining qishloq xo‘jaligida asosan xurmo, banan, poliz ekinlari va baliq ovlash yetakchi soha hisoblanadi, ammo ( B.A.A, Ummon, Yaman, Qatar. ) ba’zi mamlakatlarining aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash (70%) import hisobiga amalga oshiriladi.[37]

Arabiston yarim orali mamlakatlarining transporti asosan avtomobil va dengiz transportiga asoslangan. Yarim orol mamlakatlarining ko‘pchiligida temir yo‘li transportidan foydalanilmaydi.

Arabiston yarimoroli mamlakatlari dunyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlarini olib boradi.

Yuqoridagi ma`lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Arabiston juda katta yer maydoniga ega eganligi arab tilida so‘zlashadigan aholi juda ko‘p ekanligi, bundan tashqari har bir davlat o‘ziga xos shevalari borligi bilan ham farqlanadi. Chunki buncha katta hududni egallagan arab xalqi bir- birini faqat arab adabiy tili orqali yaxshi tushunishi bilan e`tiborlidir. Arab adabiy tilining barcha arab davlatlari uchun bir xilda qabul qilinganligi bir qancha qulayliklar keltiradi. Biroq adabiy til bilan bir qatorda arab shevalarining haddan tashqari tez sur`atlarda rivojlanishi xavotirli holatdir. Adabiy tilning saqlanib qolishiga asosiy sabab- bu islom dini qonun-qoidalarining barchaga bir xilda tushunarli bo‘lishligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar natijasi sifatida baholanadi[26]. Barcha arab davlatlarida arab adabiy tilini o‘rgatish eng asosiy muammolardan biri bo‘lib bormoqda. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak ham buni bilishimiz mumkin. Masalan, Qurayshlar yashaydigan joy Makka va uning atrofi savdo markazi sifatida qadimgi arablar hayotida katta ahamiyatga ega edi. Makkaga har yili turli qabilalarning minglab vakillari kelib-ketar, ular gurungida quraysh lahjasi qabilalararo til vazifasini o‘tardi. Uning eng nafis iboralari boshqa qabilalar lahjasiga ko‘char va shuningdek, boshqa qabilalar vakillaridan e`tiborga molik lug‘aviy birliklarni qabul qilar edi ham. Yilda bir e`lon qilinadigan osoyishtalik davrida urushlarni vaqtincha to‘xtatib, Makkaga to‘plangan xalq o‘z maskanlariga qayta tarqalisharkan, arablar yarim orolning turli burchaklariga qurayshning umumlashib qolgan so‘zlari, iboralari, nafis uslublarini ham o‘zlari bilan olib ketishar va tarqatishardi.

Arab shevalarini yozuvda ifodalash uchun bizlarga transkripsiya kerak bo‘ladi. Transkriptsiya dialekt va shevalarda uchraydigan tovushlarning turli ko‘rinishlarini yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadigan ma’lum belgilar sistemasidir. Til tovushlarini aniq ifodalash uchun qo‘llanadigan ma’lum belgilar sistemasidir. Til tovushlarini aniq ifodalash uchun xizmat qiladigan yozuv – transkriptsiya (lotincha -qayta yozish ) deb ataladi[25].

Transkriptsiya uchun u yoki bu iste’moldagi (lotin, rus, o‘zbek alifbosi kabi) traditsion alifbodan o‘rni bilan ma’lum bir o‘zgarishlar kiritish orqali foydalaniladi. Shuning uchun ham transkriptsiyada belgilar soni o‘ziga asos bo‘lgan alifbodagi harflar sonidan ko‘p bo‘ladi.Transkriptsiyaning fonetik transkriptsiya, fonematik transkriptsiya yoki fonologik transkriptsiya kabi turlari bor. Bularni bilishimiz arab shevasini tadqiq qilayotganimizda ba`zi so‘zlarni o‘qilishi va yozilishini ko‘rsatayotganimizda bizlarga zarur bo‘ladi. Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki ma’lum bir matnni nashr etishda shu yodgorliklarning yozuv sistemasini boshqa til yoki yodgorlik bosilayotgan xalqning mavjud yozuv sistemasi orqali ifodalash tranliteratsiya deb ataladi. Demak, transliteratsiya – biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib ifodalash usulidir.Ma’lum bir maqsad uchun turli sohalar bo‘yicha ishlatiladigan transkriptsiyalarning aniqlik darajasi bir xil emas[36].

Lingvistik asarlar (qiyosiy va tarixiy grammatikalar, etimologik lug‘atlar, turli til tekstlaridan namunalar ham shu kabilar)ni nashr etganda transliteratsiyadan foydalanilsa ham, qardosh tillarning fonetikasi qiyos qilinganda, dialektologik ishlarda va dialektologiya fanida fonetik transkriptsiyadan foydalaniladi. Xalq og‘zaki ijodiyoti yodgorliklarini nashr etganda mavjud alifbodan foydalanilsa, bu yodgorliklar dialektal qimmatini yo‘qotadi. Shuning uchun ularning talaffuz xususiyatlarini mumkin qadar saqlash maqsadida fonetik transkriptsiya qo‘llaniladi.

Transkriptsiya chet tili va ona tili orfoepiyasiga oid ishlarda ham keng qo’llaniladi. Mohiyati jihatdan eng aniq transkriptsiya fonetik transkriptsiyadir[10,93]. Bu transkriptsiya umumiy va xususiy fonetika, shu qatori eksperimental fonetika yutuqlariga asoslanadi. Tillardagi nutq tovushlarini fonetik transkriptsiya uchun tanlangan alifbo orqali ifoda qilib bo‘lmasa, boshqa tillar alifbosiidan harflar olinadi yoki harflar yoniga, ustiga, ostiga, ichiga diakritik belgilar orttiriladi. Fonetik transkriptsiyaning vazifasi – tilda mavjud bo‘lgan hamma tovushlarni yozuvda aks ettirishdir. Faqat fonemalarnigina hisobga olish uchun ishlatiladigan transkriptsiya - fonologik transkriptsiya deyiladi. Tilshunoslikda keng miqyosda qo‘llanadigan lotin alifbosi asosida tuzilgan transkriptsiya xalqaro fonetik alifbo (Mejdunarodno’y foneticheskiy alfavit - MFA) nomi bilan yuritiladi. Rus grafikasi asosida tuzilgan transkriptsiyalar turkshunos va russhunoslarning ishlarida keng tarqalgandir. Lekin arab tilining dialekt va shevalarini o‘rgangan sharqshunoslar o‘z ilmiy ishlarida turlicha transkriptsiya belgilarini qo‘llaganlar. Ba’zilari lotin alfavitidan foydalangan bo‘lsa, ba’zilari rus grafikasi asosida tuzilgan transkriptsiyalardan foydalangan (prof.A.K.Borovkov, prof.V.V.Reshetovning ishlari)[18,305].

Shevalarda uchraydigan har bir tovushni ifodalash uchun transkriptsiyada

ayrim belgi olish talab qilinadi. Ammo shuni aytish kerakki, mavjud transkriptsiya

sistemalari bu talabga to’liq javob bera olmaydi. Ayrim hollarda bosmaxona

imkoniyatlarini hisobga olib, bir tovush uchun ikki harf ishlatilishi ham uchraydi.

Masalan, حhh va ضdz mustaqil fonemalarning ikki harf bilan birikishi kabi.

Arab tili fonetikasini bizning tilimizda ifodalashning imkoni yo‘q. Ammo arab shevalaridagi ayrim fonetik qurilmalar arab grafikasiga va fonetikasiga xos bo‘lmagan tovushlarni uchratamiz. Bu esa bir qancha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Chunki aytilgan so‘z arab tiliga xos emasligi, yozuvda ifodalay olmaslik yoki ifodalangan so‘zning boshqa ma`nolari, boshqa so‘zning yozilishiga o‘xshab qolishi murakkab holatdir[30]. Shevalarni faqatgina shu tilning mutaxassisi yordamida tadqiq qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Arablar adabiy tilni fus`ha deb ataydi, shevani esa ammiy deb nomlaydi. Ya`ni ammiy so‘zining tarjimasi “bilimsiz, omi”, degan ma`nodadir. Ko‘rib turganimizdek ,arablar shevani o‘zlari xohlaganlaricha o‘zgartiraveradi. Bu esa arab tilini o‘rganayotganlarga yoki arab tili bilan shug‘ullanadiganlar uchun bir qancha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.




    1. Arab adabiy tilining vujudga kelishida shevalarning hissasi

Arab tili Xomiy-Somiy tillar oilasining somiy guruhiga kiradi. Somiy tillar tarmog‘i juda katta tarmoq bo‘lib, olimlar tomonidan ancha mukammal o‘rganilgan. Qadimgi Somiy tilida asshurlar, ibriylar, aromiylar va arablar gaplashganlar. Somiy tillar tarmog‘i 4 guruhga bo‘lingan bo‘lib,Arab tili Janubiy-Markaziy guruhi yoki Arabiston tillari guruhiga kiradi. Barcha somiy tillar tarmog‘idagi tillarda o‘xshashlik mavjud bo‘lib, olimlar tomonidan qiyosiy-tarixiy metod asosida aniqlangan Somiy tillar tarmog‘idagi o‘xshash omillar quyidagicha:

  1. Fonetik umumiylik:

  1. Barcha somiy tillarda unlilarning cho‘ziq va qisqa turlari mavjud;

  2. So‘z hech qachon unli tovush bilan boshlanmaydi;

  3. Undoshlarning uchlik guruhlari mavjud;

  4. So‘zlarda qo‘sh undosh bilan boshlanish ham uchramaydi.

  1. Leksik umumiylik olimlar barcha somiy tillarda uchraydigan so‘zlarni aniqladilar. Shuningdek ,somiy tillar o‘xshash o‘zaklar ham mavjud.

  2. Morfologik umumiylik.

  1. Barcha somiy tillar uchun umumiy xususiyat bu- o‘zakning faqat undosh harflardangina tashkil topishi. Odatda eng ko‘p uchraydigan o‘zak 3 undoshdan, 4 va 5 o‘zakli so‘zlar kamroq uchraydi;

  2. Unlilar ba’zida qo‘shimcha undoshlar bilan birgalikda o‘zak mazmunini biror o‘zgartirish yoki biror grammatik kategoriyani ko‘rsatib berishda foydalaniladi;

  3. Arab tilida ichki fleksiya hodisasi kuzatiladi;

  4. Somiy tillar tarmog‘idagi boshqa tillar kabi arab tilida ham 2 jins mavjud;

  5. Arab tilida somiy tillar kabi butunlik va yaqollik tushunchalari mavjud [14,35];

Somiy tillar tarmog‘idagi eng yosh til bu - arab tili hisoblanadi. Janubiy hamda Shimoliy arab qabilalarining tillari chatishib ketgan. Bu tilni biz islomgacha bo‘lgan arab adabiyoti (johiliya davri) orqali o‘rganamiz. Arabiston yarimorolining shimolda yashovchi Adnon qabilasi bilan yarimorol janubida istiqomat qiluvchi Kahton qabilasi o‘rtasida savdo soha ishlari olib borilgan. Buning natijasida ikki qabila tillari boyish jarayoni yuz berdi. Shimoliy Adnon qabilasining mudariy tili nomini olgan tili keng tarqaladi va mintaqasida yagona tilga aylana boradi. Aynan shu mudoriy tili asosida arab tili paydo bo‘ldi[5,32]. Arab adabiy tilining yuzaga kelishida asosiy omil-himyariy va mudoriy qabilasi tillarining biri bo‘lib ketishi va rivoj topishidir. Bu tilning asosiy namunasi Qur’oni karim hisoblanadi.

Arab tili tarixida 3 ta davri alohida ahamiyat kasb etadi. Ular:



  1. Qadimgi arab tili(miloddan avvalgi II asrdan, milodiy IV asrgacha)

  2. Klassik arab tili (V-XIX asrgacha)

  3. Zamonaviy arab tili (XIX asrdan bugungi kungacha)[8,203].

Qadimgi arab tilidagi yozma yodgorliklar turli yozuvlarda bitilgan bo‘lib ,Arabiston yarimoroli mintaqasida va Suriyaning janubi qismi topilgan , ular milodiy I va IV asrlariga taalluqlidir. Klassik arab tilining ilk davri johiliya she’riyatiga taalluqli. Bu she’riyat milodiy VIII-IX asrlarda arab adabiyot shoirlari tomonidan yoritilgan.Qur’oni Karim klassik arab tilining eng yorqin namunasi hisoblanadi. Zamonaviy arab tili esa klassik arab tilining rivojlangan davridagi tildir. Arab adabiy tili va adabiyotining rivojlanishida Qur’oni Karimning tutgan o‘rni beqiyos. Arab grammatikasining ko‘plab grammatik qoidalari VIII-IX asrlarda ishlab chiqiladi[7,198]. Arab xalifaligi hududi kengayib borishi va islom dining tarqalishi bilan bosib olingan hududlarda arab tili din, ilm, devonxona ,davlat ishlaridagi hujjatlarni yuritishda rasmiy til bo‘lib xizmat qila boshladi. Buning natijasida klassik arab tili Yaqin va O‘rta Sharq Afrikaning bir qismiga, Pireney yarimoroli, Markaziy Osiyo mintaqalarida keng tarqaldi va butun musulmon sharqida mamlakatlararo xalqaro tili mavqeiga erishdi[7,200].Ushbu mintaqalardagi ko‘plab olimlar minglab ilmiy, badiiy asarlar bitishdi. Bu asarlar aynan klassik arab tilida yozilgan bo‘lib, asarlarning ko‘p qismi saqlanib qolgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning 80% arab tilida bitilgan. Bu qo’lyozmalarining ma’lum qismi tadqiq etilgan, ammo hanuzgacha yuzlab atab tilida bitilgan qo’lyozmalar o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. Shu bois yurtimizda arab tilini o‘rganish ahamiyati yanada ortdi, chunki arab tilida bitilgan ma’naviy merosimizni tarjima qilib uni xalqimizga yetkazib berish arabshunoslarning eng katta burchi.

XIX asrga kelib arab tili tarixida yangi bosqich boshlanadi. Klassik arab adabiy tili asosida – zamonaviy arab tili vujudga keldi. Zamonaviy arab tili Milliy Ozodlik harakati (XIX asrning 2-yarmi) jarayonida yanada rivoj topdi. Shu davrda yashab-ijod etgan yozuvchilar, shoirlar, publitsistlar zamonaviy arab tili yaratilishida o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ular Misrlik Ahmad Shavquy Ibrohim, Abdulloh Nodim, Mustafo Komil, Jovji Saydon, Livanlik Nasf Al-Yarijiy, Butrus al-Bustoniy, Ahmad Foris ash-Shidyoq, Amin ar –Rayhoniy va boshqa yozuvchi va olimlardan iborat edi [6,184]. Zamonaviy arab tili hozirda 22 ta arab davlatlarida “Davlat tili” hisoblanadi. U ilm ,fan, matbuot, badiiy adabiyotda, ijtimoiy-siyosiy, ommaviy xabarlarda, radio, televediniya, shuningdek davlat hujjatlarida olib ko’rishda qo‘llaniladi. Zamonaviy arab adabiy tili turli arab yurtlarida istiqomat qiluvchi arab xalqlari uchun umumiy bo‘lib, ularning o‘zaro aloqa almashuvida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Arab adabiy tili bilan bir qatorda har bir arab mamlakati o‘z shevasiga ega. Bugungi kundagi arab shevalari, zamonaviy arab adabiy tilidan talaffuz, lug‘at hamda nahv jihatidan farq qiladi[30]. Hatto ikki arab shevasida suhbatlashgan kishi bir-birini tushunmasligi ham mumkin. Arab mamlakatlardagi shevalar faqatgina og‘zaki nutqda cheklanib qolmasdan, radioeshittirish, teatr, kino sohalariga ham kirib bormoqda. Ayniqsa, Misr adabiyotida lahjalardan foydalanishga yaratilgan asarlar talaygina. Shuningdek ,adabiy asarlardagi dialoglar ham ko‘p hollarda lahjalarda yoziladi. Ba’zi adabiyot namoyondalari o‘z asarlarini adabiy tilda ham, lahjada ham yozadilar. Arab tili o‘rganish jarayonida keng tarqalgan va faol shevalarni o‘rgatish o‘rin olgan. Ya’ni arab tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilar adabiy bilan bir qatorda shevalarni ham o‘rganishi maqsadga muvofiqdir. Arab olamidagi eng mashhur sheva Misr shevasidir. Har qancha arab adabiy tilini o‘rganganda ham, ammiychani bilmagan kishi savdo rastalarida ,jamoat joylarda arabzabon insonlarni tushunmaydi, chunki arablar odatda badiiy tilda gaplashmaydi. Arab adabiy tilining paydo bo‘lishida shevalarning o‘rni katta. Zamonaviy arab tili vujudga kelish jarayonida juda ko‘p muammolarga duch kelgan. Chunki adabiy til normalari barcha uchun tushunarli bo‘lishi ,ommabop hamda qulay bo‘lishligi bilan ajralib turadi. Ammo arab shevalari juda ko‘p bo‘lganligi uchun adabiy til normalarini ishlab chiqishda muammolar yuzaga keldi. Nihoyat, XX asrda arab adabiy tili ya’ni zamonaviy arab adabiy tili amalda qo‘llanila boshladi. Zamonaviy arab adabiy tili barcha arab davlatlari uchun davlat tili sifatida qabul qilindi[33] .Arab adabiy tili o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki adabiy til normalari shevalardan farq qiladi. Ayniqsa, artikulyatsion-akustik va tildagi funksional vazifasi jihatidan unli va undosh tovushlar o‘rtasida katta farq mavjud.



1.3 Arab tili shevalarining zamonaviy arba adabiy tilidan farqli tomonlari

Boshqa tillar kabi arab mamlakatlarida ham turli shevalar mavjud. Barcha arab shevalari zamonaviy arab adabiy tili asosida paydo bo‘lgan. Shunga qaramasdan, shevalar bir-biridan katta farq qiladi. Eng keng tarqalgan sheva bu misr shevasi bo‘lib, Misr 60 million aholisi, shuningdek, Afrikada ham foydalaniladi[26]. Arab tili o’rganuvchilariga birinchi tavsiya qilinadigan sheva Misr shevasidir. Chunki Misr shevasidagi ko‘plab so‘zlar zamonaviy arab adabiy tilida mavjud. Ushbu shevani Misr telekanallaridagi yangiliklar, tele hamda radio ko‘rsatuvlar, kinofilmlar ko‘rish orqali bu shevani o‘rganish imkoniyati bor[24].

Ikkinchi eng ko‘p qo‘llaniladigan sheva Mashriq shevasidir. Bu arab shevasi O‘rta Sharqdagi Iordaniya, Falastin, Suriya davlatlarida arablar tilida so‘zlashadigan shaxslar uchun keng qo‘llaniladigan sheva hisoblanadi. Misr shevasiga o‘xshab Mashriq shevasida ham zamonaviy arab adabiy tiliga xos so’zlar anchani tashkil etadi. Ammo, mashriq shevasi o‘zining alohida leksik, fonetik hamda grammatik xususiyatlariga ega. Ba‘zi salomlashish so‘zlari, iboralar shevasida 12 xil kishilik olmoshi matn mazmunidan aniqlanib olinadi[28].

Sudan shevasida Sudan davlatidagi turli qabilalar so‘zlashishgan va yagona sudan shevasiga asos solingan. Sudan shevasi ham keng tarqalgan va faol sheva bo‘lib, zamonaviy arab adabiy tilidan so‘zlarning talaffuzi va leksikologiyasi jihatidan farqlanib turadi. Mesopatamiya shevasida asosan Iroq, Eron, Suriya aholisi so‘zlashishadi. Bu shevada turkiy va forsiy tili elementlariga duch kelish mumkin. Bunga hududning boy tarixiy madaniyati asosiy sababdir. Keyingi Oral shevasi ham turli formalarga ega bo‘lib ildizi mesopatamiya shevasi kabi turli madaniyatlilikka bor orib taqaladi. Orol shevasi zamonaviy arab adabiy tiliga ancha yaqin hisoblanadi. Chunki, bu sheva boshqa tillar shuningdek, shevalardan ham so‘zlarni o‘zlashtirmagan. Orol shevasida asosan Bahrain, Quvayt, Qatar, Omon, Saudiya Arabiston, Yaman hamda Birlashgan Arab Amirliklari aholisi so‘zlashadi. Mag‘rib shevasidan Shimoliy Afrikadagi Suriya, Marokash va Tunis aholisi foydalanadi. Asosan, Ispan va Fransuz tillaridan so‘zlar o‘zlashtirib olingan hamda fonetik xususiyatlar ham singib ketgan. Masalan, دجاج so’zidagi ج harfi arab alifbosidagi “j” tarzida emas, balki fransuz tilidagi “bonjour” so‘zidagi “j” kabi talaffuz qilinadi[28] Mag‘rib dialektida shuningdek, Berber tiliga xos ba’zi elementlar ham mavjud. Bu shevada tez gapiriladi, shu sababli uni tushunish uchun diqqatli bo‘lish talab qilinadi. Arab shevalari zamonaviy arab adabiy tilidan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:

1. Shevalarda grammatik strukturalari adabiy tilga solishtirilganda s oddaroq;

2. Ba’zi harflar shevalarda turlicha talaffuz qilinadi;

3. Shevalarda xususiy so‘zlar va iboralar mavjud bo‘lib, ular adabiy tilda uchramaydi;

4. Shevalardan yumorlar yozilgandagina yozma nutqda ishlatish mumkin;

5. Shevalardagi so‘zlar va gap qurilishi sodda bo‘lib, ulardagi ba’zi so‘z hamda iboralarning zamonaviy arab adabiy tilida muqobil varianti mavjud emas[28].

Arab tili asosan 3 ta katta turga bo’linadi.

1. Klassik arab tili ;

2. Zamonaviy arab tili ;

3. Arab shevalari .

Klassik arab tili adabiyot va yozuvda keng qo‘llaniladi. Klassik arab tili Muqaddas Qur’on Karim tili hamdir. Shuningdek, milodiy VII asrdan IX asrgacha bo’lgan adabiy meroslar ham klassik arab tilida bitilgan [7,213]. Zamonaviy arab adabiy tili rasmiy til bo‘lib, maktab, institut, universitetlarda o‘quv ishlari shu tilda olib boriladi. Zamonaviy arab adabiy tili arab tilining standart shakli hisoblanib, barcha arab davlatlarida yashovchi insonlar unga tushunadilar va so‘zlasha oladilar. Arab shevalari esa tilning norasmiy shakli bo‘lib, arablar undan kundalik hayotda aloqa almashishda foydalanadilar. Har bir arab mamlakati o‘zining shevasiga ega. Arab tilida so‘zlashuvchi xalqlar o‘rtasida eng ko‘p qo‘llaniladigan Misr yoki Masri shevasi hisoblanadi. Bunga asosiy sabab Misr kino san’atining 1920-yillardan buyon film va kinolarni Arab mamlakatlariga tarqalishida dominantlikka erishganidir. Masri shevasiga Fransuz, Italyan, Turkiy hamda Grek tillarining ta’siri ham yo‘q emas. Masalan,

Yaxshimisiz? - ازيك

Tashqariga qarang - حاسبا جاسبي

Ko’p - كبير

Bolalar - عيال

Katta rahmat - مرسي أوى

شكرا arab dialektlarining barchasida ishlatilsada, misr shevasida fransuz tilida o‘zashgan mersi so‘zi odatiydir. Amirlik arab shevasi Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qiluvchilarning kundalik so‘zlashuv tili bo‘lib, Orol shevalari oilasiga mansubdir[34]. Tarixdan ma’lumki, Orol shevalariga fors, urdu, hind va ingliz tillarining sezilarli ta’sir borligini bilamiz. Ayniqsa, fors ,urdu hamda hind tillaridan ko‘plab so‘zlar o‘zlashgan Amirlik dialektiga oid so‘z va iboralar:

Yaxshimisiz? - كيف حالج

Men yaxshiman - زينة , زين

Ko’p - وايد

Yubor, Jo’nat - طرّش

Ayni paytda - الحين

Bolalar - جهال [yahaal]

ج haarfi “y” shaklida talaffuz qilingan.

Arab shevalarin orasida tushunishga juda qiyinlari ham uchraydi. Xususan, Marokash, Shimoliy Afrika shevasi boshqa arab shevalaridan katta farqlanib turishi bilan mashhur bo‘lgan. Marokash shevasida berber, fransuz va ispan tillarining leksik va grammatik unsurlari uchraydi.

Iltimos - عافك

Ko‘p - براف

Yaxshi - واخا

Yaxshi - مزيان

Hozir - دبا

Iroq shevasi Men kishilik olmoshi uchun أنى so‘zini ishlatuvchi yagona arab davlatidir. Qolgan barcha arab mamlakatlari أنا shaklidan foydalanishadi[23,96] .Umuman, Iroq shevasida o‘zlashtirma so‘z anchani tashkil etadi. Bu so‘zlar asosan turkiy va forsiy tillar oilasidandir[31].

Salom - ملاو

Nima bo‘ldi? - ماكو شكو

Ayni paytda - هسة

Ko‘p - هواية

Qachon? - شوكت

Bolalar - جهال

Iroq shevasining leksikasiga uning boy tarixi va madaniy-ma’naviy meroslarning o‘z hissasi bor. Shu sababli, bu shevada boshqa arab shevalarida umuman uchramaydigan leksik birliklar mavjud.

Shuningdek, arab dialektlarida so‘roq so‘zlar ham farq qiladi. So‘roq so‘zlar turli shevalarda turli joylarda keladi. Quyida zamonaviy arab adabiy tilidagi so‘roq so‘zlar hamda ularning Misr, Mashriq va Yaman shevalaridagi shakli keltirib o’taman.



Zamonaviy arab adabiy tili

Misr shevasi

Mashriq shevasi

Yaman shevasi

مذا / ما

إيه

شو

ما / أيش

متى

إمت

إمت

متى

أين

فين

وين

اين

من

مين

مين

من

لماذا

ليه

ليش

لمه

كيف

إزّى

كيف

كيف

كم (sanaladigan otlar uchun)

كام

كم

كم

كم(sanalmaydigan otlar uchun)

أذ إيه

أذ إيش

كم

Download 313 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling