Samarqand davlat chet tillari instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti yaqin sharq tillari kafedrasi


Download 313 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2020
Hajmi313 Kb.
#120926
1   2   3   4
Bog'liq
NURKHAN

الفصحى و العامنيات

ما إسمك ؟ / إسمك إيه؟ / شر إسمك

أيش إسمك / إيش إسمك

لماذا ؟ / ليه ؟ / ليش ؟ / ليْش / لمه؟ / للمه ؟

ستذهب / متروح / حتروح / رحتروح / شتروح

من أين أنت / أنت منين؟ / منين أخت ؟ / منينت؟

كيف أنت؟ / عامل إيه؟/ كيفك؟ / شلونك ؟ / كيفنت؟

يوم الثلثاء / يوم الثلاثة / يوم السلساء / يوم الثلوث

Zamonaviy arab adabiy tilida minnatdorchilikni turlicha ifodalash mumkin:

شكرا – عفوا

شكرا جزيلا – لنا شكرا على واجب

جزاك الله خيرا – و إياكم (جميعا)

بارك الله فيك (فينا, فينا)

سلمت يداك – يسلِّمك

Zamonaviy arab adabiy tili grammatik qo‘shimchalari bilan dialektlardan farqlanib turadi. Shevalarda odatda asl shakl qisqaradi. Ammo, shu bilan birga suffikslar ham qo‘shilishi mumkin. Quyida zamonaviy arab adabiy tili va Misr, Mashriq va Yaman dialektlari hozirgi-kelasi zamon fe’li asosida keltiriladi[6,254].



Zamonaviy arab adabiy tilida

Mashriq shevasi

Misr shevasi

يَكْتُبُ

عَمْ بِيِكْتَب

بِيِكْتَبُ

لا يَكْتُبُ

ما بِيِكْتَب

مِييِكْتَبِيش

سَيَكْتُبُ

رَحْ يَكْتَب

حَيِكْتَب

Zamonaviy arab adabiy tilida hozirgi-kelasi zamon shaklidagi fe’lni qaysi zamonda ekanligini turlicha bilish mumkin. Agar fe’lning harakati damma bo‘lsa, hozirgi zamonni, fatha yoki sukun bilan tugasa, kelasi zamonda sodir bo‘luvchi ish-harakatni bildiradi. Masalan:



أشرب الشاي كلّ صباح.

لن أشرب الشاي اليوم.

لا تشرب القهوة اليوم.

أبي يقرأ المجلّة

أبي يريد أن يقرأالمجلّة

إن يقرأ أبي المجلّة, يشرع بالنعاس

Misr shevasida ish-harakatning davom etayotganini bildirish uchun fe’lga “ب” yuklamasi qo‘shiladi.

محمود بيشربرالقهوة

نادر بيطبخ كىشرى

إحنا بنبنى البلد

Mashriq shevasida esa fe’lga “عم”yuklamasini qo‘llash orqali davom etayotgan ish-harakat ifodalanadi. “عم” yuklamasi shuningdek, “ب” yuklamasi bilan birga ham qo‘llanilishi mumkin.[24]

إبرهيم عم بيكتِبُ القصّة.

محمود عميكتِبُ القصّة.

Nima qilyapsiz? - شُوْ عمتِعْمل؟

Nima qilyapsiz? - شُوْ عم بتِعْمل؟

مدينة عم تطبخ؟

Yaman shevasida ham Misr shevasi kabi davom zamonni ifoda etishda “ب” yuklamasidan foydalaniladi.

Misr shevasida kelasi zamonni bildirishda fe’l oldiga “ح” yuklamasi qo‘shiladi[34]. Bu ingliz tilidagi “will” yordamchi fe’liga mos keladi. Quyida buni ko‘rishimiz mumkin.

حأتصل لك جالمساء

حيشتِرى فلافل

حتِعملى إبه؟

حننُوم في الساعة العاشر

Mashriq shevasida ham “ح” dan foydalaniladi. Ammo, “رح” yuklamasi “ح” yuklamasidan ko‘ra ommaviy hisoblanadi. “رح” ham “ح” kabi ingliz tilidagi “will” yordamchi fe’liga to‘g‘ri keladi.



رح إقرأ المجلّة \

حقرأ الاخبار



شو رح تِعمل؟

رح نصوم يوم التنين.

II BOB. ARAB TILIDA SO‘ZLASHUV KO‘NIKMASI RIVOJLANTIRISH USULLARI

2.1 Gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda fonetika va grammatikaning o‘rni

Arab tili dunyodagi barcha tillardan o‘zining xos tovushlari bilan ajralib turadi.Shuningdek, Arab tili grammatikasi dunyodagi eng qiyin grammatik qoidalarga ega tillar guruhiga mansubdir.Gapirish ko‘nikmasi har bir tilda muhim rol o‘ynaydi. Ammo har bir tilda o‘ziga xos nutq tovushlari bo‘lib, ularni o‘rganib chiqish talab etiladi.Boshqa tillar kabi arab tilida ham shunday harflar mavjud.Nutq jarayonida uning ravon bo‘lishida bu harflari to‘liq maxrajidan chiqarib talaffuz etish bu arab tilida so‘zlovchi shaxsning muhim yutug‘i hisoblanadi. Undosh tovushlarning hosil bo‘lishi uchun muhim bo‘lgan hodisa nutq organlarining bir-biriga tegishi natijasida o‘pkadan chiqayotgan havoning ma’lum joyda to‘siqqa uchrashidir.Undosh tovushni talaffuz etganda havo oqimi unlilarga qaraganda kuchli tebranadi va shovqin yordamida hosil bo‘ladi. Eshitib his etishi jihatidan ham unlilar undoshlardan ancha farq qiladi.Jahon tillarining deyarli hammasida unlilardan undoshlar ko‘proq. Shu tufayli ularning funksional xizmati ham katta. Arab tili ham shunday tillar qatoriga kiradi.Arab adabiy tili undosh fonemalar sistemasining, ayniqsa bo‘g‘iz hamda tish undoshlarining keng qo‘llanilishi bilan xarekterlanadi.

Arab tilida udosh tovushlar hosil bo‘lish o‘rniga quyidagicha bo‘linadi:


  1. Lab undoshlari ب va مlab-lab undoshlari bo‘lib, ular ikkala labning jipslashuvidan hosil bo‘ladi. ف esa pastki lab va yuqori tishlarning orasida hosil bo‘luvchi lab-tish undoshlariga kiradi;

  2. Yumshoq undoshlar. Yumshoq undoshlar polotol undoshlar deb ham ataladi.Ular til o‘rta qismining qattiq tanglayda yaqinlashuvi bilan hosil bo‘ladi va ك undoshi yumshoq undoshlarga kiradi;

  3. ق va خ undoshlari til orqa undoshlari bo‘lib, ular til orqa qismining yumshoq tanglayga tekkanda yoki yaqin kelganda hosil bo‘ladi;

  4. Bo‘g‘iz tovushi. Arab tiliga xos tovush bo‘lib, bo‘g‘izda hosil bo‘ladi. ع va ح undoshlari bo‘g‘iz tovushlari hisoblanadi;

  5. Agar tovushlar talaffuzida yumshoq tanglay pastga tushib, havo burun bo’shlig’I orqali o’tsa, burun tovushlari hosil bo‘ladi. Burun tovushlariga م va ن undoshlari kiradi[9,12].

Arab tilida ض ص ط emfatik tovushlari bo‘lib, ularning talaffuzida til uchi tishga yaqinlashadi yoki til bilan birakadi, til o‘rtasi yumshoq tanglayga yaqin bo‘lib, tovush kuch bilan chiqadi.

Quyidagi tovushlar o‘zbek tilida uchramaydi va har bir arab tili o‘rganuvchisidan bu tovushlarni mahrajidan chiqarishda mehnat talab etiladi. Ayniqsa, H va ع undoshlari bo‘g‘iz undoshlari bo‘lib, ular qolganlariga qiyoslaganda murakkab hisoblanadi.



  1. ع-portlovchi, jarangli, shovqinli, bo‘g‘iz undoshi. ع undoshi hosil bo‘lganda bo‘g‘iz muskullari qattiq jipslashib, tarang holatga keladi. Pauzadan keyin muskul biroz bo‘shashadi. Bo‘g‘iz muskullari qisqargan paytda tovush paychalari titraydi.Shu sababli ع jarangli undosh hisoblanadi . Yumshoq tanglay ko‘tariladi va havo og‘iz bo‘shlig‘i orqali chiqadi. Masalan, عمر , عمل

Bo‘g‘iz muskullari qisqarganda tilning holati o‘rta qator undoshlari kabi bo‘ladi.

  1. ح-sirg‘aluvchi, shovqinli, jarangsiz, bo‘g‘iz undosh tovushidir va hosil bo‘lish o‘rni ع undoshiga mos keladi. Ammo talaffuzida biroz farq mavjud ya’ni ح ning talaffuzida muskullar ع dagi singari jips holatda bo‘lmaydi, balki muskullar tarang tortilib, tor oraliq hosil bo‘ladi. Nafas chiqarganda havo shu tor oraliq orqali o‘tadi va sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh hosil bo‘ladi. Bu jarayonda tovush paychalari titramaydi, balki yumshoq tanglay ko‘tariladi. Burun bo‘shlig‘idagi havo yo‘li berk bo‘ladi. Nutq organlari taranglashadi.

  2. ح – bo‘g‘iz tovushi ikkilanganda bo‘g‘iz muskullari orasidan chiqayotgan havo vaqti biroz cho‘ziladi.

  3. ص ,ض, ظ, ط tovushlari emfatik tovushlardir. Bu tovushlar talaffuzining muhim sharti – til orqasi yumshoq tanglayga ko‘tarilishi va tovush kuch bilan chiqishi lozim. Emfatik tovushlarning talaffuzi boshqa undoshlarga qaraganda tezroq bo‘lib, bunda nutq organlari taranglashadi.

  4. ط - emfatik, shovqinli, portlovchi, jarangsiz undosh. ط undoshining talaffuzida tilning old qismi milkka qattiq tiraladi, so‘ng birdan ajraladi. Tilning orqasi yumshoq tanglayga ko‘tarilishi lozim.

  5. -ص emfatik, tilorqa, shovqinli, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush. ص undoshining talaffuzuda nutq organlarining holati tish orqa س ning talaffuziga o‘xshaydi. Til uchi pastki tishlar orasiga tegib, tilning orqa qismida havo o‘tadigan oraliq paydo bo‘ladi. So‘ngra til qattiq tanglayga ko‘tariladi. Hosil bo’lgan oraliq س - ga qaraganda ص emfatik undoshida ancha tor bo‘ladi.Shuningdek, ص undoshi talaffuzida til va butun nutq a’zolari taranglashadi va til orqasi yumshoq tanglayga ko‘tariladi.

  6. ض- emfatik, shovqinli, porlovchi, jarangli undosh. ض ning talaffuz qilinishi emfatik ط undoshiga to‘la mos keladi. ض jarangli undosh bo‘lganligi sababli uning talaffuzida tovush paychalari titraydi. ض ni aniq talaffuz qilish qilish uchun butun nutq a’zolari ayniqsa, til tarang holatda bo‘lishi lozim. Emfatik undosh aniq talaffuz etilganda nutq ravon va aniq bo‘ladi.

  7. ظ -emfatik, shovqinli, sirg‘aluvchi undosh. Uning talaffuzida nutq a’zolarining holati barcha jihatdan ض undoshiga mos keladi. Faqat ظ jarangli undosh bo‘lganligi sababli, uning talaffuzida tovush paychalai titraydi.

  8. ث- jarangli, sirg‘aluvchi, shovqinli undosh tovush. Uning talaffuzi ingliz tilidagi “thank you” jumlasidagi thank so‘zining birinchi birinchi harfiga mos keladi.

  9. ذ- jarangli, shovqinli,sirg‘aluvchi undosh tovush bo‘lib, talaffuzda til uchini tishlar orasiga qo‘yib, yuqori tishlarga qattiq tiraladi, til uchi va pastki tishlar orasida biroz oraliq bo‘lishi lozim.

  10. و– lab-lab, sirg‘aluvchi undosh hisoblanadi. و talffuzida lablar oldinga cho‘zilib, toraytiriladi. Til tarang holatda bo‘lishi lozim. و ning talaffuzida titrab jarangli tovush chiqaradigan tovush paychalari ham ishtirok etadi. Arab tilidagi qolgan undoshlarning deyarli o‘zbek tilida muqobil varianti bor[9,24]. Yuqorida keltirib o‘tilgan arab tiliga xos undosh tovushlar ustida alohida ish olib borish lozim. Ular talaffuzi to‘liq mahrajidan chiqsa, so‘zlar jarangli ohangdor bo‘ladi.Shuningdek , so‘zlovchi nutq jarayonida urg‘uga ham alohida e’tibor qaratishi lozim. O‘zbek tilidan farqli ravishda arab tilida urg‘uli bo‘g‘in kuchli va yuqori talaffuz etiladi.

Arab tilida urg’ular ikki turga bo’linadi:

  1. Asosiy urg‘u.

  2. Ikkinchi darajali urg‘u.

Asosiy urg‘uli bo‘g‘inda ovoz yuqori bo‘lishi,alohida kuch bilan talaffuz etilishi kerak, shunda bo‘g‘inlardan ajralib turadi. Ikkinchi darajali urg‘u tushgan bo‘g‘in asosiy urg‘udan biroz sekin, biroq urg‘usiz bo‘g‘inlardan kuchli talaffuz etiladi. Arab tilida bitta so‘zda asosiy urg‘u hamda bir nechta ikkinchi darajali urg‘ularga bo‘lishi mumkin. Asosiy urg‘u hech qachon so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushmaydi. Agar so‘z oxiridan ikkinchi bo‘g‘inda cho‘ziq unlilar bo‘lsa , asosiy urg‘u shu bo‘g‘inga tushadi. Masalan: مكتوب .

Ikki bo‘g‘inli so‘zlarda esa urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi. Masalan, يد, قلت

Ikkinchi darajali urg‘ular asosan asosiy urg‘uli bo‘g‘inning ikkala tarafida ham cho‘ziq unlilar bo‘lsa, shu cho‘ziq bo‘g‘inlarga tushadi. Arab tilida ham bo‘g‘in ko‘chish hodisasi mavjud. Muzakkar jinsdagi so‘zlarga muannaslikni bildiruvchi shakllar qo’shilganda, so‘z oxirida yangi bo‘g‘in paydo bo‘ladi va natijada bo‘g‘inlar urg‘usida o‘zgarish vujudga keladi. Ammo urg‘ular barcha hollarda ham ko‘chavermaydi. Uch va undan ortiq bo‘g‘inli muzakkar so‘zlardan muannas shakl hosil qilinganda, urg‘u ko‘chishi mumkin.

Quyidagi ikki holatda urg’u ko’chmaydi:

Ikki bo‘g‘inli so’zlardan muannas shakllar yasalganda. Masalan, زوج, زوجة

1. So‘z uch bo‘g‘inli bo‘lib, ikkinchi bo‘g‘ini cho‘ziq bo‘lganda. Masalan, حمال,حمالة [9,49].

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, arab tili grammatikasi murakkab formalarni o‘z ichiga oladi. So‘zlovchi gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni aynan grammatik qoidalarni o’rganish va ularni amaliy qo‘llashdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bunda o‘rganuvchi ma’lum grammatik mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng, u mavzuda mustaqil o‘zi gaplar tuzishi kerak. Arab tili grammatik qoidalar sarf va nahv ilmi orqali o‘rganiladi. Sarf ilmi kalimalarning yolg‘iz turgan vaqtdagi, ya’ni jumlalarga kirmagan vaqtidagi holatini tekshiradigan ilmdir. Masalan, قطع kalimasi turli ma’nlarni anglatishi uchun نقطع, يقطع, قطعت,قاطع,مقطع kabi qoliplarga solish, shu kabi رجل kalimasini رجال, رجلان kabi qoliplarga solish sarf ilmining ishidir. Bir kalimani turli qoliplarga solish arab tilida sarf va tasrif deb atalganidan bu ilmga sarf ilmi yoki tasrif ilmi deb nomlanadi. Nahv ilmi esa kalimalarning terib, oxirlarining o‘zgarish yoki o‘zgarmasligini tekshiradi[5,197] .Bundan tashqari, nahv ilmi kalimlarning e’rob, bino jihatdan holatlarini tekshiradigan ilm hamdir. Og ‘zaki nutqda eng faol ishlatiladigan grammatik qoidalarni puxta o‘rganish va og‘zaki nutqda qo‘llay mehnat va ko‘nikma talab etadi. Og‘zaki nutqda ravonlikka erishish, murakkab grammatik qoliplardan foydalanish so‘zlovchi ‘z ustida puxta ishlaganidan dalolat beradi.

Har qanday xorijiy tilni faol egallash tilni ongli ravishda o‘zlashtirish va undan og‘zaki va yozma nutq jarayonida unumli va xatosiz qo‘llay olish demakdir. Xorijiy tilda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda og‘zaki nutq normalarining barcha xususiyatlarini o‘rganishga va ularni amalda qo‘llay bilish lozim. Nutqning aloqaviy sifatlari ichida nutqning to‘g‘riligi eng muhim belgi hisoblanadi. Nutqni to‘g‘ri tuzishda, grammatik qoidalar, grammatik kategoriyalar hamda til qurilishi asosiy vazifani o‘taydi. Grammatika bilan bir qatorda arab leksikasi ham chetda qolmaydi. Arab leksikologiyasi juda boy bo‘lib, so‘zlarning 200 dan ortiq sinonimlari mavjud. Ba’zi bir til o‘rganuvchilar grammatikani o‘rganish muhim emas deb hisoblashadi, ammo xorijiy tilni o‘rganishda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda grammatik qoidalar asos bo‘lib xizmat qiladi.Grammatik qoidalar o‘rganuvchida mantiqiy va aniq fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishda yordam beradi. Grammatik shakllar, kategoriyalar hamda qoidalar o‘zlashtirilganda talabalar arab tilida o‘z fikrlarini aniq ifioda etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. To‘g‘ri qo‘llanilgan grammatik qoidalar fikr yoki g‘oyalarni bayon etishda yanglish tushunmaslikni ta’minlaydi. Bundan tashqari grammatikani o‘rganish hamda amalda qo‘llash nutq ravonligini va tezligini oshiradi. Nutq jarayonida so‘zlovchi o‘z fikrlarini qiyinchiliksiz bayon etadi. Arab tili grammatikasida fe’llar juda katta o‘rin tutadi. Fe’llar uch o‘zak undoshli ثلاثي مجرد va to‘rt undoshlardan رباعي مجرد yasaladi. Ularning asosini uch o‘zakli fe’llar tashkil etadi. Uch o‘zakli fe’llarning 14 ta, 4 o‘zakli fe’llarning 4 ta bobi mavjud[9,85]. Arab tilida fe’l boblarining o‘tgan va hozirgi-kelasi zamonga ega. Ulardan ba’zilari faqat o‘tgan zamonda, hozirgi-kelasi zamonda yoki buyruq maylida ishlatiladi. Arab tilida o’tgan zamon fe’li فعل ,فعل ,فعل vaznlarida ifodalanadi. O’tgan zamon fe’li ت,ت kabi qo’shimchalarnni qo’hish bilan yasaladi[5,74] .

Choy ichdim- شربت الساي -ذهبت الي المدرسلة

Fe’llarga quyidagi ismlarning qo‘shimchalarini olmaydi :


  1. Al aniqlik qo‘shimchasi

  2. Tanvinlar

  3. Jar alomati

  4. Jar harflari –old ko‘makchilar [9,92].

O‘tgan zamon fe’li oldidan قد yoki لقد yuklamasi ishlatiladi. Bu yuklama ish-harakatning o‘tgan zamonda bajarib bo‘linganinini bildiradi. قد شاهدت , لقد ضربت

Arab tilida kelasi va hozirgi zamon zamon fe’llar bir xilda tuslanadi. Mavjud vaziyatda xulosa qilgan holda ularni ajratish mumkin. Shuningdek, س , سوف qo‘shimchalari hozirgi-kelasi zamon fe’llariga qo‘shganda, bu fe’llar kelasi zamonni bildiradi.

O‘tgan zamonda ish-harakatning bajarib bo‘linganini bildiruvchi قد yuklamasi kelasi zamonda ham ishlatish mumkin. Bunda قد ish-harakat bajarilishidagi gumonni, ehtimollikni bildiradi[9,100].

قد اكتب , قد يذهب

Og‘zaki nutqda fe’l mayllaridan samarali foydalanilad. Buyruq, istak mayllari qolgan mayllarga nisbatan faol ishlatiladi. Buyruq mayli arab tilida الامر deb nomlanadi va shart mayli asosida hosil qilinadi. II shaxs uchun buyruq mayli shart maylidagi fe’ldan ت qo’shimchasi olib tashlash orqali yasaladi.

اشرب ,اشربا ,اشربوا

اشربي ,اشربا ,اشربن

Qolgan shaxslar uchun buyruq mayli shart mayli oldiga ل yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi.

لنذهب ,ليشرب

Istak mayli esa ish-harakatni bajarishdan ko‘zlangan maqsadni ifodalashda كي yuklamasi bilan ishlatiladi.

كي اقرا , كي يقرا

Istak maylidagi fe’l دون / بعد / قبل predloglaridan so‘ng ان yuklamasi bilan qo‘llanganda, u “gacha” ma’nosini bildiradi [9,143].

اغسل يدك قبل ان ياكل

Shuningdek, حتى istak mayli bilan qo’llanganda u “gacha” ma’nosini bildiradi.



لن اذهب مع

كاد و اخواتها .

"كاد " قد افاد قرب وقوع الفعل و لذلك يعال انه من افعا المقاربة و مثله في المعني الفعل اوشك



اوشك الماء ان يغلي .1

اوشك الدرس ان ينتهى الفعلان كاد و اوشك من افعال المتاربة و هذان الفعلان لا يدخلون على الجمللة الاسمية و .2

الخبر لا بد ان يكون فيه فعل مضارع و هو في الامسلة -ينتهى

افعال الرجاء :

منها : عسى , حرى ,اخلوق و هذه المجموعة من الافعال تشبه الافعل المقالربة في العمل و لكنها نختلف عنها في المعنى


الخبر فيقال مثلا :

عس النصر ان تاتى



حرى الغائب ان يحضر

اخلوق المذنب ان يتوب


افعال الشروع
هذه هي المجموعة الثالثة مما يسمى : كاد و اخواتها .
اما الشروع قمنعاه البدء و من افعاله - بداء

شرع , اخذ , جعل ,طبق فيقال مثلا :

دق الجرس فبدا الطلاب يسالوه بعض الامثلة , طبق الحجاج يرجعون بلادهم
Arab tili grammatikasida cheklov karegoriyasi bo’lib , boshqa tillarda uchramaydi. Cheklov kesim ifodalab kelayotgan ma’noni yanada aniqlashtirb , chegaralab berishda qo’llaniladi. Og’zaki nutqda gap ma’nosini yanada ravshanlashtirshda cheklovdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Cheklovning aniq kelish o‘rni yo‘q. Gapning kesimi yoki egasidan so‘ng yoki gap oxirida noaniq holatda kelishi mumkin. Cheklov ismiy jumlada ham , fe’liy jumlada ham kelishi mumkin[34].

Arab og‘zaki nutqida ليس fe’lidan turli ma’nolarni ifodalashda qo‘llaniladi. ليس mustaqil fe’l ma’nosida “yo‘q” deb tarjima qilinadi.

ليست على الطاولة هاتف

ليس ko’makchi fe’l ma’nosida “emas” degan ma’noni bildiradi.

ليس الكتاب لي

Agar qo‘shma fe’ldagi asosiy ma’noni ifodalovchi qism predlogsiz ot yoki sifatdan iborat bo‘lsa, ليس ikki xil ma’no ifodalashi mumkin:

1.Ega bilan sonda va jinsda mos holda noaniq tushum kelishigida keladi.

ليس القط مريضا

2.Ega bilan sonda va jinsda moslashgani holda ب predlogi bilan keladi. ب jar harfi bo‘lganligi uchun خبر jar holatiga o‘tadi [9,165].

لست بغافل

ليست زينب بكاذبة

2.2 Arab tilida so‘zlashish ko‘nikmasini rivojlantirish usullari

Arab tilida gapirish ko’nikmasini hosil qilish hatto arab tilini bir necha yillar davomida o‘rgangan kishilar ham arab tilida gapirishga kelganda ancha qiynalishadi. Ushbu ilmiy ishimiz arab tili grammatikasi o‘zlashtirgan,ammo gapirishga qiynaladigan o‘rganuvchilar uchun so‘zlashish ko‘nikmasini rivojlantirish usullari borasida so‘z boradi. Tilda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun eng avval talaffuzga e’tibor qaratish lozim .Agar arab tilidagi so‘zlarni ya’ni maxrajidan chiqarib chiqarib talafuz qila olmasak ,nutqimiz boshqalar uchun tushunarsiz bo‘lib qolishi mumkin.So‘z borlig‘imizda mavjud bo‘lgan barcha arab tilidagi so‘z va iboralarning to‘g‘ri talaffuzini birma-bir tekshirib o‘rganish davomida so‘z va iboralar talaffuzini bir necha marta mashq qilishimiz kerak bo‘ladi .Arab tilida gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish zarur bo‘lgan mashg‘ulot bu arab tilidagi nutqni tanlash nutq shaklining qanday bo‘lishi ahamiyatga ega emas-ya’ni dialog,monolog,qissa,sher,hikoya kinofilmdan olingan audio nutq va hokazo.Arab tilida shevalar juda ko‘p bo‘lganligi sababi eng keng tarqalgan Misr shevasidagi nutqlardan foydalanish tavsiya etiladi.Misr shevasi zamonaviy arab adabiy tiliga ancha yaqin bo‘lib ,adabiy tildagi aksari mavjud.Odatda o‘rganuvchilar arab tilida gapirishni o‘rganish uchun ko‘proq o‘qish kerak deb hisoblashadi.Arab tilidagi matnlarni ,kitob va jurnallarni o‘qish so‘z boyligimizni oshirishda yordam berib,gapirish ko‘nikmasining rivojlanishiga ma’lum darajada ijobiy tasir etadi.Ammo hech bir boshqa mashg‘ulot gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda tinglashdek yaxshi samara ko‘rsata olmaydi.Tinglash orqali notanish so‘zlarni o‘rganib so‘z boyligini oshirish bilan bir qatorda so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini ham o‘rganish imkoniyati mavjud[27].

Arab tilidagi matnlarni ovoz chiqargan holda o‘qish gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi.Kitoblarda berilgan arab tilidagi gaplarni,hikoyalarni ifodali o‘qishga harakat qilish lozim .Umuman,arab tilida so‘zlashish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun kitobni shunchaki o‘qish bilan cheklanib qolmasdan ,o‘qish jarayonida nutqni ham ishga solish muhim hisoblanadi.Arab tilida gapirish jarayonida asosan ikki turdagi qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin:


Download 313 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling