Samarqand davlat chet tillari instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti yaqin sharq tillari kafedrasi
Download 313 Kb.
|
NURKHAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar:f.f.d., professor N. Q. Turniyozov
- ................................
- ARAB TILI SHEVALARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI …………………………………………...........................
- 1.3. Arab tili shevalarining zamonaviy arab adabiy tilidan farqli tomonlari..17 II
- Arab tilida gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishning asosiy usullari. ........38 XULOSA ............................................................
- ..... .. ...55 KIRIS H Bitiruv malakaviy ish ma
- Ishni
- Tadqiqotni
- Bitiruv malakaviy ishimizning vazifasi.
- Ishning obyekti va predmeti.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
- Tatqiqotning nazariy ahamiyati.
- Ilmiy ishning hajmi va tuzilishi.
- I BOB. ARAB TILI SHEVALARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Arab tilida shevalar haqida umumiy ma’lumot
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI FAKULTETI YAQIN SHARQ TILLARI KAFEDRASI PARDABOYEVA NURXON BOZORBOY QIZI ARAB TILIDA SO’ZLASHUV KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI BITIRUV MALAKAVIY ISH Ilmiy rahbar:f.f.d., professor N. Q. Turniyozov BMI Yaqin sharq tillari kafedrasi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi. Bayonnoma № ____ 2020-yil “____” may
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroridan kelib chiqib, mamlakatda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori[2,175], Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillariga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi, yosh avlodni shakllantirishga, chet tillarni o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlarini hisobga olib, chet tillarini tadqiq etishga bag‘ishlangan ilmiy ishlarga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz balki, bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugungi zamon talab qilayotagan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqiyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz»[2,103] . Ilmiy ishimizning dolzarbligini shunda ko‘rishimiz mumkinki, uzoq va o’chmas tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi, uning yuksak madaniyati, qadriyatlari hamda boy ilmiy merosi butun jahonning diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan va kelmoqda. Abu Ali ibn Sino, Ulug‘bek, Muhammad al-Xorazmiy, Mahmud az-Zamaxshariy, Al-Farobiy kabi ajdodlarimizning nomlari va ular yaratgan asarlari mashhur bo‘lib, ularning bebaho merosi jahon madaniyat xazinasiga qo‘shilgan boylik bo‘lib hisoblanadi. Lekin shu allomalar yaratgan ilmiy asarlar, yozma yodgorliklarning aksariyat qismi to‘liq o‘rganilmagan. Bu esa, o‘z navbatida, arab tilini biluvchi yetuk kadrlar tayyorlash masalasi eng dolzarb, hal etilishi zarur bo‘lgan masala ekanligini ko‘rsatadi. Ishning ilmiy ahamiyati. Ilmiy ishimizning ahamiyatini esa, arab tilida erkin so‘zlasha olish ko‘nikmasini rivojlantirish usullariga bo‘lgan katta talabda deb bilish mumkin. Chunki arab tilini o‘rganuvchilar soni kun sayin ortib borgani holda, ularning aksariyati erkin so‘zlasha olish ko‘nikmasini egallashni istashadi. Aniq va puxta ishlab chiqilgan usullarni amaliyotga tadbiq etish bilan til o‘rganuvchining mashaqqatini anchayin yengillatishi mumkin. Ilmiy ishimiz esa, bu usullarni yoritib berishda bir muncha foydali manba bo‘la oladi. Ma’lumki, arab tili boshqa tillardan farqli o‘laroq, o‘zining jozibasi, so‘z ifodasining o‘ta aniqligi bilan ajralib turadi. Arab tilining bu xususiyatlarni namoyon etishi, uning gapirish ko‘nikmasini qay darajada egallaganiga bevosita bog‘liqdir. Muammoning o‘rganilish holati. Bugungi kunda arab tili jahon tillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda arab tilida lahja va shevalarning ortib ketishi sof arab tilini ya’ni fus’ha tilini o‘rganish zaruriyatini talab qiladi. Fus’ha tilini o‘rganish uchun arab tili grammatikasini mukammal o‘rganish zaruratini yuzaga keltiradi. Arab tili grammatikasi boshqa tillarning grammatikasiga taqqoslanganda anchagina murakkabligi bilan ham ajralib turadi. Shu sababli, arab tili grammatikasini o‘rganish, uni nutq jarayoniga olib kirish, so‘zlarni to‘g ‘ri qo‘llay olish murakkab jarayon hisoblanadi va o‘quvchidan arab tiliga nisbatan katta e’tibor va mehnatni talab etadi. Arab tilida so‘zlar vaznlarga, qoliplarga solingan holatda yasaladi. Bu esa arab tilining o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, arab tilidagi fe’llarning funksional shakllarining vazifalari, qo‘llanilish doiralari ham o‘ziga xos bo‘lib, ularni o‘rganib, amalda qo‘llay bilish har bir arab tili o‘rganuvchisidan katta mahorat talab etadi. Bugungi klassik arab tilida so‘zlashish ko‘nikmasini shakllantirish usullariga bo‘lgan talabning oshayotganini kuzatish mumkin. Bu esa arab tilida so‘zlashish ko‘nikmasini rivojlantirishga oid puxta va rejali usullarni tadqiq qilish, ularni umumiylashtirishni taqazo etadi. Tadqiqotning maqsadi. Ilmiy izlanishimdan ko‘zlangan asosiy maqsad sifatida quidagilarni keltirish mumkin: — arab tilidagi shevalarni o‘rganinib chiqish; — arab tili shevalarining adabiy tildagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash; — arab tilida so‘zlashish ko‘nikmasini rivojlantirishda fonetika va grammatikaning ahamiyatini yoritib berish; — arab tilida so‘zlashish ko‘nikmasini rivojlantirish usullarini misollar bilan birgalikda, izchillik bilan yoritib berishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishimizning vazifasi. — arab tilida so‘zlashish ko‘nikmasini rivojlantirish usullarini boshqa tillar xususan, ingliz tili asosida tadqiq etib, ularning bir-biriga o‘xshash va bir-biridan farqli jihatlarini ajratib, bayon etish; — so‘zlashish ko‘nikmasini rivojlantirishda shevalar bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish; — yakka holda so‘zlashishni rivojlantirishga bog‘liq bo‘lgan usullar ustida ishlash. Mavzuni o`rganilish darajasi. Biz tadqiq etayotgan ilmiy ishimizning o‘rganilish darajasi anchayin keng bo‘lib, xususan, Sharqning qomusiy allomalaridan biri bo‘lmish Mahmud az-Zamaxshariy qoldirgan ilmiy me’roslarining ahamiyati beqiyosdir. Buyuk alloma nafaqat arab tilidagi turli vazifalar, sifatdoshlar, masdarlar to‘g‘risida, balki, so‘zlashuv ko‘nikmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan arab tili grammatikasi «sarf» va «nahv» ilmiga bag’ishlangan «Al-Mufassal» va «Muqaddimat ul-adab» asarlari bilan arab tilining barcha jihatlariga doir masalalarni yoritib berganlar. Mustaqillik yillarida buyuk vatandoshlarimizning yaratgan bebaho ilmiy meroslarini o‘rganish maqsadida arab tili hamda umuman tillarga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi. Turli tarjimalar asliyat tilidan tarjima qilina boshlandi. Bu borada yurtimizda faoliyat olib borayotgan ko‘plab ilmiy maktab, xususan, Toshkentdagi Jahon tillari universiteti, Sharqshunoslik instituti hamda Samarqand davlat chet tillari institutining xizmatlari ham beqiyos. Til o‘rganish uchun bugungi kunda keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Xususan, arab tiliga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi, ya’ni yurtimizning ko‘pgina viloyatlarida arab tilini o‘rgatish kurslari o‘z faoliyatini olib bormoqda va bu bilan Movarounnahr va Xuroson o‘lkalariga VI – VII asrlarda kirib kelgan arab tili, arab yozuvi va shu davrdan boshlab toki Chor Rossiyasi yurtimiz hududiga kirib kelgunga qadar arab yozuvi asosida yaratilgan boy ilmiy me’rosimizni o‘rganish, tadqiq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu biz uchun asrlar davomida hali tadqiq qilinmagan va o‘rganilmagan ma’naviy-madaniy, ilmiy meroslarimizni o‘rganishda, ilmiy tadqiqotlar salmog’ini oshirish yo‘lida xizmat qiladi. Bundan tashqari arab tili ustida ish olib borgan Grande, Talabov, Xolidov, Hasanov, Ne’matullo Ibrohimov, Muhammad Yusupovlar tomonidan ishlab chiqilgan arab tili darsliklarida arab tili grammatikasi yanada tushunarli bo‘lishi uchun o‘zbek tili grammatikasiga mos ravishda sharhlangan va og’zaki nutqda qanday ishlatishga doir jihatlar ham yoritib o‘tilgan. Qo‘llanilgan metodlar. Bitiruv malakaviy ishimning metodologik asosini borliqning eng muhim unsurlaridan biri bo‘lgan til tizimi va uni tashkil etuvchi unsurlarning doimiy dialektik taraqqiyotda ekanligini aks ettiruvchi falsafiy qarashlar tashkil qiladi. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishimizda til va nutq hodisalarida fe’lning zamon shakllarini izchil taqqoslashga asoslangan struktur-semantik tasnif, lug‘aviy birliklarni komponentlash qiyosiy tahliliga doir usullardan foydalanildi. Ishning obyekti va predmeti. Ilmiy ishimizning obyektini arab tilidagi grammatik qoidalar va ularning og’zaki nutqda qo‘llanilishi, og’zaki nutqda faol bo‘lgan yuklamalar, bog‘lovchilar, shuningdek, sinonim so‘zlarning qo‘llanilish o‘rni tashkil etadi. Chunki arab tili lug‘ati juda boy bo‘lib, bir so‘zning 200-300ga yaqin sinonimlarini aynan arab tili lug‘atida uchratishimiz mumkin. Ular orasida muloqot vaziyatiga mosini tanlab olish esa, alohida ahamiyatga egadir. Bitiruv malakaviy ishimizning predmeti sifatida esa, arab va ingliz tillaridagi so‘zlashuv ko‘nikmasini rivojlantirish usullarini qiyosiy o‘rganish tashkil etadi. Bunda biz ingliz tilida so‘zlashuv ko‘nikmasini rivojlantirishda foydalanib kelinayotgan faol usullardan arab tiliga mos keluvchilarini tanlab olishni maqsad qilib oldik. Bunda Jamol Jalolovning «Chet tilini o‘qitish metodikasi», Talabovning «Arab tili darsligi» kitobi va Grandening asarlaridagi so‘zlashuv ko‘nikmasiga doir manbalardan keng foydalangan holda o‘rgandik va bir necha usullarni ikki til qiyosida tanlab oldik. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ilmiy ishning yangiligi sifatida aytishimiz mumkinki, arab tilida so‘zlashuv ko‘nikmasini rivojlantirish usullarini o‘rganib, ularni umumiylashtirib, ommaga tadbiq etishga hali deyarli e’tibor berilmagan. Ushbu ilmiy ishda esa, so‘zlashish ko‘nikmasini rivojlantirishga oid eng samarali usullar arab va ingliz tiliga qiyoslangan holda yoritib beriladi. Chunki bugungi kunda ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini ko‘pchilik egallagan va ulardan mosini arab tiliga ham tadbiq etish hech qanday qiyinchiliklarsiz amalga oshiriladi. Ushbu ilmiy ishning yangiligi sifatida, shevalardan arab adabiy tiliga asos bo‘lgan so‘zlar keltirilgan. Ilmiy ishimizning yangiligini aniqlashda shu paytga qadar arabshunos olimlar tomonidan to‘plangan va shu mavzuga doir ma’lumotlar, maqolalar va ularning ilmiy asarlarini tadqiq etish, qolaversa, N.Ibrohimovning «Arab tili grammatikasi» va Talabovning «Arab tili grammatikasi», bundan tawqari Jamol Jalolovning «Chet tilini o‘qitish metodikasi» kabi darsliklardagi ma’lumotlarni o‘rganib, so‘zlashuv ko‘nikmasini rivojlantirishda eng samaralilarini yoritib berish orqali ilmiy ishimizning yangiligini ochib berishga harakat qildim. Tatqiqotning nazariy ahamiyati. Ilmiy ishda keltirilgan ma’lumotlar hamda fikrlar asosida ma’ruzalar,shuningdek,mazkur sohada ilmiy ishlarda nazariy asos bo‘luvchi material sifatida foydalanish mumkin. Tatqiqotning amaliy ahamiyati. Ishdagi so‘z birikmalari, iboralar asosida o‘quv mashg’ulotlari uchun dialoglar tuzish, tarqatma materiallar tayorlash mumkin. Ilmiy ishning hajmi va tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish quyidagi tartibda yozildi: Avvalo, Kirish qismi so‘ng asosiy qismlardan tashkil topgan.Kirish qismida ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalar, tadqiqot mavzusining predmeti va obyekti, tadqiqot metodlari, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati kabi masalalar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Asosoiy qismning I bobida arab tili shevalari, ularning adabiy til paydo bo‘lishidagi tutgan o‘rni asosida reja tuzilib, shu haqda bahs yuritildi. Asosiy qismning II bobida arab tilida so‘zlashish ko‘nikmasini rivojlantirish usullari, grammatika va fonetikaning o‘rni haqida so‘z boradi. Shuningdek, bitiruv malakaviy ish xulosa qismi hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. I BOB. ARAB TILI SHEVALARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Arab tilida shevalar haqida umumiy ma’lumot Arab tili juda boy va uzoq tarixga ega tildir. U arab xalqlarining asrlar davomida yaratgan taraqqiyot bosqichlarini belgilash uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Ammo arab tilining o‘ziga xos ba’zi xususiyatlari, ya’ni ichki fleksiya hodisasi, fe’l boblari va fonetik qoidalari bu yozma yodgorliklardan o‘z aksini topgan. Chunki arab alifbosida yozilgan yozma yodgorliklarda ba’zi so’zlar va ularning shakllari talaffuzi farqlanmagan. Arab shevalarining tarqalgan barcha turlarini o‘rganish ularning xususiyatlarini aniqlash va qayta tiklash uchun asosiy vositalardan bo’lib xizmat qiladi.Hozirgi paytda dialektologik kuzatishlar yozma yodgorliklarda uchraydigan ayrim sheva materiallari va ularga xos xususiyatlarni to‘g‘ri izohlab berish imkoniyatini beradi. Sheva materiallari arab tili tarixi mutaxasislari uchungina emas, shuningdek, tarixchilar uchun arab xalqlarining etnogenezi masalalarini o‘rganish va ularni hal etishda yordam beradi. Chunki xalq shevalari arab xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyatini, yodgorliklarda qayd etilgan ayrim faktlarni hozirgi davrimizga qadar olib kelgan bo‘lishi mumkin. Demak, sheva materiallari nafaqat tilshunoslik sohasi uchun, balki tarix, etnografiya va boshqa sohalar uchun ham ancha muhim ahamiyat kasb etadi. Dialektologiya grekcha «dialektos» so’zidan olingan bo‘lib, biror tilning mavjud sheva lahjalarini o‘rganuvchi sohadir[10,54]. «Dialekt» - «sheva», «logos» - «ta’limot», ya’ni sheva haqida ta’limot demakdir. Dunyodagi deyarli barcha tillarning o‘ziga xos ichki sheva va shevachalari mavjud. Arab tilining har biri bir necha sheva va dialektlardan iborat. Biroq arab tili dunyo tillari orasida o‘zining ko‘p shevaliligi, dialektliligi bilan ajralib turadi. Shevashunos olim, professor E.D. Polivanov: «Dunyo tillarining birortasi ham shevalararo arab tili kabi bir-biridan bu qadar keskin farqlanmaydi, demak, birorta dunyo tillari ham shu qadar dialektal xilma-xil xususiyatga ega emas, bu esa adabiy til uchun biror dialektni asos qilib olish masalasini nihoyatda og‘irlashtiradi»[18,231] degan edi. Arab lahjashunoslik fani boshqa qardosh mamalakatlardagi arablarning jonli so‘zlashuv tilini tekshirib boradi. Dialektologiya ham makon nuqtayi nazaridan 2 turga bo‘linadi: Tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya; Tarixiy dialektologiya. Tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya mahalliy shevalar hamda lahjalar, ularga xos bo‘lgan fonetik va leksik, morfologik xususiyatlarni kuzatib boradi. Ularni yozib oladi va kartaga tushiradi. Tarixiy dialektologiya tilning dialektik xususiyatlari bilan birga, shu xususiyatlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, turli davrlardagi o‘zgarishlar, qardosh tillar bilan bo‘lgan munosabati va shu shevalarning paydo bo‘lishida qardosh bo‘lgan va qardosh bo‘lmagan tillarning ishtiroki kabilarni tadqiq qiladi. Keyingi yillarda barcha arab shevalarini real va lingvogeografik usullar yordamida o‘rganish tarixiy maqsadlarni ko‘zda tutadi. Dialektologiyaning shevalarni o‘rganishni til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham qimmatbaho manbalar beradi, chunki adabiy tilda allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan yoki o‘zgarishga uchragan so‘zlar, ayrim shakllarning mahalliy shevalarda saqlanib qolganligi tabiiy hol hisoblanadi. Asosiy vosita ularni topish va adabiy tilga olib kirishdan iborat. Arab dialektologiyasi arab tili tarixidagi ayrim noaniq masalalarni yoritish va hal qilishda asosiy manbadir. Qadimiy arab yozma yodgorliklari tilning biz uchun noaniq bo‘lgan ba’zi jihatlarini hozirgi arab shevalari materiallari yordamida aniqlashimiz va bu yodgorliklarni boyitishimiz mumkin. Shevalarni o‘rganish arab adabiy tilining fonetik, leksik, grammatik normalarini belgilash, orfografiya va orfoepiyani shakllantirish uchun xizmat qiladi[23]. Shevalarni o‘rganish orqali o‘tmishdagi urug‘-qabilalarning joylashish hududini aniqlash, etnonimlar, toponimlar, gidronimlar vositasida xalq tarixining ochilmagan tomonlarini yoritish mumkin. Shu jihatdan dialektlarni o‘rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Sheva – biror til doirasidagi xalq jonli tilining o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarga ega bo‘lgan eng kichik qismi. Masalan, Misr shevasi, Qatar shevasi, Quvayt shevasi. Dialekt – tilshunoslikka doir manbalarda ko‘pincha lahja ma’nosida, ba’zan sheva ma’nosida ham qo‘llaniladi. Olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlarda sheva, dialekt va lahja atamalarini farqlamaslik, aralashtirib qo‘llash hollari ham uchraydi. Umuman olganda, «dialekt» xalqaro atama bo‘lib, umumlingvistik «dialect» ma’nosida ishlatilishi lozim bo‘lgan atamadir. Lingvistikada tilning bir necha sheva va dialektlarni o‘z ichiga olgan, umumiy jihatlari tomonidan o‘xshash katta bo‘lagi ya’ni shevalar to‘plamidir. Arabiston yarim oroli mamlakatlari egallagan hudud Osiyo qit’asi, janubi-g‘arbiy Osiyo davlatlari regionning janubi-g‘arbiy qismiga to‘g‘ri keladi[32]. Arabiston yarim oroli mamlakatlari shimolda Iroq, Qatar, Iordaniya davlatlari bilan chegaradosh. Uni sharq tomondan Fors qo‘ltig‘i, janubi va janubi-sharqda Arabiston dengizi va Adan qo‘ltig‘i, g‘arb tarafdan esa Qizil dengizi suvlari sohillarini yuvib turadi. Arabiston yarim oroli mamlakatlarning umumiy yer maydoni 3196857 km² bo‘lib, unda past tog‘liklar, qir-adirlar, bepayon cho‘llar bo‘lib, o‘rtacha balandlikdagi tog‘li massiv ham mavjud. Arabiston hududi juda katta maydonga egaligi uchun arab tilida so‘zlashadigan aholi juda ko‘p, shuningdek, har bir davlat o‘ziga xos shevaga egaligi bilan ham farqlanadi. Bunday katta hududni egallagan arab xalqi bir-birini faqat adabiy tilda so‘zlashganlarida to‘liq tushunadilar. Bunda arab adabiy tilning barcha davlatlari hududi uchun bir etib belgilanganligi bir qancha qulayliklar keltiradi. Biroq adabiy til bilan bir qatorda arab shevalarining haddan tashqari tez sur’atlarda rivojlanishi jiddiy va xavotirli halok hisoblanadi. Adabiy tilning saqlab qolishiga, asosiy sabab bu islom dini qonun-qoidalarining barchaga barobar tushunarli bo‘lishligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar natijasi deb bilinadi. Deyarli barcha arab davlatlarida arab adabiy tilini o‘rgatish muhim muommalardan biri sifatida qaralmoqda. Agar bir arab shevalarini yozuvda ifodalamoqchi bo‘lsak, transkriptsiyadan foydalanamiz. Transkripsiya dialekt va shevalardagi tovushlarning har xil ko‘rinishlarini yozuvda ifodasi uchun qo‘llaniladigan belgilar sistemasidir. Tildagi mavjud tovushlarni aniq ifodalash uchun xizmat qiluvchi yozuv - transkriptsiya deb nomlanadi. Shevalarda duch kelinadigan har bir tovushni ifodalash uchun transkriptsiyada ma’lum bir belgi tanlab olinadi. Ammo, mavjud transkriptsiya sistemalari bu talabga to‘liq javob berolmaydi [29]. Arab tili fonetikasi murakkab bo‘lib, uni bizning tilda ifodalashning iloji yo‘q. Arab shevalaridagi ayrim fonetik tovushlar arab tili fonetikasi va grafikasiga mos emasligi ma’lum. Bu esa bir qancha qulayliklarni yuzaga keltiradi. Chunki aytilgan so‘z arab tiliga mos emasligi, yozuvda to‘g’ri ifodalay olmaslik yoki boshqa ma’nodagi so‘zning yorilishiga o‘xshab qolishi murakkab holatdir. Bunday holatda sheva mutaxasislari yordamida tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Transkripsiya chet tili va ona tili orfografiya va orfoepiyaga doir ishlarda ham keng qo‘llaniladi. Mohiyat jihatdan eng aniq transkripsiya fonetik transkripsiya hisoblanadi. Fonetik transkripsiya umumiy va xususiy fonetika, shuningdek eksperimental fonetika yutuqlariga asoslanadi. Tillardagi nutq tovushlarini fonetika transkripsiya uchun tanlangan alifbo orqali ifoda etib bo‘lmasa, boshqa ya’ni qardosh tillar alifbosidan harflar olinadi yoki harflar yoniga ustiga ostiga diakatik belgilar orttiriladi[15,174]. Tilshunoslikda keng miqyosda qo‘llanadigan lotin alifbosi asosida tashkil topgan transkripsiya xalqaro fonetik alifbo ya’ni MFA nomi bilan yuritiladi. Arab tilidagi sheva hamda dialektlarni tadqiq etgan sharqshunos olimlar o‘z ilmiy ishlarida turlicha transkripsiya belgilardan foydalanganlar. Arab tili juda boy adabiy traditsiyaga ega. Arab xalqining butun tarixi davomida yaratgan taraqqiyot bosqichlarini belgilash uchun boy material beradi. Ammo arab tilining o’ziga xos ba’zi xususiyatlari (ayniqsa, ichki fleksiya fe`l boblari va fonetikaga xos xususiyatlari) bu yozma yodgorliklarida o‘z aksini topgan, chunki arab alifbosida yozilgan yozma yodgorliklarda ayrim so‘z va formalarning talaffuzi farqlanmagan. Arab shevalarining barcha sohalari bo‘yicha o‘rganish esa bu xususiyatlarni aniqlash va ularni qayta tiklash uchun katta yordam beradi. Ayni vaqtda dialektologik kuzatishlar yozuv yodgorliklarida uchraydigan ayrim sheva materiallari va ularning xususiyatlarini to‘g‘ri izohlash imkonini ham beradi. Sheva materiallari arab tili tarixi mutaxassislari uchungina emas, balki tarixchilar uchun ham arab xalqi etnogenezi masalalarini hal qilishda yordam beradi. Chunki xalq shevalari arab xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatini, yodgorliklarda qayd etilgan ayrim faktlarni bizning davrimizgacha olib kelgan bo’lishi mumkin. Demak, sheva materiallari faqat tilshunoslik uchungina emas, balki tarix, etnografiya va boshqa sohalar uchun ham muhimdir. Ushbu tadqiqot mavzusi arab tilining ko‘p shevaliligi uning boyligi sifatida qayd etilib, arab lahjalarining tasnifi tarixiga qisqacha izoh, lingvistik geografiyasiga e’tibor qaratiladi. Dialektologiyaning xalq va til tarixi bilan uzviy aloqada ekanligi ta’kidlanib, masalalar o‘sha mezondan kelib chiqqan holda yoritilgan. Dialektologiya grekcha dialektos so’zidan olinib biror tilning mavjud sheva va lahjalarini o‘rgatadi. Dialekt – sheva, logos – ta’limot, ya’ni sheva haqida ta’limot demakdir[10,87]. Dunyoda mavjud tillarning deyarli barchasi o‘ziga xos ichki sheva va shevachalardan iborat. Arab tilining har biri bir necha sheva va dialektlardan iboratligi ma’lum. Biroq arab tili dunyo tillari ichida o‘zining ko‘p shevaliligi, dialektliligi bilan farqlanadi. Shevashunoslikning bilimdonlaridan biri professor E.D.Polivanov: «...dunyo tillarning birortasi ham shevalararo arab tili singari bu qadar keskin farqlanmaydi, demak, ...birorta dunyo tillari ham shu qadar spetsifik, dialektal xilma-xillik xususiyatiga ega emasdir. Bu esa, tabiiy, adabiy til uchun biror dialektni asos qilib olish masalasini nihoyat darajada og‘irlashtiradi»,[18,231] degan edi. Arab lahjashunoslik fani boshqa qardosh hamdo‘stlik mamlakatlaridagi arablarning jonli so‘zlashuv tilini tekshiradi. Makonni o‘rganish nuqtai nazaridan dialektologiya ikki xil bo’ladi: 1)tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya; 2)tarixiy dialektologiya.[35] Tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya mahalliy sheva va lahjalarga xos fonetik va leksik, morfologik xususiyatlarni qayd etadi, yozib oladi va ularni kartaga tushiradi. Tarixiy dialektologiya tilning dialektal xususiyatlari bilan birga, shu xususiyatlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, turli davrlarda o‘zgarish, qardosh tillar bilan munosabati va shu shevalarning tashkil topishida qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning ishtiroki kabilarni o‘rganadi. Keyingi yillarda barcha arab shevalarini areal va lingvogeografik usullar bilan o‘rganish ham tarixiy maqsadlarni ko‘zda tutadi. Dialektologiyaning shevalarni o‘rganishi esa til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli materiallar beradi, chunki, adabiy tilda allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan yoki o‘zgarishga uchragan so‘zlar, ayrim grammatik shakllar mahalliy shevalarda saqlanib qolganligi tabiiy. Ularni topib adabiy tilga olib kirish yoki uni boyitish juda muhimdir. Arab dialektologiyasi arab tili tarixidagi ayrim noaniq masalalarni oydinlashtirish, hal qilish uchun asosiy manba beradi.[37] Qadimgi arab yozma yodgorliklari tilining biz uchun noaniq bo‘lgan ayrim xususiyatlarini hozirgi arab shevalari materiallari yordamida aniqlashimiz va to‘ldirishimiz mumkin. Shevalarni o‘rganish arab adabiy tilining fonetik, leksik, grammatik normalarini belgilash, orfografiya va orfoepiyasini stabillashtirish uchun katta yordam beradi. Shevalarni o‘rganish orqali o‘tmishdagi urug‘-qabilalarning joylashish hududini aniqlash, etnonimlar, toponimlar,gidronimlar,umuman onomastika (nomlar) vositasida xalq tarixining ayrim mavhum tomonlarini yoritish mumkin. Shu jihatdan dialektlarni o‘rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Download 313 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling