Metabolizm-multiferment tizimlari ishtirokida tashqi muhit va hujayra o'rtasida moddalar almashinuvi va energiyani ta'minlovchi yuqori integratsiyalangan yo'nalishli jarayon. Metabolizm tufayli hujayrada quyidagi jarayonlar sodir bo'ladi: - 1. Energiyani tashqi muhitdan olish (organik moddalar yoki quyosh energiyasining kimyoviy energiyasi shaklida).
- 2. Hujayra organoidlarida organik moddalarning parchalanishi.
- 3. Makromolekullarning sintezi va parchalanishi.
- Metabolizm - organizmda kechadigan kimyoviy reaktsiyalar
- Metabolitlar - polimerlarning degradatsiyasi va sintezi jarayonida hosil bo'lgan kichik oraliq molekulalardir
- (c) Spiral (yog ' kislotalari sintezi)
- Maqsadga ega bo'lgan reaktsiyalar ketma-ketligi (masalan, glyukoza parchalanishi, yog ' kislotasi sintezi) metabolik yo`l deb ataladi
Yuqori mahsuldorlik bilan o'tadigan kimyoviy reaktsiyalarning tartibli ketma-ketligi metabolik yo'llar deb ataladi. - Metabolik yo'llar:
- 1. Markaziy metabolik yo'llar (Krebs sikli, glikoliz, oqsil, uglevod, lipidlar sintezi va parchalanishi).
- 2. Ikkilamchi metabolik yo'llar-hujayralardagi o'ziga xos moddalarning sintezi (gormonlar, toksinlar, koenzimalar va boshqalar).
- 3. Tsiklik metabolik yo'llar. Ular mikroorganizmlarga xosdir.
- Metabolizm katabolizm va anabolizmga bo'linadi
- Katabolizm oksidlanish reaktsiyalari va energiyani ATP ga transformatsiyasi bilan xarakterlanadi.
- Anabolizm ATP ko`rinishida to'plangan energiyani sarflash va qaytarilish reaktsiyalari bilan xarakterlanadi.
- I bosqich (spetsifik, o'ziga xos). Makromolekulalarninq (oqsillar, uglevodlar, lipidlar) ning monomerlarga degradatsiyasi
- II bosqich (spetsifik, o'ziga xos). Aminokislotalar, yog ' kislotalari va glyukoza umumiy metabolit - asetil koenzim A ga oksidlanadi
- III bosqich (nospesifik). Asetil CoA limon kislotasi siklida CO2 va suvgacha oksidlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |