- So’lak bezlarining kasalliklari;
- Qandli diabet;
- Avitaminoz;
- Nurlanishli shikastlanish;
- Botulizm;
- Og’iz orqali nafas olish;
- Ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish.
- OG’IZ HIDLANISHINING UMUMIY SABABLARI
- Ovqatlanish xarakteri. Og’izdan badbo’y hidlar kelishining rivojlanishiga oqsilga boy go’sht va sut mahsulotlarini iste’mol qilish yordam beradi. Ular qayta ishlanganida, og’iz bo’shlig’ida kislota-ishqor muvozanatini o’zgartiradigan ishqoriy birikmalar hosil bo’ladi. Buning oqibatida yoqimsiz hid chaqiradigan mikroorganizmlar faol ravishda ko’payishni boshlaydi. Tarkibida yuqori miqdorda uglevodlar bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, aksincha, hidning sezilarligini kamaytirishga yordam beradi.
- Somatik kasalliklar. Noxush hidning paydo bo’lishi sabablari:
- Gormonal buzilishlar. Organizmda jinsiy gormonlar nisbati va kontsentratsiyasi o’zgarishi so’lak xususiyatlariga ham ta’sir qiladi. So’lak qanchalik yopishqoq bo’lsa va odatdagidan ko’ra kamroq ajralsa, unda kislorod miqdori kamayadi. Bu badbo’y hidning paydo bo’lishiga olib keladigan uchuvchi birikmalar hosil bo’lishiga yordam beradi.
- Chekish. Tamakining yonishi natijasida o’ziga xos hidga ega bo’lgan moddalar hosil bo’ladi. Chekish vaqtida og’iz bo’shlig’ining shilliq qavati haddan tashqari quriydi va uning tabiiy tozalanishi jarayoni buziladi. Chekishda og’izdagi kislorod miqdori kamayadi va anaerob bakteriyalar (yashashi uchun kislorod kerak bo’lmagan mikroorganizmlar) soni ko’payadi. Bu zararli odat, shuningdek, tishda tosh hosil bo’lishiga va milkning yallig’lanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |