QANDAY QILIB OG’IZDAN NOXUSH HID KELISHINI YO’QOTISH MUMKIN - QANDAY QILIB OG’IZDAN NOXUSH HID KELISHINI YO’QOTISH MUMKIN
- Muntazam og’iz gigienasi. Muntazam og’iz bo’shlig’i parvarishi — yoqimsiz hidga qarshi kurashishning asosiy usullaridan biridir. Muammoni bartaraf etish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
- Tishlarni kuniga kamida 2 marta tozalash;
- Har bir taom tanovulidan so’ng tish uchun ipdan yoki chayqash uchun eritmalardan foydalanish;
- Og’iz bo’shlig’ini tozalashda nafaqat tishlarga, balki tilga ham e’tibor berish kerak. Tilni karashdan tozalash og’izdagi hidni yo’qotishga yordam beradi, chunki karash mikroorganizmlar rivojlanishi uchun asos hisoblanadi.
- Ota-onalar bolalari og’zidan yomon hid kelishini sezishganida, ularni og’iz gigienasiga muntazam amal qilishini nazorat qilishlari kerak, bu shuningdek bolalarda karies va boshqa stomatologik kasalliklarni oldini olishda ham muhim.
- Bakteriyalar og’iz qurib qolganida ayniqsa faollashadi, shu sababli, uy sharoitida og’iz hidlanishidan xalos bo’lish uchun yetarlicha suyuqlik ichib turish kerak.
- Og’izdagi noxush hidni tezda yo’qotish uchun qisqa muddat ta’sir qiluvchi yalpizli konfetalar yoki hushbo’y hidga ega saqich chaynash mumkin, lekin bular faqatgina hidni yashiradi, asosiy sababini bartaraf etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |