- OG’IZDAN KELADIGAN YOQIMSIZ HIDNI QANDAY ANIQLASH MUMKIN
- QOSHIQ YOKI SALFETKA BILAN SINOV
- Qoshiq bilan. Tilning orqa uchdan bir qismidan plastik qoshiq yordamida karash to’planib olinadi. 1 daqiqadan so’ng, uning hidi bemorning o’zi yoki sinov o’tkazadigan ishonchli shaxs tomonidan baholanadi.
- Salfetka bilan. Tilning orqa qismidan karashni olish uchun gigienik salfetkadan ham foydalanish mumkin. Buning uchun tilning orqa uchdan bir qismi toza salfetka bilan artilib, 40-45 soniyadan keyin uning hidi baholanadi. Bunday test natijalari nafaqat galitozni aniqlabgina qolmay, balki uni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar manbai — karashni ham aniqlashga imkon beradi.
- TISH IPLARI BILAN SINOV
- Yuqori va pastki jag’ tishlar (molyarlar) orasidagi bo’shliqlar hidsiz va mum bilan shimdirilmagan tish iplari bilan tozalanadi.
- Keyin ishlatilgan ip qismi qanday rangga bo’yalgani ko’riladi. Sariq rang tish karashini, qizil — milklarning qonashini ko’rsatadi. Har ikkala belgi ham galitoz rivojlanishiga hissa qo’shadigan omillardir.
- Tishlararo makonni tozalashdan keyin 30-40 soniya o’tib, ipning hidi baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |