NAFAS HIDINI ORGANOLEPTIK O’LCHASH - NAFAS HIDINI ORGANOLEPTIK O’LCHASH
- Og’izdan keladigan hidning intensivligi va xususiyatini baholash tish shifokori tomonidan amalga oshiriladi. Sinov arafasida aniq test natijalarini olish uchun bemor va tadqiqotchi antibakterial preparatlardan, achchiq oziq-ovqat, ziravorlar, piyoz va sarimsoq (sinovdan 2 kun oldin), aromatik kosmetika vositalaridan (sinovdan bir kun oldin) foydalanmasliklari kerak. Sinov o’tkazilishidan oldingi 12 soat ichida bemor chekmasligi, tishlarini cho’tka bilan tozalamasligi, chayqashi, nafasni hushbo’y qiluvchi vositalar va saqich chaynashdan saqlanishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |