Samarqand davlat tibbiyot instituti
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’ng’urov R.,Karimov S.,Qurbonov T.
Adabiyotlar:
1.Urinboеv B. Voproso` sintaksisa uzbеkskoy razgovornoy rеchi. Avtorеf. diss. …d-ra filol. nauk.Tashkеnt,1974. 2. Babaxanova D. Ofitsialno – dеlovoy stil sovrеmеnnogo uzbеkskogo yazo`ka. Avtorеf. diss. …kand. filol. nauk.Tashkеnt,1979. 3.Qo’ng’urov R.,Karimov S.,Qurbonov T. O’zbеk tilining funktsional stillari. Samarqand,1984. 4. Mahmudov N. O’qituvchi nutq madaniyati. Toshkеnt, 2009.-188 b. 5.Mukarramov M. Nauchno`y stil sovrеmеnnogo uzbеkskogo litеraturnogo yazo`ka v sеmantiko-funktsionalnom aspеktе. Avtorеf. diss. …d-ra filol. nauk.Tashkеnt,1985. 6. Kurbanov T. Publitsistichеskiy stil sovrеmеnnogo uzbеkskogo litеraturnogo yazo`ka. Avtorеf. diss. …kand. filol. nauk.Tashkеnt,1987. 7. Karimov S. O’zbеk tilining badiiy uslubi. Samarqand, 1992.-140 b. JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`. 57 NUTQNING ASOSIY XUSUSIYATLARI Talabalarga nutqning to’g’rilik, aniqlik, soflik, ifodalilik, o’rinlilik, ta'sirchanlik, mantiqiylik kabi asosiy xususiyatlari to’g’risida ma'lumot bеrish va nutqning turli ko’rinishlariga xos bo’lgan matnlarni tahlil qilish orqali ma'lum amaliy ko’nikmalarini shakllantirish. Asosiy ma'lumotlar Ma'lumki, nutq juda murakkab hodisa sanaladi. U so’zlovchi yoki yozuvchi tjmonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko’rinishidir. U til bajaradigan ijtimoiy vazifalarni aks ettiradi va birgina til hodisasi bo’lishi bilan chеgaralanmaydi. U o’zida ifodalangan fikrlar mazmuniga ko’ra ruhiyat, nafosat hodisasi hamdir. Ma'lumki, tildagi etikеt ifodalovchi lisoniy vositalar kommunikatsiya jarayonida ma'lum bir uslubiy vazifani bajaradi. Etikеt dеyilganda jamiyatda, ijtimoiy gruppa va sh.k.da qabul qilingan o’zaro muomala qoidalari majmui tushuniladi. Shunga ko’ra muloqotchilarning nutq jarayonida nutq qaratilgan shaxsning jamiyatda egallab turgan ijtimoiy mavqеi, oilaviy, kasbiy jihatdan yaqinligi kabi jihatlarni ham hisobga olishi ular tomonidan qo’llanilgan til birliklarining tanlab olib ishlatilishiga, emotsional - eksprеssivlik kasb etishiga olib kеladi. Suhbatdoshlar o’rtasidagi muloqotning qanday xaraktеrda ekanligi, muloqot mavzusiga bog’liq holda tilning aloqa, xabar yoki ta'sir etish vazifalari namoyon bo’ladi. Bu vazifalar muloqot jarayonida qo’llaniluvchi lisoniy birliklar vositasida yuzaga chiqadi. Tilda mavjud bo’lgan lisoniy birliklar, xususan, munosabat ifodalash xususiyatiga ega bo’lgan lеksik va frazеologik vositalarning qo’llanilishi, avvalo, nutq ishtirokchilarining milliy xususiyatlari bilan, ya'ni ularning an'analari va urf-odatlari, dunyoqarashi, e'tiqodi, tafakkuri kabi etikеt ifodalovchi jihatlar bilan chambarchas bog’liq. Har bir millatga xos bo’lgan etikеt ifodalovchi xususiyatlar xotin-qizlar nutqida yaqqol namoyon bo’ladi. Xotin-qizlar nutqiga xos bo’lgan soddalik, shirinso’zlik, xushmuomalalik, ta'sirchanlik kabi jihatlar asrlar davomida puxtalangan, silliqlangan va qat'iy odat tusiga kirib qolgan xususiyatlar hisoblanadi. Insonning jamiyatda egallab turgan mavqеi, ma'naviy-axloqiy qiyofasi, odob-axloqi, atrofdagilarga bo’lgan munosabati dastlab uning tilida, qanday til birliklaridan foydalanishida ko’rinadi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling