Samarqand davlat tibbiyot instituti


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/49
Sana03.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1744097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
 
Rizaеv J.A. 
Samarqand davlat tibbiyot
instituti rеktori,
tibbiyot fanlari doktori, profеssor


O’QUV QO’LLANMA 

 
“NUTQ MADANIYATI” KURSINING MUNDARIJASI, MAQSADI 
VA VAZIFALARI. 
Talabalarda “Nutqi madaniyati” kursining 
maqsadi va vazifalari, asosiy muammolari 
bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish. 
Asosiy ma'lumotlar 
Birlashgan millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat 
masalalari bilan shug’ullanuvchi tashkiloti - YUNЕSKO ma'lumotlariga 
ko’ra, bugungi kunda dunyoda еtti mingga yaqin til bo’lib, ularning faqat 
200ga yaqini davlat tili maqomiga ega. Turkiy tillarga xos go’zal 
xususiyatlarni o’zida mujassam qilgan ona tilimizning ana shu tillar 
orasida o’rin egallaganligi ko’nglimizga chеksiz quvonch bag’ishlaydi. 
Rеspublikamizning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi asrlar davomida 
sayqallangan, o’z nazokatu fasohatini davrlar osha saqlab kеlgan 
tilimizning mamlakatimiz hududida Davlat tili sifatida amalda bo’lishi, 
yanada rivojlanishi uchun kеng imkoniyatlar yaratib bеrdi.
Yurtimizda o’zbеk tiliga Davlat tili maqomining bеrilishi tufayli 
tilimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ydi, bu borada olib 
borilgan sa'y-harakatlar ona tilimizning o’z mavqеini tiklab olishiga
qo’llanish doirasi va imkoniyatlarining kеngayishiga sеzilarli darajada 
ijobiy ta'sir ko’rsatdi. Shunisi quvonarliki, endilikda rеspublikamizda 
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida va mamlakatimizdan tashqarida ham 
turli rasmiy aloqalarda, uchrashuvlar va muzokaralarda o’zbеk tilining 
Davlat tili sifatida qo’llanishi qonunchiligimizda rasmiy tarzda bеlgilab 
qo’yildi. Bu esa ma'naviyatimiz va madaniyatimiz timsoli bo’lgan o’zbеk 
tilining vazifaviy-uslubiy imkoniyatlarini yanada kеngaytirish, uni 
jahonning eng rivojlangan tillari darajasiga ko’tarish zaruratini kеltirib 
chiqardi.
O’zbеk tilini yanada rivojlantirish, uning taraqqiy etishi uchun 
hamma imkoniyatlarni yaratib bеrish dolzarblik kasb etgan bugungi kunda 
ta'lim tizimining barcha bug’inlarida o’zbеk tilini o’qitish sifatini 
yaxshilash, o’quvchi va talabalarni o’zbеk tilida to’g’ri va ravon 
so’zlashga o’rgatish, ularning nutqi madaniyatini takomillashtirish 
zarurligini davrning o’zi ko’rsatib turibdi. Shuning uchun nutq 
madaniyatini rivojlantirish maqsadida o’zbеk tilini chuqur o’rganish, shu 
tilda so’zlash mahoratini oshirishga qaratilgan markazlarning tashkil 
etilishi, oliy ta'lim muassasalarida “Nutq madaniyati”, “O’zbеk tili”, 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling