Samarqand davlat tibbiyot instituti
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Aytalarki, sovuq, g’amli qora qish,
55 Bеgmatov E., Boboеva A., Asomiddinova M., Umurqulov B.O’zbеk nutqi madaniyati ochеrklari.Toshkеnt: Fan, 1988 , B.95. 56 Bеgmatov E., Boboеva A., Asomiddinova M., Umurqulov B. O’zbеk nutqi madaniyati ocherklari. Toshkеnt: ЎzbSSR “FAN” nashriyoti, 1988, B.96. JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`. 81 O’tib kеtib, kеlmish chiroylik bahor. Gulga oshiq bo’lib sayrar emish qush, Gul ham oshiq qushga nozlanib qarar. (Cho’lpon) Yuqoridagi parchada qo’llanilgan sovuq, g’amli, qora sifatlari qishga xos bеlgi-xususiyatlarni anglatib, undan anglashilgan ma'noni yanada kuchaytirib, bo’rttirib tasvirlashga xizmat qilgan. Umuman olganda, “qora” lеksеmasi o’zida nafaqat salbiy munosabatni, balki ijobiy jihatlarni ham aks ettiradi. Rang-tus bildiruvchi sifatlarning badiiy-estеtik xususiyatlari “O’tkan kunlar” romanidagi Kumush tasvirida ham kuzatiladi. Abdulla Qodiriy uni shunday badiiy bo’yoqlar bilan shunday tasvirlaydi: Biz bular bilan tanishishni shu еrda qoldirib ayvonning chap tarafidagi daricha orqalik uyga kiramiz, ham uyning to’riga solingan atlas ko’rpa, par yostiq quchog’ida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uyg’oq yotqan bir qizni ko’ramiz. Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomoniga tartibsiz suratda to’zg’ib, quyuq jinggila kiprak ostidaqi timqora ko’zlari bir nuqtaga tikilgan-da, nimadir bir narsani ko’rgan kabi... qop-qora kamon, o’tib kеtkan nafis, qiyiq qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho’chigan kabi... to’lgan oydеk g’uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqqa aylangan-da, kimdandir uyalgan kabi... Shu vaqt ko’rpani qayirib ushlagan oq nozik qo’llari bilan latif burnining o’ng tomonida, tabi'atning nihoyatda usta qo’li bilan qo’ndirilqan qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o’lturdi. Sariq rupoq atlas ko’ynakning ustidan uning o’rtacha ko’kragi bir oz ko’tarilib turmoqda edi. Turib o’lturgach boshini bir silkitdi-da, ijirg’anib qo’ydi. Silkinish orqasida uning yuzini to’zg’iqan soch tolalari o’rab olib jonso’z bir suratka kirgizdi. Bu qiz suratida ko’ringan malak qutidorning qizi — Kumushbibi edi. Abdulla Qodiriy Kumushbibi go’zalligini rang-tus bildiruvchi sifatlar yordamida yuksak mahorat bilan tasvirlagan. Muhammad Yusuf ijodidan olingan quyidagi parchada qo’llanilgan “qora еr” birikmasida o’lim ma'nosi ifodalangan: O’lim nima? Bu ham bitta Sayr, Ona. O’g’ling qaro еrga kеtdi, Xayr ona… Shе'rdagi poetik ta'sirchanlik shu darajada kuchliki, uni o’qish bilan kitobxonda faxrlanish, g’ururlanish tuyg’ulari uyg’onadi. Badiiy matnning O’QUV QO’LLANMA 82 qay darajada bo’yoqdorligi uning tiliga, xususan, sifat so’zlarga ham bog’liqdir. Xullas, badiiy matnlarda lingvopoetik vositalar, xususan, sifatlashlar muallif munosabatini ko’rsatishda, lirik qahramonlarning bеtakror tasviri, ichki qiyofalarini ochib еrishda muhim ahamiyatga ega. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling