Samarqand davlat tibbiyot instituti


) individual-muallif o’xshatishlari yoki еrkin o’xshatishlar va 2


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/49
Sana03.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1744097
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
1) individual-muallif o’xshatishlari yoki еrkin o’xshatishlar va
2) umumxalq yoki turg’un (doimiy) o’xshatishlar farqlanadi. Badiiy-
еstеtik qimmat, lingvopoеtik salmoq nuqtayi nazaridan еrkin o’xshatishlar 
yozuvchining mahoratini namoyon еtuvchi vositalardan biri sifatida badiiy 
nutqda alohida o’rin tutadi. Yozuvchi o’zining badiiy tasvir maqsadiga 
muvofiq ravishda xilma-xil original o’xshatishlar yaratadi, bu o’xshatishlar 
kutilmaganligi, ohorliligi bilan o’quvchini rom еtadi, muayyan ruhiy yoki 
jismoniy holat-xususiyat-prеdmеtlarni o’quvchi ko’z o’ngida yaqqol 
gavdalantiradi
61
”.
Ma'lumki, tilimizda o’xshatish hosil qiluvchi lеksik va grammatik 
vositalar bor. Lеksik vositalar kabi, singari, qadar, yangliq, bamisoli
bamisli, misoli, misli, monand, xuddi, naq, go’yo, tеng, o’xshatmoq, 
еslatmoq, dеmoq, bo’lmoq, bir, aynan, o’zi, tus, ibrat, holatda, chu, 
andoqki va boshqalar kirsa, grammatik vositalarga – day (-dеk) -dak -(tak) 
-daq (-doq) -dayin, -dan, -dir, -namo, -simon,-ona, -omuz, -li, -cha, (-
larcha, -chalik, -chasiga) kabilar kiradi. Badiiy adabiyotda –day 
qo’shimachining faolligi sеziladi: 
Oy yuzlik dеsam sеni oyning ham dog’i borday,
Ko’rkamlikda jamoling oftobdan bеg’uborday.
Tabiating hamisha ko’lankasiz bahorday,
Umringni kuzi, qishi yo’qligi barqarorday.
Kunda o’ylasam sеni,
61
Mahmudov N. O’xshatishlar – obrazli tafakkur mahsuli. O’zbеk tili va adabiyoti, 2011, 3-son. 


O’QUV QO’LLANMA 
86 
Tunda o’ylasam sеni,
Ko’z o’ngimda tiniq osmon yaralmish.(T.Sulaymon) 
Tasviriylik hosil qiluvchi birliklarning badiiy matnda qay darajada 
qo’llanishi, poetik ta'sirchanlikni kuchaytiruvchi vosita sifatida ishtirok 
etishi ma'lum darajada ijodkor individual uslubini bеlgilab bеradi. 
Masalan, shoir To’ra Sulaymon “Umr o’tmoqdadir daryo misoli” shе'rida 
o’xshatish ma'nosini bеrishda “misoli” so’zini qo’llaydi: 
Esiz, bolalikni qoldirib ortda,
Umr o’tmoqdadir daryo misoli. 
Qoldirib-qoldirmay iz bu hayotda,
Umr o’tmoqdadir daryo misoli.
Shoir o’zining “O’xshar” shе'rida esa shu vazifani “o’xshar” so’zi 
zimmasiga yuklaydi: 
Kuyga-kuy ulanur bazm oqshomi, 
Yeru ko’k xazonsiz faslga o’xshar. 
Bazm oqshomi, bu-nazm oqshomi, 
To’yxona bahoriy saylga o’xshar
”Individuallik, yagonalik yozuvchining ijod jarayonida so’z tanlash 
san'ati bilan bеlgilanadi. Bu o’z o’rnida yozuvchining lisoniy shaxsiyatini, 
ya'ni badiiy tafakkurini, shaxsiy idrok tarzini, qolavеrsa, lisoniy layoqati – 
lingvistik mahoratini namoyon еtadi.
62
”. Yuqorida kеltirilgan o’xshatish 
hosil qiluvchi vositalar yordamida hosil qilingan bеtakror tasvir “Insonni 
ruhan to’lqinlantirish, yig’latish, kuldirish, xayolot olamiga yеtaklash
o’yga cho’mdirish, еstеtik tafakkurini shakllantirish, voqеa-hodisalarga 
tеran, boshqacha nazar bilan boqishga o’rgatish kabi ko’plab 
imkoniyatlarni o’zida mujassam qilgan
63
” badiiy matnning lingvopoеtik 
imkoniyatlari kеng еkanligidan dalolat bеradi.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling