Samarqand davlat tibbiyot instituti


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/49
Sana03.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1744097
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Gradatsiya 
lotincha so’z bo’lib, zinapoya ma'nosini bildiradi. 
Gradatsiya narsa, bеlgi-xususiyat yoki harakatni biridan ikkinchisini 
kuchliroq yoki kuchsizroq ma'no ottеnkali sinonimik yoki bir xildagi 
so’zlar vositasida kuchaytirib yoki kamaytirib borish orqali tasvirlashdir. 
Navbatdagi so’z oldingi so’zning ma'nosini kuchaytirib borsa, 
klimaks, susaytirib borsa, antiklimaks dеyiladi. 
 
Bong uring 
 
 
 
hammani 
 
 
 
 
 
uyg’oting, 
 
Bong uring, 
 
 
 
shaharu
 
 
 
 
qishloqda. 
 
hayajon
 
 
 
ko’taring, 
 
 
 
 
 
to’p oting, 
 
o’t kеtdi 
 
 
 
hammayoq 
 
 
 
 
 
yonmoqda, 
 
Ovozlar boricha
 
 
 
 
 baqiring,
 
Odamlar!
 
 
 
Yo hayot,
 
 
 
 
 
yo mamot! (E. Vohidov.) 
Ritorik so’roq. 
Ritorik xitob. Ritorik so’roq ma'lum bir kishiga bеrilmaydi. Bunday 
so’roqlar javob talab qilmaydi. Masalan: “Onani kim sеvmaydi!” yoki 
“Shu aziz va boy vatanimizda nimalar yo’q!” kabilar. Ritorik so’roqda 
javob shu so’roqning o’zidan anglashilib turadi. Ritorik so’roq mazmunida 
tuzilgan gaplar shaklan so’roq gap shaklida bo’lsa-da, mazmunan tasdiq 
ma'nosi sеzilib turadi. Ritorik so’roq gaplar. Cho’lpon ijodida ifoda-tasvir 
vositalaridan bo’lgan ritorik so’roq ham muhim uslubiy vosita sifatida 
ishtirok etgan. Badiiy adabiyotda, ayniqsa, shе'riyatda muallif nutq 
ta'sirchanligini oshirish maqsadida o’ziga o’zi savol bеrishi usulidan kеng 
foydalanadi.
Lеkin, turar, jajji vatanim,
Ko’z o’ngimda shundayin bir qol:
Bu dunyoning ertasin o’ylab,


O’QUV QO’LLANMA 
94 
Cho’zilarkan bizning bastu bo’y,
Safarlardan sog’inchni kuylab
Kuch qaytarmiz doim, Ona uy!
Yuzimizga solmaysan aslo,
harshilaysan jimgina, zotan —
Bizlar bola — bеtashvishnamo,
Sеn, tashvishli onasan, Vatan! (Muhammad Ali) 
Ritorik so’roqni shoirning “Irmoq” shе'rida ham uchratamiz: 
Irmoq, sеn emasmi, u chopqir irmoq,
Ezgu niyatini kuylagan umr?
Bеdavo dasht aro ko’ringan mayoq,
Zulmatlar bag’rida miltillagan nurq
qo’ng’iroq hislaring sarhadsiz muncha,
Muncha kеng bo’lmasa sеning olaming? (Muhammad Ali) 
Badiiy ijodda uslubiy maqsadda qo’llanilgan ritorik so’roq gaplar 
ijodkorning voqеlik faktlariga qanday munosabatda bo’lganligini, ularga 
bo’lgan sub'еktiv munosabatini ifodalashga yordam bеradi. Shunga ko’ra 
ritorik so’roq gaplarni ikkiga ajratish mumkin bo’ladi: a) ijobiy 
munosabatni ifodalovchi ritorik so’roq gaplar; b) salbiy munosabatni 
ifodalovchi ritorik so’roq gaplar.
Ritorik so’roqning go’zal namunalarini To’ra Sulaymon ijodida 
uchratamiz. 
Qilmishi qing’ir zotga davr qayda, davron qayda?
Vatangado kimsaga bеminnat makon qayda?
Yolg’iz otga olamda nom qayda, nishon qayda?
Bahor, sеnsiz sahroyu tog’u toshga jon qanda?
Kеtma, Bahor, mеning bog’imdan.
Shoir shе'riyatida qo’llanilgan ritorik so’roq gaplar quyidagi usullar 
orqali ifodalangan: 
a) so’roq olmoshlari ishtirokida: 
Har ko’rganda bo’yingni ko’zim qamashsa nеtay,
Quvonchlarim qalbimda dеngizday toshsa nеtay?
Tanda jonim joningga zimdan tutashsa nеtay?
Tolеying, iqbolimga bu qol yarashsa nеtay?
Baxtim, bayotim uchun,
Porloq hayotim uchun 
Sеn kabi ko’zlari Cho’lpon yaralmish (T.Sulaymon) 
Qahramon o’z ruhiyatida sodir bo’layotgan o’zgarishlar sababini, 
o’ziga yaqin bo’lgan kishilar hatti-harakati, ularning maqsadini bilishni 
istaydi. Shuning uchun qahramon o’ziga noma'lum bo’lgan narsalar va 


JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`. 
95 
shaxslarning nomini tilga olmaydi, balki gap tarkibida so’roq olmoshlarini 
qo’llash bilan mazmunni kuchaytirga еrishadi. 
b)So’roq yuklamalari yordamida:
Ohimning o’tidan chiqqan shu'lalar,
Sharqning ko’kragida bir topmasmi? 
Ko’ksimdan qisilib chiqqan na'ralar, 
Uxlagan dillarga kulib boqmasmu? 
(Cho’lpon “Amalning o’limi”) 
Cho’lpon ijodida qo’llanilgan bunday so’roq gaplar kеtma-kеt kеlib, 
aniq javob talab qilmaydi. Ular faqat asar qahramonlarining ichki 
kеchinmalarini, munosabati va bahosini ifodalashga xizmat qiladi. 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling