Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika fakulteti


Download 68.05 Kb.
bet4/4
Sana21.01.2023
Hajmi68.05 Kb.
#1106746
1   2   3   4
Bog'liq
Hayz sikli buzilishlari

3.Adipozogenital distrofiya – xomiladorlikdagi toksoplazmoz, yoshligida va jinsiy rivojlanish davridagi infekcion kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Bunda kuzatiladigan belgilar: semizlik, suyaklardagi nuqsonlar, jinsiy a"zolar gipoplaziyasi, amenoreya. 4.Laurens-Munn-Bidl sindromida yuqoridagi belgilar kuzatiladi, bundan tashqari, pakanalik va bir qancha rivojlanish nuqsonlari kuzatiladi. 5.Hende-Myuller-Krischen kasalligi – bu xam gipotalamo-gipofizning organik shikastlanishi tufayli yuzaga kelib, bunda pakanalik, jinsiy infantilizm, osteoporoz, qandsiz diabet, endooftal'moz belgilari kuzatiladi. Tuhumdon amenoreyasi asosan genetik o’zgarishlar bilan bog’liq va tuhumdon faoliyatining o’zgarishi tufayli yuzaga keladi. Gonadalar faoliyati buzilishining turlari: 1. Gonadalar disgeneziyasi. 2. Testikulyar feminizaciya. 3. Tuhumdonlar birlamchi gipofunkciyasi.

DAVOLASH Davolash asosan etiologik, ya"ni shu kasallikni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf qilishga qaratilgan bo’lishi kerak. Dam olishni to’g’ri yo’lga qo’yish, racional ovqatlanish, vaqtida dam olish, uhlash, jismoniy mashqlar qilish, iqlimni o’zgartirish ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, ionogal'vanizaciya, sedativ preparatlar, trankvilizatorlar, darmondorilar: A, E, S, V guruxidagi vitaminlar tayinlanadi. Jinsiy a"zolarning etishmovchiligi kuzatilsa, gormonal preparatlar. SHihan sindromi, Simmonds kasalligida o’rin bosuvchi vositalar: jinsiy steroidlar, tireoidin, glyukokortikoid, AKTG buyuriladi. Tuhumdon amenoreyasida ciklik gormonal terapiyadan foydalaniladi. Sil tufayli yuzaga kelgan amenoreya bo’lsa, specifik davolash usullari qo’llaniladi.  


Download 68.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling