Samarqand davlat universiteti 5210200 – Psixologiya (umumiy psixologiya) ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Sultonova Kamolaxon Orzuxon qizining “Shaxslardagi tajovuzkorlikning psixologik asoslari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar


Download 8.42 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi8.42 Kb.
#1506197
Bog'liq
Rahbar xulosasi-Tovbayeva


Samarqand davlat universiteti 5210200 – Psixologiya (umumiy psixologiya) ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Sultonova Kamolaxon Orzuxon qizining “Shaxslardagi tajovuzkorlikning psixologik asoslari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar


XULOSASI

Shaxsni ko’plab stresslarga, salbiy his-tuyg’ularga duchor bo’lishi, shaxs psixologiyasida chuqur o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi eng dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Aytish joizki, tajovuzkorliklarning aksariyati aynan jismoniy kuch ishlatish orqali amalga oshiriladi. psixologiya sohasida xam tajovuzkorlik xissi, uning mexanizmlari, shakllari va inson hayotiga qanday ta’sir ko’rsatadi, aholining turmush darajasini oshirishning asosiy omillaridan biri bu jamiyatdagi inson xavfsizligi hisoblanadi, shu kabi masalalari dolzarb ahamiyatga ega.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining <>gi PQ-3827-sonli 2018 yil 2 iyuldagi qabul qilingan Qarori, 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertasiya muayyan darajada xizmat qiladi.
K. Sultonovaning bitiruv ishi dolzarb mavzuga bag’ishlangan bo’lib, mazkur ish kirish, ikki bob,besh paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iboratdir.
Tadqiqot ishining birinchi bobi “Shaxsdagi tajovuzorlik xususiyatlarini nazariy asoslari” deb nomlanib, unda shaxs tajovuzkor holati borasidagi ilmiy qarashlarning rivojlanish bosqichlari, agressiya - shaxsda tajovuzkor va qasoskor xulqni shakllantiruvchi omillari batafsil yoritib berilgan.
Ishining ikkinchi bobi «Tajovuzkor xolatdagi shaxs diagnostikasi va korreksion ta’sir etish usullari»ga bag’ishlangan bo’lib, unda shaxs tajovuzkorlik holatini psixodiagnostika qilish va unga maslaxat berish, koreksion ishlarni tashkil etish yo’llari tahlil qilingan.
Bitiruv malakaviy ishida hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lgan shaxs tajovuzkorligini psixologik asoslari ko’rib chiqilgan. Mazkur bitiruv ishi ravon tilda yozilgan, ammo ayrim juz’iy kamchiliklardan xoli emas, biroq bu kamchiliklar ishning umumiy mazmuniga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi, ishni tugallangan deb hisoblash mumkin.
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan kelib chiqib K.Sultonovaning ishi YaDA talablariga javob beradi, ishni himoyaga tavsiya etaman.


Ilmiy rahbar katta o’qit.M.Tovbayeva

Download 8.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling