Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
1-variant
Olamning buyukligi faqat uning cheksizligida emas, balki cheksiz rang- baranglikda, deydilar allomalar. Darhaqiqat, ana shu cheksiz rang-baranglikda borliqning butun jozibasi yashirinadi-yu, sir-u sinoati, serqiqqaligi, murakkabligi va betakrorligi mujassamlanadi ( «Vatan tuyg‗usi» kitobidan). 2-variant Inson esa olamaro olamdir, uning idroki, tafakkur kuchi va tuyg‗ularining jo`shqinligi oldida tashqi olam rangsiz va bemajoldir. Darvoqe, inson yaralibdiki, hamisha olamni anglashga, dunyoning turfa xil mo`jizalarini bilishga intiladi ( «Vatan tuyg‗usi» kitobidan) 3-variant 295 Insonning barcha sevinch-u shodliklari, qayg‗u-iztiroblari, turmush tashvishlarini qamrab olgan ichki dunyosi tashqi olam bilan chambarchas bog‗liqdir ( «Vatan tuyg‗usi» kitobidan). 4-variant Kambag‗al bo`yoqchi oilasida oltinchi farzand bo`lib tug‗ilgan Anvar bolaligidan og‗ir turmush girdobiga tushadi. Uch yoshida otasidan, yetti yoshida onasidan ajraladi. Opasi Nodiraning urinishlari bilan Solih Mahdum maktabida tahsil ko`ra boshlaydi (A.Qodiriy, «Mehrobdan chayon»). 5-variant O`n ikki yoshga yetganda, Nodiraning xonadonida yashash ham og‗irlashib, u mahdumga farzandlikka beriladi (A.Qodiriy, «Mehrobdan chayon»). …Bechora qizning yuragi yaproqdek qaltirardi, chunki u bu ishi bilan otasining ra`yiga qarshi borgan va shu harakati bilan otasini qo`rqitishni istardi. Biroq shu bilan birga, onasining ham ra`yiga qarshi borgan edi (M.Kozimiy, «Qo`rqinchli tehron»). 6-variant Maktabdosh do`sti Nasim tufayli uning saroyda amaldor bo`lib ishlaydigan otasi bilan yaqinlashadi va bu odam Anvarni saroyga mirza sifatida ishga oladi. Qobiliyati va teran aqli tufayli Anvar mirzaboshilik martabasiga erishdi (A.Qodiriy, «Mehrobdan chayon»). Navro`z - Sharq mamlakatlarining umumxalq bayrami. "Navro`z" forscha so`z bo`lib, "yangi kun" degan ma`noni anglatadi. 21mart - kecha va kunduz tenglashadigan kun... (H.Mahkamov. Axloq - odob saboqlari). 7-variant Lafz halollik, o`tkirlik, mardlik, mehr-muruvvatlilik kabi xislatlarni ko`rsatuvchi jarayondir. O`z lafzida turish xalqimizning urf-odatlaridandir. Lafz egasi bo`lgan kishida insoniylik kuchli bo`ladi. U axloq-odobli bo`lib, yaxshilik sari yetaklaydi (H.Mahkamov. Axloq - odob saboqlari). 8-variant Yaxshilar va`da beradi va uni sharaf bilan bajaradi. Lafzida turmaydigan, va‗dasini bajarmaydigan kimsalarga nisbatan lafzi yo`q, chin so`zli, ahdida turadigan, va‘dasining ustidan chiqadiganlar uchun lafzi halol iborasi qo`llaniladi (H.Mahkamov. Axloq - odob saboqlari). 9-variant An`analar,urf-odatlar,rasm-rusumlar insoniyat taraqqiyotida muhim o`rin tutadi. Ular hayotiy zarurat tufayli paydo bo`lgan va xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ma`naviy dunyosi, orzu istaklarini ifoda etib, jamiyatning ma`naviy-axloqiy rivojlanishiga katta ta`sir qiladi (H.Mahkamov. Axloq-odob saboqlari). 10-variant Do`stlik— islom dinining xalqlar o`rtasida tinchlik, do`stlik va o`zaro hamkorlik munosabatlarini o`rnatish haqidagi o`zining mislsiz hayotiyligi bilan kishi qalbidan chuqur joy oladi. «Qur‗on» va Hadisi shariflarda ham do`stlik munosabati birinchi darajali ahamiyatga molik masala hisoblangan...(H.Mahkamov. Axloq-odob saboqlari) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling