Ot - borliq yoki uning parchasini predmet sifatida atovchi, kim? nima? qayer?
so‘roqlariga javob bo‘lib, mavjudot, narsa, joy, voqea, jarayonni atovchi leksik birlik.
Atoqli ot - Bir xil predmet yoki hodisaning birini ajratib ko‘rsatishga xizmat
qiladigan ikkilamchi nom. Masalan: bola bir turdagi predmet (shaxs) ning umumiy va
birlamchi nomi. Sherzod ana shu bir xil predmet (shaxs) dan birini ajratib ko‘rsatish
uchun xizmat qiladigan va bola atamasidan keyin qo‘yilgan ikkilamchi nom
Turdosh ot - Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomini bildiruvchi ot. Ular
ot turkumiga kirgan so‘zlarning asosiy qismini tashkil etadi: tog‟,
Muayyan ot - Sezgi a‘zolari bilan sezish mumkin bo‘lgan predmetni atovchi
ot. Masalan: daftar, odam, kumush qishloq, bozor.
Mavhum ot Turli narsalarda mavjud bo‘lgan bir xil yoki o‘xshash sifatni bir
alohidalik tarzida ifoda etadi. Ular ko‘plik son shaklida kelmaydi. Masalan: sevgi,
ishq, do‟stlik.
Son- Mustaqil ma‘noli tobe so‘zlardan iborat bo‘lib, predmetning miqdorini va
tartibini ko‘rsatadi, Qancha ? necha? nechanchi? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Son
otga bog‘lanib, uning sanog‘ini, miqdorini, miqdorga bog‘liq tartibini, darajasini va
otga bog‘lanmagan holda mavhum miqdor tushunchasining nomini bildiradi.
Tartib son LMGsi- Tartib son predmetning aniq tartibini, ketma-ketlikdagi
o‘rnini bildirish, shuningdek, boshqasidan farqini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Tartib
son sanoq songa [-(i)ncki] affiksining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Miqdor son LMTsi- Miqdor son predmetni sanash, donalash, taqsimlab yoki
taxminlab ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Uning quyidagi LMGlari ajratiladi: «sanoq
son» LMG, «dona son» LMG, «chama son» LMG, «jamlovchi son» LMG, «taqsim
son» LMG.
Do'stlaringiz bilan baham: |