Egalik kategoriyasi va sifat- Sifat turkumi EK UGMsini «keyingi sifatni
oldingi so‘zga bog‘lash va mansublik, xoslik ma'nosini ifodalash» tarzida
xususiylashtiradi. Matn va birikuvchi so‘zning semantikasiga bog‘liq ravishda turli-
tuman grammatik ma'no ifodalanishi mumkin. Lekin «keyingi sifatni oldingi
so‘zga
bog‘lash» kategorial ta'po xususiylashmasi sifatida o‘zgarmay qolaveradi.
Kesimlik kategoriyasi va sifat - Kesimlik kategoriyasi sifat turkumida ham o‘z
mohiyatini cheklangan darajada namoyon qilib, ikki ko‘rinishga ega bo‘ladi.
hozirgi zamon ko‘rinishi;
o‘tgan va kelasi zamon ko‘rinishi.
Ko‘p hollarda sifat turkumida kesimlik kategoriyasi bog‘lama vositasida yuzaga
chiqadi.
Bog‟lama- kesimlik kategoriyasini sifat va boshqa kesimlik vazifasiga unchalik
moslashmagan so‘zda yuzaga chiqaruvchi vosita. To‘liqsiz fe'l, [bo‟l\, [hisoblanmoq],
[sanalmoq], [deyilmoq] kabi mustaqil fe'l sifatda ham bog‘lama vazifasini bajaradi.
Ravish- Harakat va holatning belgisini bildirgan so`zlar. Ravish qanday?
qachon? qayerda? qayerdan? qayerga? qancha? nega? qay darajada? kabi
so`roqlarga javob bo`ladi/ravish ko`pincha felga bog`lanib, ish harakatning qay
holatda bajarilishini paytini o`rnini daraja miqdorini sababini, maqsadini bildiradi.
Fe‟l – predmetning harakatini va jarayon tarzidagi b holatini bildirgan mustaqil
so‘z turkumi.
Mustaqil fe‟l – harakat va holat ma‘noisini mustaqil ravishda bildiradi, fe‘lga
xos barcha Grammatik xususiy otlarni oladi.: o‘qidi.
Nomustaqil fe‟l – mustaqil fe‘llarga birikib xilma-xil ma‘no anglatgan formalar
hosil qiladi: o‘qib chiqdi.
O‟timli fe‟l – tushum kelishigidagi so‘zni boshqarib keladi, biror predmetga
o‘tgan harakatni predmetga qaratilgan va unda biror o‘zgarish yuzaga keltiradigan
harakat bava holatni bildiradi.:
O‟timsiz fe‟l – Tushum kelishigidagi so‘zni boshqarib kela olmaydi, odatda,
boshqa narsaga o‘tmagan, bajaruvchining o‘zida qolgan harakatni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |