302
GAPNI AKTUAL BO „LAKLARGA BO'LISH — gapning aniq ma'noni
ifodalashga ko'ra bo'laklarga bo'lish.
MATN – lisoniy va nolisoniy birliklarning strukturaviy, ma‘noviy va
pragmatik munosabatlar asosida o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladigan
tugal nutqiy
tuzilma.
MATN SEGMENTI - muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan
va muayyan
strukturaviy belgilarga ega bo‘lgan hamda ma‘lum vazifalar ijrosi uchun
mo‘ljallangan birlik.
MATN TUZILISHI – murakkab lisoniy kognitiv jarayon va bu jarayon til
tizimining turli pog‘onalariga xos birliklar, lisoniy va nolisoniy hodisalarning o‘zaro
munosabati asosida yuzaga keladi.
KOGEZIYA – matn bo‘laklarining grammatik, leksik, ritmik, grafik vositalar
yordamida birikishi.
KOGERENTLIK – matn qismlarining semantik-mantiqiy
munosabatlar
(sabab-oqibat, referentativ, zamon-makon) negizida bog‘lanishi.
INTENSIONALLIK – matn strukturaviy va ma‘noviy yaxlitligining
kommunikativ maqsad bilan bog‘liqligi.
ADRESATLIK – axborotni uni qabul
qiluvchining ijtimoiy mavqyei, ruhiy
holati kabi xususiyatlarini inobatga olgan holda uzatish (boshqacha aytganda –
resipiyent tanlovi).
Do'stlaringiz bilan baham: