Samarqand davlat universiteti amaliy psixologiya
Ta’lim muassasalari rahbarlariga qo‘yiladigan asosiy talablar
Download 1.61 Mb.
|
Tayyor kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompetensiya tushunchasi
- Kompetensiyaga ta’rif
Ta’lim muassasalari rahbarlariga qo‘yiladigan asosiy talablar
mehribonlik, insonparvarlik, shaxsni hurmat qilish; Har bir pedagog xodimga uning xarakteri, imkoniyatlari va ehtiyojidan kelib chiqib vazifa berish; jamoa ishonchiga kirish, aytilgan fikr, taklif, qabul qilingan qarorning o‘z vaqtida bajarili-shiga erishish; pedagogik jamoa, ta’lim oldida turgan vazifalar, maqsadlar, istiqbolni aniq belgilash; odamlar bilan o‘zaro samimiy munosabat o‘rnatish, muloqotga kirishish, jamoani ishontira bilish; yordam berish, xodimlar kayfiyatini ko‘tarish, ixtiyoriymajburiy o‘z orqasidan ergashtirish; har bir ishning muqobil variant-larini e’tiborga olish va amalga oshirish; mantiqli, qisqa, lo‘nda, obrazli fikrlay bilish, fikrni qiyomiga yetkazish, o‘z so‘zamolligi bilan suhbatdoshi (yoki jamoa) qalbiga kirish kabilar rahbarda mujassam bo‘lmog‘i kerak; fidoyilik, mas’uliyatlilik, poklik, qat’iyatlilik, jur’atlilik, jamoasi manfaati yo‘lida jonkuyarlik ko‘rsatish; mehnat-sevarlik, adolatlilik, o‘ziga va o‘zgalarga talabchanlik ko‘rsatib, barchaga namuna bo‘lishi; pedagoglarga ko‘proq erkinlik va mustaqillik berishi, ularning har bir qadamini nazorat qilishdan saqlanishi; yangiliklarni joriy qilayotganda yo‘l qo‘ygan xatolarini kechirishi, ularni o‘zlari to‘g‘rilashi uchun vaqt va imkoniyat berishi; pedagog xodimlarga sust, shijoatsiz, mujmal topshiriqlar bermaslik. Kompetensiya tushunchasi «kompetentlik» va «kompetensiya» tushunchalari 1960 yillarning oxiri 1970 yillarning boshlaridan boshlab oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi nazariyasi va amaliyotiga kirib keldi. Yevropa Kengashi dasturi bo‘yicha Bern shahrida bo‘lib o‘tgan simpoziumda (1996 yil) «kompetensiya» tushunchasi «o‘quv», «kompetentlik», «qobiliyat», «mahorat» singari tushunchalar qatoriga kiritilganligi ta’kidlandi. Kompetensiyaga ta’rif Kompetensiya (lot.Competo erishyapman, munosibman, loyiqman) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba degan ma’nolarni anglatadi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling