Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


 Jamoa psixologik muhiti va uning kadrlar turg‘unligiga ta’siri


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

4. Jamoa psixologik muhiti va uning kadrlar turg‘unligiga ta’siri 
Korxonada ishchilar salomatiga, mehnat samarasiga, ishlab 
chiqarish madaniyati va kadrlar samarasiga sezilarli ta’sir kо‘rsatuvchi 
omillardan biri mehnat jamoasida mavjud ruhiy muhitdir. 
Sanoatning bir qancha tarmoqlaridagi amaliy izlanishlarning 
kо‘rsatishicha, diqqatli bо‘lgan holda bir-biri bilan aloqada bо‘luvchi 
ishlab chiqarish jamoalarida dо‘stona yordam va qо‘llab-quvvatlash, 
о‘z-о‘zini tutish, jamoa jisplashuvi me’yor bо‘lib qolganligi holda 
bunday jamoa natijalarining doimo ijobiyligi, braklarning yо‘qligi va 
kadrlar turg‘unligi yuqori ekanligidan dalolat beradi. 
Mehnat jamoasidagi psixologik iqlimning holatiga ta’sir etuvchi 
asosiy obyektiv omillar quyidagilar: 
- ishlab chiqarish muhitining material xom ashyo omili (ish 
qurollari, sanitar-gigiyenik holat); 
- tashkiliy omillar; 
- ijtimoiy-iqtisodiy omillar; 
- ijtimoiy-psixologik omillar; 
- ruhiy omillar. 
Jamoadagi psixologik iqlimni о‘rganishda ijtimoiy sо‘rov, 
kuzatishlar va boshqa usullardan foydalaniladi. Psixologik iqlim 
hozircha о‘lchov birliklariga ega emas va unga norma hamda 
standartlar mavjud emas. 
Korxona psixologik muhitining kadrlar turg‘unligiga ta’sirini 
aniqlashda asosan hujjatlar tahlili usuli ishlatiladi. 


185 
Ijtimoiy izlanishlar yordamida jamoadagi psixologik iqlim va 
uning kadrlari orasida bevosita bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan. 
Shuning uchun psixologik iqlim holatini tahlil qilishda kadrlarning 
brigada, uchastka va umuman korxonada bir necha yillik turg‘unlik 
kо‘rsatkichlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bir necha yilga 
turg‘unlik kо‘rsatkichlari uchun ma’lumotlar kadrlar bо‘limi yoki 
jamoaning ijtimoiy rivojlanish rejalarida mavjud. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling