Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


 Kadrlar qо‘nimsizligi va kadrlarning ichki harakati


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

2. Kadrlar qо‘nimsizligi va kadrlarning ichki harakati 
Korxonada mehnatning noqulay sharoitlari kadrlar qо‘nim-
sizligining asosiy sabablaridan biri bо‘lib hisoblanadi. О‘zbekiston 
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 
ma’lumotlariga kо‘ra, sanoatda kadrlar qо‘nimsizligining noqulay 
sharoitlari tufayli bu kо‘rsatkich 20%ni tashkil qiladi. Noqulay sha-
roitdan tashqari og‘ir jismoniy mehnat sababli 9%, smenali ish tufayli 
2,8%, zerikarlilik, bir maromdalik va monoton ish sababli 1,0%, 
sanitar-gigiyenik ahvolning yomonligi sabali 5%, kabi kо‘rsatkichlar 
kadrlar qо‘nimsizligining asosiy sabablarini keltirib chiqarar ekan. 
Mehnat sharoitlarining salbiy kо‘rsatkichlarini tavsiflovchi omillardan 
biri sog‘liq yomonlashganligi sababli ishdan bо‘shaganlar miqdori 
о‘rtacha hisobda 7,5%ni tashkil etadi. Kadrlar qо‘nimsizligi 
kо‘rsatkichlari noqulay mehnat sharoiti bilan belgilanadi va 9,8 - 


181 
14,5% atrofida korxona va tarmoqlar bо‘yicha tebranib turadi. Kadrlar 
qо‘nimsizligining tebranishi og‘ir qо‘l mehnati bilan band bо‘lgan 
ishchilar orasida ham kuzatiladi. 
Ishchi kadrlar qо‘nimsizligining sabablarini tekshirish shuni 
kо‘rsatadiki, sanoatning kо‘p tarmoqlarida, juda kо‘p ish о‘rinlari 
yaxshilanishiga qaramasdan yomon tashkil qilingan ish о‘rinlari va 
qoniqarsiz mehnat sharoiti tufayli bо‘shayotganlar hajmi о‘sib 
bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ishchilarning kundalik 
talablari о‘sib borishidir. Bunga ayniqsa yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy va 
ishlab chiqarish sharoitlariga yangicha talablar qо‘ymoqdalar. 
Kadrlar oqimini tahlil qilishda, ishdan bо‘shayotgan xodimlar-
ning 
anketa 
sо‘rovlari 
va 
shaxsiy 
suhbatlardan 
olingan 
ma’lumotlardan foydalaniladi. 
Tahlil amaliyotida kо‘pincha yomon mehnat sharoiti bilan 
kadrlar oqimi harakati hajmini ish vaqtiga nisbatan baholash kerak. 
Shu sababli yо‘qotiladigan ish vaqti о‘lchovi (y) quyidagi formula 
bilan hisoblanadi: 
Y = S x Yb x 0,5 (16.2) 
bu yerda 
S – yomon mehnat sharoitlari tufayli о‘z xohishiga binoan 
bо‘shaganlar soni;
Yb – bitta bо‘shash hisobiga yо‘qotilgan ish vaqti, kun; 
0,5 – tadbirlar yil davomida bir tekis о‘tkazilishini kо‘rsatuvchi 
koeffitsiyent. 
Korxonalarda kadrlarning ichki ishlab chiqarish migratsiyasi 
alohida о‘rin egallaydi, chunki u ishchilarning tsexlarda yomon 
mehnat sharoitlari ish joylaridan normal sharoitli joylarga о‘tish 
(mutaxassisligini о‘zgartirmagan holda), shuningdek, asosiy ish 
joylaridan yordamchi tsexlarga о‘tishi va h.k.da aks etadi. Shuni 
alohida ta’kidlash kerakki, korxona ichidagi migrasiya unchalik zararli 
hisoblanmaydi, chunki ishchilarning о‘rtacha soni kamaymaydi. 
Biroq, u korxonaning ba’zi uchastkalariga sezilarli ziyon yetkazadi. 
Ishchilarning ichki ishlab chiqarish migratsiyasi tufayli 
kо‘riladigan iqtisodiy zarar (Mi) quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
Mi = I x Mk x S (16.3.) 


182 
bu yerda 
I – ishchining boshqa joyga о‘tishi sababli ish joyining bо‘sh 
qolgan kunlari soni; 
Mk – itta ishchining о‘rtacha bir kunlik mahsulot ishlab chiqarishi, s; 
S – yomon sharoitlar tufayli ish joyini о‘zgartirgan ishchilar soni. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling