Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaqin ikki yilda barcha qishloq va mahallalar tezkor internet bilan ta’minlanadi. Ikki oy muddat ichida «Raqamli O‘zbekiston-2030»
UDK: 336.1: 336.2 BBK: 65.240ya73 Mas’ul muharrir: Maxkamov B.Sh. – i.f.d, professor. Taqrizchilar: Sh.S.Sharipov - i.f.n, dotsent; D.Usmonova - i.f.n, dotsent. Samarqand davlat universiteti Kengashining 2020-yil 28-yanvardagi 6-son qaroriga asosan nashrga tavsiya etildi. ISBN 978–9943–6282–1–2 © B.Sh.Safarov, 2020; © «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 3 KIRISH О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasining 2019-yilning asosiy yakunlari va 2020-yilda О‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasida 2020-yilni “Ilm- ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlashni taklif etdi va parlamentariylar buni ma’qulladi. Prezident 2019-yili o‘tkazilgan parlament saylovini eslab, saylov jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha alohida masalalarni ma’lum qildi. Ta’lim yo‘nalishida ham vazifalar belgilanib olindi. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni bog‘cha- larga qamrab olish ko‘rsatkichini 60 foizga yetkazish rejalashtirildi. Shavkat Mirziyoyevning ta’kid-lashicha, hukumat 1-aprelga qadar propiska tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqishi lozim. Shuningdek, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta’lim, arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish ishlari boshlanadi. Yaqin ikki yilda barcha qishloq va mahallalar tezkor internet bilan ta’minlanadi. Ikki oy muddat ichida «Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturi ishlab chiqilishi kerak. Ishlarni tizimli tashkil etish uchun hukumatda bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi 1 . Bozor munosabatlari sharoitida xususiy mulkchilik, erkin raqo- bat va tadbirkorlik elementlari ustuvor darajada turadi va ular bozorda ishtirok etuvchi subektlarni bozorning asosiy qonunlaridan biri bо‘lgan talab va taklif qonuniga bо‘ysunishga majbur qiladi. Chunki bozor sharoitida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish, moliyaviy, axborot resurslari chegaralangan sharoitlarda optimal qaror qabul qilishi lozim. Shu munosabat bilan respublikada olib borilayotgan tub iqtisodiy islohotlar bozor qonunlariga javob beruvchi, samarali faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarni tashkil etish, qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan. 1 О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasi // “Xalq sо‘zi” gazetasi. 24-yanvar 2020-yil. 4 О‘zbekistonda olib borilayotgan hozirgi iqtisodiy islohotlar korxona va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish, bu orqali ularda mehnat kо‘rsatkichlarini yaxshilash hamda ulardagi iqtisodiy munosabatlarni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida turli mulk- chilik shaklida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar faoliyatini о‘rganish, tahlil natijalari asosida bu kо‘rsatkichlarni yaxshilash yо‘llarini belgilash iqtisodiy tadqiqotlar olib borishni talab qiluvchi muammolar hisoblanadi. Shuning uchun korxona va tashkilotlarda mehnat kо‘rsatkichlari bо‘yicha iqtisodiy tahlillarni о‘tkazish usullari, uning asosiy yо‘nalishlarini aniqlash muhim nazariy va amaliy muammodir. Iqtisodiy tahlil va prognozlash tashkilot va uning bо‘linmalari rivojlanishi yо‘nalishlari imkoniyatlarini oldindan aniqlashga yordam berib, bir qancha vazifalarni bajaradi, ya’ni: о‘tmish va kelajakdagi muhim iqtisodiy holatlarni о‘zgarish tendensiyalarini aniqlash; aniq- langan qonuniyatlarni kelajakda qо‘llash imkoniyatlarini baholash; yaqin va uzoq kelajakda iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarini oldindan kо‘ra bilish; kelajakda rivojlanishning yang yaxshi strategiyalarini asoslash. Tahlillar va prognozlar natijalari korxona va tashkilotlarning rivojlanish strategiyalarini belgilash uchun variantlarni tanlashda foydalaniladi. Har qanday korxona va tashkilotning samarali faoliyat kо‘rstishi xoh u davlat tashkiloti yoki muassasasi, xoh hususiy tijorat firmasi bо‘lsin texnik iqtisodiy salohiyatni aniq baholash, korxona kadrlaridan yanada samaraliroq foydalanish, mehnatni tashkil qilish, mehnat sharoitlari va jamoadagi ijtimoiy mehnat munosabatlarini yaxshilashning mavjud imkoniyatlarini aniqlash uchun mehnat kо‘rsatkichlarini tahlil qilishi zarur. Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida moliyaviy, iqtisodiy va moddiy resurslardan samarali foydalanish bilan birga albatta kadrlar rolini ham oshirib borish zarur. Buning uchun tadbirkor rahbarlar kadrlar tashkilotning asosiy qadriyati ekanligini uni boshqarish jarayonida tan olishi lozim. Biroq shunga qaramasdan ayrim tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan kadrlarni qanday sharitlarda ishlayotganligini о‘rganishga kam e’tibor berilishi kuzatiladi. Odatda korxona faoliyatining muvaffaqiyati 5 indikatori bо‘lib iqtisodiy mezonlar, barqarorlik xizmat qiladi. Biroq о‘ziga xos kо‘rsatkichlar ham mavjud bо‘lib, bu kо‘rsatkichlarsiz korxona faoliyati muvaffaqiyatli bо‘la olmaydi. Bular: tuzilmaviy bо‘linmalar va alohida ishchilar faoliyatining natijadorligi; kadrlar- ning shu korxonadagi о‘z mehnatidan, sharoitlardan qoniqishi; kadrlar qо‘nimsizligi; mehnat intizomiga rioya qilish; munosabatlarning har bir darajasida ihtiloflarning mavjud bо‘lishi; jamoadagi ijtimoiy- psixologik muhitning xarakteri va h.k.lardir. О‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifika- tsiyalash sharoitida boshqaruvning murakkab jarayonlarini mikroda- rajaga olib tushish shakllanayotgan boshqaruv tizimini tashkil qilishdagi barcha elementlarni mos holga keltirishni talab qiladi. Shuning uchun tashkilot faoliyatini baholashning yangi usul va shakllarini, shu jumladan, mehnat munosabatlari va kо‘rsatkichlarini tahlil qilish yangi usullarini ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bо‘lmoqda. Tashkilot faoliyatini tashqi baholash usullaridan biri, xususan, mehnat kо‘rsatkichlari tahlili – auditorlik faoliyatining yangi yо‘na- lishi – mehnat sohasi nazoratini shakllantirishdir. Hozirgi paytda nazorat tashkilotning faqatgina moliyaviy sohasini о‘rganishda qо‘llaniladi. Mehnat faoliyatining alohida sohalari – mehnat normalari, ish joylarini tashkil etish, mehnat muhofazasi, kadrlarni boshqarish va h.k.lar bо‘yicha tekshirish mehnat sohasidagi vaziyatni minimal darajada nazorat qilish imkonini beradi. Vatanimiz korxona va tashkilotlarida bunday tekshiruvlar rasmiy ravishda о‘tkaziladi (ba’zan esa umuman о‘tkazilmaydi), ayniqsa, xususiy firmalarda. Barcha nazoratlar alohida mustaqil amalga oshiriladi, о‘zaro bog‘liq emas, kadrlar auditii amalga oshirilmaydi, shuning uchun ularni о‘tkazishning samarasi, tashkilot faoliyatiga ta’siri haqidagi ma’lumotlar mavjud emas. Huquqiy baza ishlab chiqilmagan va shu sohadagi mutaxassislarning tayyorlanmasligi ham shu sohada tekshirishni о‘tkazish metodikasini ishlab chiqish imkonini bermagan. Shu sababli u yoki bu kо‘rsatkichni о‘rganish о‘rganilayotgan obyekt haqida bir yoqlama tasavvurni beradi. Boshqacha qilib aytganda, kо‘rsatkichlarni bir biri bilan bog‘liq holda о‘rganish, ularning о‘zaro ta’sir doiralarini aniqlash, ya’ni kompleks tahlilni о‘tkazish zarur. Auditorlik tekshiruvlari natijasida mehnat jarayonlarini tashkil qilish, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini shakllantirish (misol uchun 6 ichki tartib qoidalar, lavozim yо‘riqnomalari va b.) bо‘yicha standartlarni о‘rnatish, о‘zgartirish va takomillashtirish yо‘na- lishlarini aniqlash mumkin. Kadrlar auditi tashkilot mehnat salohiyatidan tо‘liq foydala- nialyotganligi, istiqbolli xodimlarni lavozimda kо‘tarish mumkinligi, mehnat sharoitlari qonunchilik talablariga mosligi haqidagi tasav- vurlarni beradi. Shunday qilib, kadrlar auditi bu – iqtisodiy subyekt- larning mehnat munosabatlari va mehnat sohasini idoraviy tekshiruv- lardan mustaqil ravishda tekshirish bо‘yicha tadbirkorlik faoliyatidir. Uning assosiy maqsadi – iqtisodiy subyektlarning mehnat munosabatlari va mehnat sohasidagi faoliyatini baholash bо‘lib, tashkilotda mehnat faoliyatini tashkil qilish bо‘yicha qо‘llanilayotgan shakl va usullarning Respublikada qо‘llanilayot- gan qonunlar va me’yoriy hujjatlarga mosligini belgilash, olingan natijalar asosida mehnat faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish bо‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling