Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

 
3.4-jadval 
Kadrlar auditiga nisbatan tadqiqiy yondashuvlar 
 
Qiyosiy 
yondashuv 
Nazoratorlar jamoasi taqqoslash yо‘li bilan yetarlicha 
bajarilmagan sohalarni ochib berish uchun firmani 
boshqa firma bilan taqqoslaydi. Bunday yondashuv 
odatda 
kadrlarni 
boshqarish 
xizmati 
muayyan 
harakatlarining natijalarini yoki muayyan dasturlarni 
taqqoslash uchun qо‘llaniladi. U zarur takomillash-
tirish sohasini aniqlashga yordam beradi 
Tashqi 
ekspertlarni jalb 
qilish 
Nazoratorlar jamoasi maslahatchining ekspertizasiga 
yoki 
kadrlarni 
boshqarish 
xizmati 
muayyan 
harakatlarining natijalarini yoki muayyan dasturlarni 
baholash uchun qо‘llaniladigan standart sifatida e’lon 
qilingan natijalarga ishonadi.
Statistik 
yondashuv
Mavjud hisobotlar materiallari asosida nazoratorlar 
jamoasi statistik standartlarni shakllantiradi. Ular 
yordamida kadrlarni boshqarish sohasidagi dasturning 
ta’sirlari baholanishi mumkin. Bunday matematik 
standartlar yordamida jamoa hatolarni ochib berishi 
mumkin 
Muvofiqlik 
yondashuvi 
Kadrlarni boshqarish axborot tizimining qismlarini 
tanlashni amalga oshirayotib nazoratorlar jamoasi 
kompaniya kadrlar auditi yoki tartib-taomillarning 
qonunchilik normalaridan chetga chiqishini qidiradi.
Mazkur usul bilan brigada kompaniya auditi bilan 
huquqiy 
kо‘rsatmalar 
о‘rtasida 
muvofiqlik 
mavjudligini aniqlashi mumkin 
MVO-
yondashuv 
Tashkilotda kadrlarni boshqarish sohasida maqsadlar 
bо‘yicha boshqarish - management-by-objectives 
(MVO) usuli qо‘llanilganda nazoratorlar jamoasi 
amaldagi natijalarni bildirilgan maqsadlar bilan 
taqqoslashi mumkin. Yetarlicha bajarilmagan sohalar 
aniqlanishi va qayd etilishi mumkin


37 
Kadrlarni boshqarish xizmati muqobil tarzda tashqi maslahatchi-
ekspertlarni taklif etishi mumkin. Maslahatchi tomonidan taklif etilgan 
yoki chop etilgan tadqiqot standartlari nazoratorlar jamoasi uchun baza 
bо‘lib xizmat qiladi. Masalan, maslahatchi kadrlarni boshqarish tizimi 
byudjeti yalpi sotuv hajmining 0,75 foizini tashkil qiladi, deb kо‘rsatishi 
mumkin. Bu son u holda kadrlarni boshqarish xizmatining umumiy 
byudjetini baholashda «kо‘rsatuvchi ustun» bо‘lib xizmat qiladi. Hozirgi 
vaqtda tashqi taqqoslash kadrlar harakatlarini va xizmatlarini 
baholashdagi eng ommaviy yondashuvlardan biri hisoblanadi. 
Uchinchi yondashuv kompaniyadagi mavjud axborot tizimiga 
asoslangan holda ijroni baholashning statistik usullarini rivojlan-
tirishdan iborat. Masalan, kompaniyaning hisobotlarini о‘rganish 
absenteizm va kadrlar qо‘nimsizligi kо‘rsatkichlarini aniqlash 
imkonini beradi. 
Ushbu ma’lumotlar kadrlarni boshqarish menejerlari va liniya 
menejerlari mazkur jarayonlarni qanchalik yaxshi boshqarishini 
kо‘rsatib turibdi. Bunday statistik yondashuv odatda boshqa 
firmalarda tо‘planishi mumkin bо‘lgan tashqi axborot bilan taqqoslash 
orqali tо‘ldiriladi. Ushbu axborot kо‘pincha kasrlar kо‘rinishida 
ifodalangan bо‘lib, ular bо‘yicha keyingi foydalanish uchun hisob-
kitoblarni amalga oshirish qiyin emas. Masalan, qо‘l ostidagi ikki yuz 
nafar xodimdan bir oy ichida о‘rtacha о‘n ikkitasi ishdan 
bо‘shaydigan tadbirkor kadrlar qо‘nimsizligi kо‘rsatkichi 6 foiz deb 
hisoblaydi. Ishdan bо‘shaganlar soni (12) xodimlarning о‘rtacha 
soniga (200) bо‘linadi va 100 foizga kо‘paytiriladi. 
Xuddi shu tariqa, agar sakkiz nafar xizmatchi ish kunida ishni о‘t-
kazib yuborsa, u holda absenteizm kо‘rsatkichi – 4 foizga teng bо‘ladi. 
Ishda bо‘lmagan xizmatchilar soni (8) xodimlarning umumiy soniga 
(200) bо‘linadi va 100 foizga kо‘paytiriladi. 4 foiz kelib chiqadi. 
Muvofiqlik yondashuvi – kadrlar auditining boshqacha 
strategiyasi bо‘lib, u kompaniyaning kadrlar auditi qanday 
bajarilayotganligini aniqlash uchun о‘tgan davrni kо‘rib chiqadi. 
Nazoratorlar jamoasi kо‘pincha mehnat va bandlik, mukofotlar, 
mehnat intizomi va xodimlarni baholash shakllari masalalarini kо‘rib 
chiqadi. Bunday tadqiqotning maqsadi kadrlarni boshqarish xizmati va 
liniya menejerlari ichki qoidalar va huquqiy kо‘rsatmalarning ijro 
etishini kafolatlashdan iborat. 


38 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling