Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Kadrlarni rejalashtirish. Mukofat va motivatsiya
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
3. Kadrlarni rejalashtirish. Mukofat va motivatsiya.
Kadrlar auditida buyurtmachi tomonidan qо‘yilgan vazifadan kelib chiqib nazorat dastaklarini tо‘g‘ri tanlash о‘ta muhimdir. Kadrlar auditini о‘tqazishda maslahatchilar foydalanadigan vositalar turli-tumandir: - anketalashtirish; - tuzilmaviy intervyu; - testlar; - turli sо‘rovnomalar; - ekspert baholash usuli; - vaziyatli guruhli diagnostika; - mavjud boshqaruv va kadrlarga oid hujjatlarni tahlil qilish; - kuzatish va boshqalar Professional – nazorat maslahatchilari u yoki bu bо‘linmada har kunlik ish predmetini kuzatishni, ushbu kuzatish yordamida qarorlar qabul qilish amaliyoti, intervyu olish va hokazolarni nazorat qilishni tavsiya etishadi. Majlis eng kо‘rgazmali tadbirlardan biri hisoblanadi. Majlis vaqtida firmada rahbarlikning qanaqa uslubi qabul qilinganligi, boshqaruv triadasida (vazifalarni qо‘yish, vakolatlarni о‘tkazish, natijalarni nazorat qilishda) qanaqa muammolar mavjudligi, boshqaruv nazorati modeli qanaqaligi (natija bо‘yicha yoki jarayon bо‘yicha) va hokazolar oydinlashadi. Majlis jarayonini kuzatish yakunlari bо‘yicha qilingan xulosalarni keyinchalik sо‘rovnomalar, tarkiblangan intervyu va boshqa usullar yordamida tekshirish mumkin bо‘ladi. Kadrlar auditi doirasidagi tadqiqotlar yо‘nalishlariga aniqlik kiri- tish maqsadida kadrlarni boshqarish tizimini optimallashtirish uchun birinchi galda e’tibor qaratishni talab qiladigan zonalarni aniqlab beruvchi dastlabki tashxis amalga oshirilishi mumkin. Tо‘liq kо‘lamli kadrlar auditi diagnostik operatsiyalarning yuqorida keltirilgan izchilligi shaklida eng uzoq muddatli samaradorlikka ega bо‘ladi. Kadrlar auditi boshqaruvning strategik bosqichida boshlanadi. kadrlarni boshqarish tizimini baholash samaradorlik mezonlarini qо‘llagan holda amalga oshiriladi. Kadrlar auditi kadrlarni boshqarish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Kadrlarni boshqarish faoliyatining samaradorlik mezonlariga mos kelishini baholash uchun qо‘llaniladigan uning muayyan tavsiflari asosida mezonga 39 “muvofiqlashtirish”, “muvofiqlik” darajasini oshirish yoki qoniqarli “muvofiqlik” tо‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi. Kadrlarni boshqarish tizimining qoniqarli holatiga ishonch hosil qilingach, kadrlarni boshqarishning quyi darajasi – funkstional darajaga о‘tiladi. Kadrlar auditining natijalari asosida strategik va funksional darajalarda muayyan liniya rahbarlari ishi samara- sizligining ochib berilgan alomatlari bо‘yicha kadrlarni liniyali boshqarish samarasizligining sabablari aniqlanadi. Kadrlar auditi ularni hal etmasdan turib keyingi tashxis ishini amalga oshirish hech qanday ma’no kasb etmaydigan muammolar yi- g‘indisi aniqlaganidan keyin vaqtinchalik tо‘xtatib qо‘yiladi. Bu barcha sa’y-harakatlarni birinchi galda e’tibor qaratishni talab qiladigan muam- molarni о‘rganishga qaratish hisobidan nazoratorlarning qimmatli vaq- tini bо‘shatgan holda nazoratorlik tadqiqotining vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. Muayyan korxonada kadrlar auditi nihoyasiga etgach bosh- qaruvni yanada takomillashtirish uchun asos bо‘lib xizmat qiladigan nazoratorlik xulosasi tayyorlanadi. Kadrlarni boshqarishni taqdim etilgan mezonlarga muvofiqlashtirishni anglatuvchi tavsiyalardan foydalanish boshqaruvni takomillashtirish jarayonini davom ettirish va, о‘z navbatida, kadrlar auditini davom ettirish imkonini beradi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling