Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
-MAVZU: KADRLAR KONSALTINGI BOSHQARUV
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
1-MAVZU: KADRLAR KONSALTINGI BOSHQARUV
MASLAHATINING TARMOG’I SIFATIDA Reja: 1. Konsalting: asosiy tushunchalar, maqsad va vazifalari; 2. Personal nazorati turlari; 3. Personalga xarajatlar va ularning tuzilishi. 1. Konsalting: asosiy tushunchalar, maqsad va vazifalari Nazorat boshqaruvning funksiyasi sifatida aniq vazifalarga yо‘naltirilgan va kadrlarga oid qarorlarni qabul qilish jarayonining tarkibiy qismidir. Nazoratning bosh vazifasi – rejalashtirilgan va olingan natijalarni taqqoslashdir, uning ketidan farqlanishlar tahlili va rejalarga tuzatishlar kiritish tadbirlarini ishlab chiqish amalag oshiriladi. Ushbu holatdan kelib chiqib kadrlar nazorati kadrlarga oid qarorlarni qabul qilish jarayonining domiy fazasidir. Strategik nazoratning dastagi xilma-xildir: portfelli tahlil, salohiyatning tahlili, о‘sish egri chizig‘i, SWOT-tahlil, balans kо‘rsatkichlari, ssenariylarni ishlab chiqish va h.k. Nazorat – korxona maqsadlarini belgilash, samarali korporativ boshqaruv uchun joriy axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash tizimidir. 1.1-rasm. Tashkilotda nazorat konsepsiyasi. Rejalashtirish Nazorat Boshqaruv hisobi Axborotlar oqimi Nazorat Strategiyani ishlab chiqish – korxona maqsadlarini belgilash Boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun takliflarni ishlab chiqish Tahlilni о‘tkazish Axborotlarni kuzatish 8 Nazorat konsepsiyasi о‘z ichiga korxona faoliyatidagi haqiqat- dagi kо‘rsatkichlarni rejadan farq qilishini nazorat qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun takliflar ishlab chiqishdan iborat. Nazoratning bosh vazifasi – rejalashtirilgan va olingan natijalarni taqqoslashdir, uning ketidan farqlanishlar tahlili va rejalarga tuzatishlar kiritish tadbirlarini ishlab chiqish amalag oshiriladi. Ushbu xolatdan kelib chiqib kadrlar nazorati kadrlarga oid qarorlarni qabul qilish jarayonining domiy fazasidir. Iqtisodiy jihatdan nazorat – bu kuzatish va boshqarishdir. Samarali boshqarish va kuzatish maqsadni belgilash va shu maq- sadlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqmasdan iloji yо‘q, shuning uchun nazorat rejalashtirish, tartibga solish va kuzatish bо‘yicha kompleks masalalardan iborat bо‘ladi. Nazoratning vazifasi – boshqaruv axborotlarini tayyorlash va taqdim etish yо‘li bilan rahbariyatni zarur qarorlar qabul qilishga yо‘naltirishdir. Nazorat: – xarajatlar va faoliyat natijalarini tartibga solish imkonini beradi; – korxona maqsadlariga erishishiga yordam beradi; – kutildmagan tasoddiflar oldini oladi va iqtisodiy kо‘rsatkichlar xavfli nuqtalarga etganida ularga qarshi о‘z vaqtida choralar kо‘rish imkonini beradi; – zaruriy muvozanatni ushlab turishga xizmat qiladi (masalan, foyda, daromadlar, miqdor, unumdorlik va h.k.) Nazorat xizmati menejment uchun servis funksiyasini bajaradi. Agar rahbar xо‘jalik faoliyati natijasi uchun unumli mas’ul bо‘lsa, nazoratchi esa – shu natijaning “shaffof”ligi, ya’ni qabul qilinayotgan qarorlar natijalari, ularning о‘z vaqtidaligi, funksional bо‘linmalar tomonidan kelishilganligini aks ettiruvchi qarorlarni qabul qilish va hisobotlar tayyorlashning barcha jarayonlarini metodik asoslanganligi uchun mas’ul bо‘ladi. Shunday qilib, nazoratning vazifasi inqirozli vaziyatlarning oldini olishdan iborat. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling