Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Personalni boshqarish xizmati ishining konsaltingi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
1. Personalni boshqarish xizmati ishining konsaltingi
Ushbu konsalting maqsadi – tashkilotning avvalgi yillardagi faoliyati natijalari, boshqa tashkilotlarning natijalari va tashkilot maqsadlariga nisbatan kadrlarga oid faoliyat dasturlari bilan bog‘liq xarajatlar va manfaatlarni baholashdir. Kadrlar xizmati faoliyatini baholash – bu kadrlar faoliyati dasturlari bilan bog‘liq tizimli, rasmiylashlirilgan aniq jarayon bо‘lib, harajatlar va foyda foydani о‘lchashga hamda natijalarni о‘tgan davrda korxona faoliyatining yakunlari, boshqa korxonalar yakunlari va korxona maqsadlari bilan solishtirishga yо‘naltirilgan. Baholash natijalari personal bilan ishlashdagi bajarilgan ishning sifati, personalning qoniqish darajasi, mehnat va ijro intizomi, kadrlar qо‘nimsizligi kabi asosiy muammolarga diqqatni jalb qiluvchi yakuniy indikator bо‘lib xizmat qiladi. Personalni boshqarish xizmati faoliyatining muhim yо‘nalishlari: – personal bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va yechish bо‘yicha menejerlarga tavsiyalar va maslahatlar berish; – menejerlar diqqatiga mehnat munosabatlari bilan bog‘liq korxona- ning umumiy falsafasini, yuridik mazmuni va strategiyasini etqazish; – menejerlarga mehnat munosabatlari sohasidagi tavsiyalar va maslahatlarni berish; – korxonaning barcha xodimlari о‘rtasidagi ketma-ket va muvofiqlashtirilgan munosabatlarni о‘rnatish; – shikoyatlarni kо‘rib chiqish nazoratini amalga oshirish; – menejerlarga shtat siyosati va u bilan bog‘liq muammolar bо‘yicha tavsiyalar va maslahatlar berish; – personalni yollash bilan bog‘liq jarayonlarni koordinatsiyalash; 14 – ish haqi amaliyotining huquqiy mazmunidan kelib chiqib menejerlarga mehnatga haq tо‘lash va rag‘batlantirish dasturlari mazmunini yetkazish; – rag‘batlantirishlar dasturlari mazmunini xizmatchilarga etqazish va rо‘yhatga olish; – rag‘batlantirishlar bilan bog‘liq muammolarni hal etish; – nafaqalarni belgilash; – ish haqi bilan bog‘liq muammolarni hal etish bо‘yicha rahbariyatga yordam va maslahatlar berish; – kadrlarga oid hujjatlarni tizimlashtirish va saqlash; – kadrlarni yollash bо‘yicha masalalarni qonunchilik bilan mosligini ta’minlash; – firmaning kadrlar siyosati va kadrlar dasturi maqsadlari hamda asosiy yо‘nalishlarini izzohlash; – rahbariyat bilan ushbu dasturlarning bajarilishiga oid amaliy masalalarni muhokama qilish. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling