174
Ish haqi va ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlar mablag‘laridan
foyda-
lanish samaradorligini aniqlash va tahlil qilish uchun 14.10-jadvalni
tuzamiz (boshlang‘ich ma’lumotlar 14.8, 14.9 - jadvallar).
Keltirilgan algoritm bо‘yicha korxona xо‘jalik faoliyatining
kompleks natijasi koeffitsiyentini aniqlaymiz:
Kkomp. ═ 1.039 ∙ 1.051 ∙ 1.061 ∙ 0.871 ∙ 0.973 ∙ 0.921 ═ 0.907
Ish haqi va ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlar mablag‘laridan
foydalanish samaradorligi Kkomp ning va SIP 1ishlovchisining
daromadini tavsiflovchi koeffitsiyentning nisbati sifatida aniqlanadi:
Ksam ═ 0.907 : 1.0024 ═ 0.905
Ksam < 1, shunday ekan, amaldagi ish haqi va ijtimoiy xarakterdagi
tо‘lovlar mablag‘laridan foydalanish tizimi samarasiz.
Ushbu paragraf
yakunida shuni aytish mumkinki, ish haqi kor-
xona iqtisodiyotining eng zarur mehnat kо‘rsatkichi hisoblanib, uning
yordamida barcha mehnat kо‘rsatkichlarining о‘zaro
aloqadorligi
amalga oshadi.
5. Mehnat unumdorligining о‘sish sur’atlari bilan mehnatga haq
tо‘lash darajasi о‘rtasidagi nisbatni о‘rganish
Ish haqi jamg‘armasidan foydalanishni tahlil qilishda korxona
xodimlarining о‘rtacha ish haqi tо‘g‘risidagi, uning о‘zgarishi,
shuningdek, uni belgilovchi omillar haqidagi ma’lumotlarni
о‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, bundan keyingi tahlil
toifalari va kasblar bо‘yicha, shuningdek butun korxona bо‘yicha bitta
xodimning о‘rtacha ish haqi о‘zgarishi sabablarini о‘rganishga
qaratilishi lozim. Bunda о‘rtacha yillik ish
haqi bitta ishchining bir
yilda ishlagan kunlari soniga, ish smenasining
davom etishiga va
о‘rtacha soatlik ish haqiga bog‘liq ekanligini hisobga olish zarur:
YIH=K x D x SIH (14.5.)
175
Bu omillarning xodimlar toifalari bо‘yicha о‘rtacha yillik ish
haqi darajasining о‘zgarishiga ta’sir etishini
hisoblash mutlaq farqlar
usuli bilan amalga oshiriladi (14.11-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: