Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Personal bilan ishlash diagnostikasi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
2. Personal bilan ishlash diagnostikasi
Personal auditi – bu о‘z ichiga axborotlarni yig‘ish, ularning tahlili va natijalari asosida mehnat salohiyatidan foydalanish bо‘yicha tashkilot faoliyati samaradorligini baholash hamda ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid tadbirlar tizimini о‘z ichiga oladigan personalni boshqarish sohasidagi ishlar holatining doimiy ekspertizasini о‘tqazishdir. Uning mohiyati tashkilotda yuzaga kelgan muammolarni diagnostika qilish, hamda bu muammolarning naqadar muhimligini baholash va yechilishi lozimligi yuzasidan tashkilot rahbariyatga aniq tavsiyalarni berishdan iborat. Personal auditi personalni boshqarish tizimini tadqiq qilishning diagnostik usulidan foydalanib olib boriladi. Uning farqli tomonlari quyidagilar: – umumtashkiliy samardorlikka yо‘naltirilganlik; – tekshiruvlar, jarayonlar va xulosalar paradigmasining qat’iy shakli; – tashkilotga nisbatan auditorning xolisligi; – tekshiruvlarni amalga oshirishdagi professionallik. 47 Tashkilotda kadrlar auditi о‘tqazish katta va sermashaqqat ishdir. U о‘z ichiga boshqaruv auditini, mehnat kо‘rsatkichlari auditini, ish joylari auditini, ishga yollash, bо‘shatish, taqdirlash, mehnat sharoitlari, xavfsizlik va salomatlik, intellektual kapital auditlarini о‘z ichiga oladi. Bunday ish kо‘p vaqt va katta miqdordagi vositalarni talab qiladi. 5.3-jadval Auditorlik faoliyati yо‘nalishlari Toifa belgilari Yо‘nalishlar Subyektlar darajasi bо‘yicha Amalga oshirilayotgan audit: * xalqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan; * davlat auditorlik xizmatlari tomonidan; • xususiy auditorlik firmalari tomonidan; • tashkilotdagi audit xizmatlari tomonidan Auditni о‘tqazish subyekt-lariga nisbatan Tashqi. Ichki Meyoriy tartibga solish pozitsiyasidan Majburiy. Kо‘ngilli. Auditorlik nazoratiga tegish-li obyektga nisbatan Tarmoqqa nisbatan. Mulkka nisbatan. Tashkilotning tuzilmaviy bо‘linmalariga nisbatan. Alohida xodimga nisbatan. Davriyligi bо‘yicha Boshlang‘ich. Doimiy. Operativ Auditorlik nazaorati xarak-teri bо‘yicha Tasdiqlovchi. Tizimli yо‘naltirilgan. Tavakkalga asoslanuvchi audit Hajmi bо‘yicha Tо‘liq (kompleks). Lokal. Tematik Xizmatlar xarakteri bо‘yicha Harakat auditorlik xizmatlari. Nazorat auditorlik xizmati. Auditorlik axborot xizmatlari. Missiyadan kelib chiqib Mos kelish auditi. Samaradorlik auditi. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish nuqtai-nazaridan Tashkiliy-texnologik. Ijtimoiy-psixologik. Iqtisodiy. Audit vazifalariga kо‘ra Personal faoliyati asmaradorligi auditi. Ish vaq- tidan foydalanish auditi. Ish haqi va mukofotlash auditi. Mehnatni normalanganligi va tashkil qilin- ganligi auditi. Mehnatning natijaviyligi auditi. 48 Personalni boshqarish tizimida diagnostika ishi personalni boshqarish butun tizimining samaradorligini cheklovchi eng zaif qism sifatida e’tirof etilishi mumkin. Personalni boshqarish sohasining diagnostikasi tashkilotdagi faoliyat tо‘g‘risida axborot tо‘plashga asoslanadi. Diagnostika murakkabligining asosiy sababi shundaki, ushbu faoliyatning samaradorligini baholash juda qiyin. Foydalaniladigan kо‘plab kо‘rsatkichlar subyektiv bо‘lib, ularning ahamiyati va mazmuni muayyan vaziyatga bog‘liq. Hozirgi vaqtda personalni boshqarish tizimi samaradorligining diagnostikasiga nisbatan uchta yondashuv mavjud: Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling