Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Boshqaruv auditining tashkiliy asoslari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
2.
Boshqaruv auditining tashkiliy asoslari Auditorni tekshirishga jalb etish tartibi. Iqtisodiy subyektga auditorni tanlash huquqi berilgan. Odatda, u auditorlik firmasiga auditorlik tekshiruvini о‘tkazish uchun uni jalb etish tо‘g‘risida rasmiy taklif bilan chiqadi. Rozilik bildirilgan taqdirda auditor mijozga majburiyat xatini yuboradi, unda u о‘zining audit oldiga qо‘yilgan vazifaga, mijoz oldidagi javobgarlik darajasiga va xulosani taqdim etish shakliga roziligini hujjat bilan tasdiqlaydi. Auditorlik firmasi va iqtisodiy subyekt о‘rtasida xatlar almashuvidan sо‘ng ikki tomonlama shartnoma tuziladi. Shartnomada kо‘yidagilar kо‘rsatilishi zarur: – shartnoma predmeti va tomonlar majburiyatlari; – auditorlik nazoratini о‘tkazish muddati va joyi; – ishlar qiymati va hisob-kitoblar tartibi; – ishni topshirish va qabul qilish tartibi; – konfidensiallik; – tortishuvlarni xal etish; – belgilangan muddatdan oldin shartnomani tugatish; – fors-major holatlar; – boshqa shartlar; – shartnomani amal qilish muddati va tomonlarning yuridik manzillari. Auditorlik firmasi tomonidan qabul qilinishi lozim bо‘lgan sifatni nazorat qilish siyosatining maqsadlari, odatda, quyidagilarni о‘z ichiga oladi: – professional talablar – firma personali mustaqillik, halollik, xolislik, maxfiylik tamoyillariga va professional hatti-harakat normalariga amal qilishi kerak; – kо‘nikmalar va bilimdonlik – firma personali auditorlik standartlarini о‘zlashtirgan va ularga amal qiluvchi hamda majburiyatlarni vijdonan bajarish uchun talab etiladigan kasbiy bilimlarga ega bо‘lgan xodimlardan iborat bо‘lishi lozim; – topshiriqlarni berish – auditorlik ishi texnik tayyorgarlikka va ushbu sharoitda talab etiladigan kasbiy bilimlarga ega bо‘lgan xodimlarga topshirilishi zarur; 64 – vakolatlarni topshirish – ishni yetarli darajada yо‘naltirish, bajarilgan ish sifat standartlariga mos kelishiga ishonch hosil qilish uchun barcha darajalarda ishni nazorat qilish va tekshirib turish lozim; – maslahatlashish – zarur hollarda (firma ichida ham, uning tashqavrisida ham) tegishli bilimlarga ega bо‘lgan mutaxassislar bilan maslahatlashib turish darkor; – mijozlar bazasi – potensial mijozlarni baholashni va mavjudlarini tahlil qilishni doimiy ravishda о‘tkazib turish zarur. Yangi mijoz bilan ishlash yoki u bilan hamkorlikni davom ettirish masalasini hal etishda firmaning mustaqilligi, uning xizmatlarni kerakli tarzda kо‘rsata olishi va mijoz rahbariyatining halolligi kabi omillardan kelib chiqish kerak; – monitoring – sifatni nazorat qilish siyosati va tartib- taomillarining mosligini va operatsiyalarning samaradorligini doimiy ravishda nazorat qilish lozim. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling