Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
4. Axborot yig‘ish
Boshqaruv auditi tadqiq etilayotgan vaziyat (muammo)ni ta’riflovchi va faktik ma’lumotlar bilan mustahkamlangan tavsiyalarni shakllantirish imkonini beruvchi zarur axborotni olish va о‘rganishga asoslangan. Faktlarni yig‘ish – auditorlik tadqiqotining eng mashaqqatli bosqichi. Yig‘ilayotgan axborotning xususiyati mijoz faoliyatining sohasiga, audit muammolari va maqsadlarining tavsifiga bog‘liq. Olingan ma’lumotlar asosida barcha asosiy jarayonlar, munosabatlar, sabablar va о‘zaro bog‘liqliklar aniqlanishi kerak. Asosiy e’tibor muammoni hal etish imkoniyatlariga va ularni amalga oshirish yо‘llariga qaratiladi. Har bir bosqich auditorning keyingi 66 ishini ma’lumotlar bilan ta’minlashi lozim. Boshqaruv auditida quyidagilar asosiy axborot manbalari bо‘lib xizmat qiladi: 1) chop etilgan axborot: moliyaviy hisobotlar, biznes- rejalar, hukumat va kredit muassasalariga taqdim etilgan hisobotlar, iqtisodiy sharhlar, tashkilotning reklama materiallari; tashkilot tomonidan tо‘planadigan tashqi vaziyat haqidagi boshqa axborot. Chop etilgan axborot iqtisodiyotning mijoz ishlayotgan tarmog‘idagi sharoitlar va tendensiyalarni, shu jumladan, texnologik ishlanmalar va bozor sharoitlarini; mijoz amal qilishi shart bо‘lgan qoidalarni; boshqaruv amaliyotini; mehnat munosabatlarini, ma’muriyat bilan kasaba uyushmalari о‘rtasidagi munosabatlarni yoritishi mumkin; 2) mijoz tashkilot ichidagi yozuvlar va hisobotlar ichki sharoitlar – resurslar, maqsadlar, rejalar, ish samaradorligi haqidagi axborotni, shu jumladan, texnologiyalar va asbob-uskunalar, rahbariyatga ishlab chiqarish va sotish hisobotlarini, moddiy boyliklar harakati tо‘g‘risidagi axborotni, personalni baholash ma’lumotlarini о‘zida mujassam etadi. Tashkilotga о‘z axborotini yiqqandan kо‘ra mijozning axborotidan foydalanish qulayroq. Biroq, kо‘plab yozuvlar ishonchli emas va subyektiv xususiyatga ega, demak haqiqtni buzib kо‘rsatadi. Yozuvlardan foydalanish ularni tо‘g‘riligini va hozirgi sharoitlarga mos kelishini tekshirishni nazarda tutadi, chunki yozuvlar mazmuni voqyealarni baholashning qо‘llanilayotgan mezonlariga bog‘liq; 3) ichki maslahat bо‘linmasi yoki ichki auditning axboroti; 4) auditor (auditorlik firmasi)ning doimiy mijozlar haqidagi yoki vaziyat nuqtai nazaridan shunga о‘xshash tashkilotlar haqidagi ma’lumotlarni о‘zida mujassam etgan axborot bazasi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling