Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
5. Axborotlar tahlili va sintezi
Muammoli vaziyat sabablari haqidagi xulosalarni va boshqaruv tizimini takomillashtirish yо‘llari tо‘g‘risidagi tavsiyalarni shakllantirish bо‘yicha boshqaruv auditini amalga oshirish, tо‘plangan axborotni tahlil qilish uchun auditorlik tadqiqotida tahlil (amalda tо‘plangan materialni о‘rganish) va sintez (tо‘plangan material asosida umumiy qonuniyatlarni chiqarish) usullari monand ishtirok etadi. Qismlardan iborat bir butunni hosil qilish (sintez), faktlarni tahlil 67 qilish asosida qarorlar qabul qilish va harakatlarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish tahlil qilish vaqtidayoq boshlanadi. Agar auditor tadqiq etilayotgan muammo о‘ziga ma’lum bо‘lgan umumiy qoidaga bо‘ysunadi deb hisoblasa, deduksiya usuli qо‘llaniladi. Tadqiq etilayotgan vaziyatni “ma’lum bо‘lgan” umumiy bilim sohasiga kiritish imkoniyatining mavjud emasligi induksiya, ya’ni mazkur holatda amal qiluvchi qoidani chiqarish maqsadida faktik materialni tо‘plash va tahlil qilish usulining qо‘llanilishini nazarda tutadi. Audit usuli sifatida tahlildan samarali foydalanish uchun auditor о‘zida mantiqiy tafakkur, vaziyatlarni tahlil qilish, asosiy narsani ikkinchi darajali narsadan ajratish qobiliyatini rivojlantirishi kerak. Auditorning tahliliy faoliyatida audit jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklarning ahamiyatini tо‘g‘ri aniqlay olish muhim hisoblanadi. Aniqlangan har bir nomuvofiqlik uning mazmuni, ahamiyatlilik darajasi, namoyon bо‘lish shakli, uchrab turishning takrorlanishi, uni bartaraf etish yuzasidan qaror qabul qilishning ierarxik darajasi, uni bartaraf etishning murakkablik darajasi, qо‘llanish sohasi va sifatni audit qilish obyekti kabi belgilari bо‘yicha tasniflanishi lozim. Tasniflash har bir nomuvofiqlikning о‘ziga xos jihatini aniqlash va ushbu jihatga mos keladigan tо‘g‘rilovchi va ogohlantiruvchi harakatlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Sifat tizimi hujjatida belgilangan, mahsulot sifatini ta’minlashga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi va qisqa muddatda bartaraf etilishi lozim bо‘lgan talabning bajarilmasligini sifat tizimidagi katta nomuvofiqlik deb hisoblash lozim. Bunday nomuvofiqliklarga quyidagi misollarni keltirish mumkin: mahsulot sifatining yomonlashuviga olib kelishi mumkin bо‘lgan har qanday nomuvofiqlik; kalibrovkalash (tekshirish) muddati о‘tgan о‘lchash vositalaridan foydalanish; mas’uliyatli operatsiyani bajaruvchi xodimning amalda texnologik jarayon bо‘yicha talab etiladigan malakaga qaraganda ancha past malakasi; sifat bо‘yicha ruxsat etilmagan hujjatning qо‘llanilishi; qayd etilgan ma’lumotlar audit obyektining haqiqiy holati haqida tasavvur bermaydi. Katta hajmdagi nomuvofiqlikning mavjudligi о‘tkazilayotgan audit bо‘yicha ijobiy qaror qabul qilish imkoniyatini istisno etadi va tuzatuvchi harakatlarni ishlab chiqish va amalga 68 oshirishni talab qiladi. Katta hajmdagi nomuvofiqlikning aniqlanganligi fakti bayonnomada qayd etiladi. Kichik hajmdagi nomuvofiqlik – bu sifat tizimi hujjatida belgilangan, mahsulot sifatini ta’minlashga salbiy ta’sir kо‘rsatishi yoki, agar u bartaraf etilmasa, katta hajmdagi nomuvofiqlikning paydo bо‘lishiga olib kelishi mumkin bо‘lgan talabning bajarilmasligi. Arzimas darajadagi mos kelmasliklarga misollar: • hujjatda rasmiylashtirilgan korxonannig sifatga oid siyosati reklamali, aniq bо‘lmagan xususiyatga ega; • lavozim yо‘riqnomalarida rahbarlar va mutaxassislarning sifatga oid vazifalari kо‘rsatilmagan; • sifat tizimi hujjatlaridan biridagi talablarga ayrim holatlarda rioya qilinmaslik; • sifat xizmatidagi ayrim xodimlarning attestatsiyasini belgilangan muddatlardan oshib ketishi; • nazorat yoki tajribalarni rо‘yhatga olishdagi ayrim noaniq yozuvlar. Arzimas mos kelmasliklar audit davomida yо‘qotilishi zarur. Tayyorlagan va tizimlashtirilgan haqiqatdagi ma’lumotlar bog‘liqliklarni, nisbatlar va tendenstiyalarni aniqlash uchun tahlil qilinadi. Personal auditining maqsadi va muammosi xususiyatidan kelib chiqib quyidagi usullardan foydalaniladi: – iqtisodiy tahlilning matematik va statistik usullari; – boshqarish tizimi va uning elementlarini tahlil qilish usullari; – sabab va oqibat tahlili; – kelajakni tahlili usuli; – qiyoslash va taqqoslash usuli. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling