Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


Mavzu bо‘yicha о‘z bilimini mustahkamlash uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

Mavzu bо‘yicha о‘z bilimini mustahkamlash uchun
savollar 
1. Tashkilot mehnat salohiyati nimani bildiradi? 
2. Kadrlar 
siyosatida 
tashkilotlar 
qanday 
muammolarga 
tо‘qnashadi, ichki muammolargami yoki tashqisigami? Nima uchun? 
3. Personalni boshqarishning mohiyati nimadan iborat? 
4. Kadrlar ishi diagnostikasining xususiyatlari nimadan iborat? 
5. Personal auditi nima uchun о‘tkaziladi? Personal auditining 
predmeti va obyekti bо‘lib nima xizmat qiladi? 
6. Personal auditi qanday tashkiliy darajalarda о‘tkaziladi? 
7. Personal auditi sohalari qanday? 
8. Personal auditiga asosiy tadqiqiy yondashuvlarni aytib 
bering? 
9. Personal auditi qanday vositalar yordamida о‘tkaziladi? 
10. Nima uchun auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspert 
baholash zarurati paydo bо‘ladi? 
11. Personal auditi jarayoni ketma-ketligi qanday? 
12. Auditorlik xulosasida nimalar yoritilishi kerak? 
 


60 
5-MAVZU: PERSONALNI BOSHQARISH TIZIMIDA 
BOSHQARUV AUDITI 
 
Reja: 
1. Boshqaruvda islohatlar hamda boshqaruv auditining 
maqsadi va vazifalari 
2. Boshqaruv auditining tashkiliy asoslari 
3. Boshqaruv auditi jarayoni 
4. Axborot yig‘ish 
5. Axborotlar tahlili va sintezi 
6. Auditorlik xulosasi 
1. Boshqaruvda islohotlar hamda boshqaruv auditining maqsadi 
va vazifalari 
Respublikamizda boshqaruv va rahbarlik tizimini takomillash-
tirish va ma’muriy islohotlarni izchil amalga oshirish maqsadida Pre-
zidentimiz tomonidan 2019-yil 22-dekabrda “Respublikada Davlat 
boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida”, “Xо‘jalik 
boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi farmonlar 
qabul qilindi. Bu hujjatlar О‘zbekistonda ma’muriy islohotlarning 
yangi bosqichini boshlab berdi. 
Boshqaruvni isloh qilishda asosiy vazifalar quyidagilardan 
iborat: 
– iqtisodiyotni boshqarishda davlat rolini keskin kamaytirish; 
– davlat tizilmalarining xо‘jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatiga asossiz aralashuviga barham berish; 
– davlat boshqaruvidagi vazifalarni bevosita quyi bо‘g‘inlarga 
kо‘chirish; 
– boshqaruv tizimini optimallashtirish orqali boshqaruvga oid 
vazifalarning turli bо‘g‘inlarda takrorlanishiga yо‘l qо‘ymaslik; 
– boshqaruv xodimlarining ortiqcha qismini bevosita ishlab 
chiqarishga, xizmat kо‘rsatish sohalariga jalb qilish; 
– rahbarlik va boshqaruv usullarini muttasil takomillashtirib, 
ana shu orqali jamiyat taraqqiyotini yuqori bosqichga kо‘tarish. 
Boshqaruv auditi – bu auditorlik faoliyatining metodologiyasi 
va ishlab chiqilgan ish topshiriqlari asosida boshqaruv jarayoniga 
zarur tuzatishlarni kiritish hamda boshqaruv texnologiyalarining 
haqiqiy samaradorligini aniqlash maqsadida ularni tadqiq etishdir. 


61 
Boshqaruv auditi – bu tashkilotni boshqarishni takomillashtirish 
jarayonining axborotga bо‘lgan ehtiyojlariga xizmat kо‘rsatuvchi 
diagnostik vosita hisoblanadi. Ushbu jarayonning quyidagi bosqichlari 
ajratiladi: 
– boshqaruv samaradorligining hozirgi holatini baholash; 
– qisqa muddatli, о‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqboldagi 
(statika) va boshqaruv bо‘yicha muayyan faoliyat samaradorligi 
shaklidagi (dinamika) samaradorlikni baholash; 
– tadqiq etilayotgan funksiyaning haqiqiy holatini normativ, 
standart, tasdiqlangan holat bilan taqqoslash orqali samaradorlikning 
hozirgi holatidan normativ holatiga tomon harakatlanish uchun zarur 
bо‘lgan harakatlar rejasini shakllantirish. Rejani shakllantirish 
tashkilotni boshqarish amaliyotini kuchaytirish imkonini beruvchi 
tadbirlar tarkibini aniqlashni nazarda tutadi. Sо‘ngra optimallash-
tirishning turli yо‘nalishlarini о‘zida birlashtirgan, tashkilotning uzoq 
muddatli eng yuqori samaradorligini ta’minlashga yо‘naltirilgan 
boshqaruvni takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi; 
– tashkilotni boshqarishni takomillashtirish rejasini amalga 
oshirish. Audit natijalari yuzasidan berilgan tavsiyalarni amalga 
oshirish faoliyatni faqat shartli ravishda auditorlik faoliyati deb atash 
mumkin, chunki aksariyat holatlarda u auditor mustaqilligining va 
diagnostik tadqiqot sohasiga ixtisoslashuvining yо‘qotilishini nazarda 
tutadi, demak, auditorlik standartlari talablariga javob bermaydi. 
Boshqaruv tizimini baholash jarayonida quyidagilar tekshiriladi: 
– bozordagi vaziyatni nazorat qilish, strategik maqsadni qо‘yish 
va taktik rejalashtirish tartib-taomillarining kompleksligi; 
– javobgarlik sohalarining yuqori rahbariyat о‘rtasida va 
funksional majburiyatlarning bо‘linmalar о‘rtasida taqsimlanishi; 
– xodimlar о‘rtasida asosiy biznes-jarayonlarning bajarilishi 
doirasida axborot almashuvi; 
– mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotish ishlarini 
bajarish standartlarining mavjudligi va sifati. 
Boshqaruv auditi inson resurslarini boshqarish samaradorligining 
tahlili bilan tо‘ldirilishi kerak. Ushbu tahlil jarayonida personalni 
boshqarish tizimi, ya’ni kadrlar siyosatining boshqaruv tizimiga 
mosligi darajasi, shu jumladan, personalni rag‘batlantirish, korporativ 
madaniyatni rivojlantirish mexanizmlari va hokazolar baholanadi. Shu 
tariqa personal auditi (kadrlar auditi) yuzaga keldi va dastlab 


62 
boshqaruv auditi doirasida, tez orada esa mustaqil ravishda rivojlana 
boshladi. 
Boshqaruv auditining asosiy maqsadi – korxona va uning 
xodimlarining bozor sharoitida samarali ishlashga tayyorligi darajasini 
baholashdan iborat. Ushbu baholash asosida о‘zgarishlarni amalga 
oshirish dasturi ishlab chiqilib, korxonani boshqarish tizimini qayta 
tashkil etish, yangi qadrlarni jalb qilish yoki mavjudlarini qayta 
о‘qitish uchun zarur bо‘lgan xarajatlar hisoblab chiqiladi. 
Boshqaruv auditini о‘tkazishda quyidagilar baholanadi: 
– korxonaning joriy strategiyasi, shu jumladan, bozordagi 
mavqyei, oldinga qо‘yilgan strategik maqsadlarning yaxlitligi va 
tizimliligi, ushbu maqsadlarning rahbarlar va xodimlar tomonidan 
tushunilishi, strategik maqsadlarning amalga oshirilishi; 
– biznes-jarayon, ya’ni korxonaning har bir mahsulotini (tovari 
yoki xizmatini) ishlab chiqarish va sotish jarayoni texnologiyasi. 
Texnologiyani 
baholash 
biznes-jarayon 
asosiy 
qismlarining 
bajarilishini: mahsulotning iste’mol xususiyatlarini tahlil qilish, uni 
loyihalashtirish, butlovchi qismlarni xarid qilish, ishlab chiqarish, 
sifatni nazorat qilish, sotish va sotuvdan keyin xizmat kо‘rrsatish, 
mahsulot tannarxini, uning sifatini va narxni shakllantirish 
metodikalarini tahlil qilishni о‘z ichiga oladi; 
– korxonani boshqarishning asosiy funksiyalarini, shu jumladan 
bozorni tahlil qilish, strategik va tezkor rejalashtirish, rejalarning 
amalga oshirilishini nazorat qilish va hisobga olish, moliyani 
taqsimlash va pul mablag‘larining harakatini hisobga olish, kadrlar 
siyosatini amalga oshirish funksiyalarini bajarish texnologiyasi; 
– kompaniyani boshqarish tuzilmasi, ya’ni biznes-jarayonlarni 
tashkil 
etuvchi 
tartib-taomillar 
bilan 
boshqaruvning 
asosiy 
funksiyalari о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlik. Baholash jarayonida 
boshqaruv modeli, funksional va sohaviy bо‘linmalarga bо‘linishning 
aniqligi, ma’muriy bо‘ysunish va funksional о‘zaro hamkorlik 
tuzilmasi, axborot oqimlari sxemasi hamda ularning boshqaruv 
strategiyasi va modeliga mos kelishi tahlil qilinadi; 
– biznes-jarayonlar va asosiy funksiyalar tartib-taomillari, 
boshqaruv tuzilmalari hamda ularning boshqaruv strategiyasi va mo-
deliga mos kelishi asosida tashkilot menejmentining samaradorligini 
oshirish tartib-taomillari va tuzilmalaridagi о‘zgarishlar bо‘yicha 
tavsiyalar tuziladi. 


63 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling