Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Mavzu bо‘yicha о‘z bilimini mustahkamlash uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Boshqaruvda islohotlar hamda boshqaruv auditining maqsadi va vazifalari
Mavzu bо‘yicha о‘z bilimini mustahkamlash uchun
savollar 1. Tashkilot mehnat salohiyati nimani bildiradi? 2. Kadrlar siyosatida tashkilotlar qanday muammolarga tо‘qnashadi, ichki muammolargami yoki tashqisigami? Nima uchun? 3. Personalni boshqarishning mohiyati nimadan iborat? 4. Kadrlar ishi diagnostikasining xususiyatlari nimadan iborat? 5. Personal auditi nima uchun о‘tkaziladi? Personal auditining predmeti va obyekti bо‘lib nima xizmat qiladi? 6. Personal auditi qanday tashkiliy darajalarda о‘tkaziladi? 7. Personal auditi sohalari qanday? 8. Personal auditiga asosiy tadqiqiy yondashuvlarni aytib bering? 9. Personal auditi qanday vositalar yordamida о‘tkaziladi? 10. Nima uchun auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspert baholash zarurati paydo bо‘ladi? 11. Personal auditi jarayoni ketma-ketligi qanday? 12. Auditorlik xulosasida nimalar yoritilishi kerak? 60 5-MAVZU: PERSONALNI BOSHQARISH TIZIMIDA BOSHQARUV AUDITI Reja: 1. Boshqaruvda islohatlar hamda boshqaruv auditining maqsadi va vazifalari 2. Boshqaruv auditining tashkiliy asoslari 3. Boshqaruv auditi jarayoni 4. Axborot yig‘ish 5. Axborotlar tahlili va sintezi 6. Auditorlik xulosasi 1. Boshqaruvda islohotlar hamda boshqaruv auditining maqsadi va vazifalari Respublikamizda boshqaruv va rahbarlik tizimini takomillash- tirish va ma’muriy islohotlarni izchil amalga oshirish maqsadida Pre- zidentimiz tomonidan 2019-yil 22-dekabrda “Respublikada Davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida”, “Xо‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi farmonlar qabul qilindi. Bu hujjatlar О‘zbekistonda ma’muriy islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Boshqaruvni isloh qilishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: – iqtisodiyotni boshqarishda davlat rolini keskin kamaytirish; – davlat tizilmalarining xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga asossiz aralashuviga barham berish; – davlat boshqaruvidagi vazifalarni bevosita quyi bо‘g‘inlarga kо‘chirish; – boshqaruv tizimini optimallashtirish orqali boshqaruvga oid vazifalarning turli bо‘g‘inlarda takrorlanishiga yо‘l qо‘ymaslik; – boshqaruv xodimlarining ortiqcha qismini bevosita ishlab chiqarishga, xizmat kо‘rsatish sohalariga jalb qilish; – rahbarlik va boshqaruv usullarini muttasil takomillashtirib, ana shu orqali jamiyat taraqqiyotini yuqori bosqichga kо‘tarish. Boshqaruv auditi – bu auditorlik faoliyatining metodologiyasi va ishlab chiqilgan ish topshiriqlari asosida boshqaruv jarayoniga zarur tuzatishlarni kiritish hamda boshqaruv texnologiyalarining haqiqiy samaradorligini aniqlash maqsadida ularni tadqiq etishdir. 61 Boshqaruv auditi – bu tashkilotni boshqarishni takomillashtirish jarayonining axborotga bо‘lgan ehtiyojlariga xizmat kо‘rsatuvchi diagnostik vosita hisoblanadi. Ushbu jarayonning quyidagi bosqichlari ajratiladi: – boshqaruv samaradorligining hozirgi holatini baholash; – qisqa muddatli, о‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqboldagi (statika) va boshqaruv bо‘yicha muayyan faoliyat samaradorligi shaklidagi (dinamika) samaradorlikni baholash; – tadqiq etilayotgan funksiyaning haqiqiy holatini normativ, standart, tasdiqlangan holat bilan taqqoslash orqali samaradorlikning hozirgi holatidan normativ holatiga tomon harakatlanish uchun zarur bо‘lgan harakatlar rejasini shakllantirish. Rejani shakllantirish tashkilotni boshqarish amaliyotini kuchaytirish imkonini beruvchi tadbirlar tarkibini aniqlashni nazarda tutadi. Sо‘ngra optimallash- tirishning turli yо‘nalishlarini о‘zida birlashtirgan, tashkilotning uzoq muddatli eng yuqori samaradorligini ta’minlashga yо‘naltirilgan boshqaruvni takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi; – tashkilotni boshqarishni takomillashtirish rejasini amalga oshirish. Audit natijalari yuzasidan berilgan tavsiyalarni amalga oshirish faoliyatni faqat shartli ravishda auditorlik faoliyati deb atash mumkin, chunki aksariyat holatlarda u auditor mustaqilligining va diagnostik tadqiqot sohasiga ixtisoslashuvining yо‘qotilishini nazarda tutadi, demak, auditorlik standartlari talablariga javob bermaydi. Boshqaruv tizimini baholash jarayonida quyidagilar tekshiriladi: – bozordagi vaziyatni nazorat qilish, strategik maqsadni qо‘yish va taktik rejalashtirish tartib-taomillarining kompleksligi; – javobgarlik sohalarining yuqori rahbariyat о‘rtasida va funksional majburiyatlarning bо‘linmalar о‘rtasida taqsimlanishi; – xodimlar о‘rtasida asosiy biznes-jarayonlarning bajarilishi doirasida axborot almashuvi; – mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotish ishlarini bajarish standartlarining mavjudligi va sifati. Boshqaruv auditi inson resurslarini boshqarish samaradorligining tahlili bilan tо‘ldirilishi kerak. Ushbu tahlil jarayonida personalni boshqarish tizimi, ya’ni kadrlar siyosatining boshqaruv tizimiga mosligi darajasi, shu jumladan, personalni rag‘batlantirish, korporativ madaniyatni rivojlantirish mexanizmlari va hokazolar baholanadi. Shu tariqa personal auditi (kadrlar auditi) yuzaga keldi va dastlab 62 boshqaruv auditi doirasida, tez orada esa mustaqil ravishda rivojlana boshladi. Boshqaruv auditining asosiy maqsadi – korxona va uning xodimlarining bozor sharoitida samarali ishlashga tayyorligi darajasini baholashdan iborat. Ushbu baholash asosida о‘zgarishlarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqilib, korxonani boshqarish tizimini qayta tashkil etish, yangi qadrlarni jalb qilish yoki mavjudlarini qayta о‘qitish uchun zarur bо‘lgan xarajatlar hisoblab chiqiladi. Boshqaruv auditini о‘tkazishda quyidagilar baholanadi: – korxonaning joriy strategiyasi, shu jumladan, bozordagi mavqyei, oldinga qо‘yilgan strategik maqsadlarning yaxlitligi va tizimliligi, ushbu maqsadlarning rahbarlar va xodimlar tomonidan tushunilishi, strategik maqsadlarning amalga oshirilishi; – biznes-jarayon, ya’ni korxonaning har bir mahsulotini (tovari yoki xizmatini) ishlab chiqarish va sotish jarayoni texnologiyasi. Texnologiyani baholash biznes-jarayon asosiy qismlarining bajarilishini: mahsulotning iste’mol xususiyatlarini tahlil qilish, uni loyihalashtirish, butlovchi qismlarni xarid qilish, ishlab chiqarish, sifatni nazorat qilish, sotish va sotuvdan keyin xizmat kо‘rrsatish, mahsulot tannarxini, uning sifatini va narxni shakllantirish metodikalarini tahlil qilishni о‘z ichiga oladi; – korxonani boshqarishning asosiy funksiyalarini, shu jumladan bozorni tahlil qilish, strategik va tezkor rejalashtirish, rejalarning amalga oshirilishini nazorat qilish va hisobga olish, moliyani taqsimlash va pul mablag‘larining harakatini hisobga olish, kadrlar siyosatini amalga oshirish funksiyalarini bajarish texnologiyasi; – kompaniyani boshqarish tuzilmasi, ya’ni biznes-jarayonlarni tashkil etuvchi tartib-taomillar bilan boshqaruvning asosiy funksiyalari о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlik. Baholash jarayonida boshqaruv modeli, funksional va sohaviy bо‘linmalarga bо‘linishning aniqligi, ma’muriy bо‘ysunish va funksional о‘zaro hamkorlik tuzilmasi, axborot oqimlari sxemasi hamda ularning boshqaruv strategiyasi va modeliga mos kelishi tahlil qilinadi; – biznes-jarayonlar va asosiy funksiyalar tartib-taomillari, boshqaruv tuzilmalari hamda ularning boshqaruv strategiyasi va mo- deliga mos kelishi asosida tashkilot menejmentining samaradorligini oshirish tartib-taomillari va tuzilmalaridagi о‘zgarishlar bо‘yicha tavsiyalar tuziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling