Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


 Sifatni boshqarish tizimida personal


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

3. Sifatni boshqarish tizimida personal 
Personal – bu sifat tizimidagi asosiy resurs, chunki sifatni 
ta’minlash va yaxshilash uchun sharoitlar yaratuvchi omillar, birinchi 
navbatda, texnik va hatto iqtisodiy ham emas, balki kо‘p jihatdan 
personal bilan bog‘liq bо‘lgan ijtimoiy omillardir. 
ISO standartlarini amalga oshirish sifatni ta’minlash jarayoniga 
korxonaning barcha personali jalb qilinishi kerakligini kо‘zda tutadi. 
Bunda har bir hodim о‘zining sifat bо‘yicha natijalarini ta’minlashga 
javobgar bо‘lishi zarur.
ISO 9001:2000 standarti mahsulot sifatiga ta’sir qiladigan ishni 
bajarayotgan personal olgan bilimlari, tayyorgarligi, tajriba va 
kо‘nikmalariga mos holda kompetent bо‘lishi kerak. 
Buning uchun tashkilot:
• mahsulot sifatiga ta’sir qiladigan ishni bajarayotgan personalga 
zarur bо‘lgan kompetentlikni aniqlashi; 
• ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida kadrlarni tayyorlash 
yoki boshqa choralarni kо‘rishni ta’minlashi;
• kо‘rilgan choralar natijasini baholashi; 
• sifat sohasidagi maqsadlarga erishish bо‘yicha amalga 
oshirilayotgan tadbirlarning muhimligi va dolzarbligini personalga 
yetkazishib borish; 
• ma’lumotlilik, tajriba, kо‘nikmalar haqidagi yozuvlarni о‘z 
vaqtida amalga oshirish, kadrlarga oid ish yuritishni tо‘g‘ri yо‘lga 
qо‘yish. 
Bunday tahlilni zarur resurslar va moliyaviy manbalarning 
etarligini ham qо‘shib tekshirish, hamda tashkilotning va mijozlarning 
kelajakdagi kutayotgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga 
oshirish kerak. Tahlil personalni tayyorlash va xodimlarni jalb qilish 
va tanlashning samarali jarayonini joriy qilish bо‘yicha maqsadli 
dasturlarini belgilashga yordam berishi zarur. 
Bunday tahlilni amalga oshirishda personalning individual yoki 
guruhli malaka oshirishga bо‘lgan ehtiyojlarini aniqlashga mos 
keluvchi uslubiyotni tanlash zarur.
Bunday usullarga qatoriga xodimlar mehnati samaradorligini 
baholash, ular malakasining auditi, iste’molchilardan kelayotgan 
teskari aloqa kanallari orqali kelayotgan axborotlarning tahlili, yangi 


51 
qabul qilinayotganlar bilan suhbatlar о‘tqazish va h.k.larni kiritish 
mumkin.
О‘tkazilgan tahlil natijalari asosida kadrlarni rivojlantirishga 
yо‘naltirilgan о‘qitish yoki malakani oshirish dasturini amalga 
oshirish zarur bо‘lishi mumkin, ya’ni:
• kasbiy mahorat darajasini; 
• kommunikatsiya bо‘yicha kо‘nikmalarini; 
• menejment sohasidagi bilim va kо‘nikmalarini; 
• bilimlarning alohida sohasidagi malakalarni; 
• sifat menejmenti sohasidagi bilim va kо‘nikmalarini oshirish. 
Xodimlarni 
о‘qitish va ularning malakasini oshirish 
samaradorligi shunday baholanishi kerakki, olinadigan baholar 
asosida: 
– xodimlarning yangi va murakkablashib boruvchi lavozim 
majburiyatlarini bajarish uchun bilimlarining yetarliligini tekshirish; 
– kadrlarni rivojlantirish xarajatlari о‘zini oqlashini tasdiqlash; 
– personal о‘qitish va qayta tayyorlash dasturlari va usullarini, 
uning malakasini baholash usullarini takomillashtirish mumkin 
bо‘lsin. 
– Xodimlarga quyidagilar orqali о‘zini о‘zi takomillashtirish 
uchun vaqt va mablag‘lar taqdim etilishi kerak: 
– konferentsiyalar, seminarlar va h.k. tadbirlarda ishtirok etish; 
– ilmiy tadqiqotlar о‘tkazish; 
– ta’lim olish. 
Ushbu standart tashkilot istalgan vaqtda ishlarning joriy 
holatini, barcha xodimlarning ma’lumot darajasi, bilimi va ishlash 
samaradorligini aniqlay olishini talab qiladi. Bunga kadrlar haqidagi 
axborot tizimi yordam berishi mumkin, chunki unda tegishli 
umumlashtirilgan hisobotlar tuzilib, saqlanishi lozim. Bunday 
hisobotlarga xodimlarning shaxsiy hisobotlari yoki kadrlar malakasini 
oshirish tо‘g‘risidagi hisobotlar muqobil variant bо‘lishi mumkin. 
Yuqorida sanab о‘tilgan hisobot materiallari quyidagilarni: 
– har bir xodim erishgan malaka darajalari, tajriba va ish 
samaradorligini; 
– personalni tayyorlash va uni rivojlantirish bо‘yicha 
muvofiqlashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilganligini tasdiqlashi 
kerak. 


52 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling