Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
Uchinchi yondashuv tarafdorlari personal bilan ishlash shakllari
va usullariga, ya’ni personal ishining tashkil etilishi, ularni motivatsiyalash, jamoadagi ijtimoiy-ruhiy muhitga qarab personal ishining samaradorligi konsepsiyasini taklif qiladi. Ushbu holatda personal tarkibi, malaka darajasi, kadrlarning qо‘nimsizligi, intizom, ish vaqti fondidan foydalanish, personalni ish bilan band qilishning bir maromdaligi, bir ishlovchiga xarajatlar, ijtimoiy rivojlanish rejasining bajarilishi, jamoadagi ijtimoiy-ruhiy muhit kabilar mezoniy kо‘rsatkichlar hisoblanadi. Mazkur yondashuv yuqoridagi ikkita yondashuvdan jonli mehnatga nisbatan yanada kо‘proq tabaqalanish bilan farq qiladi, ya’ni ijrochilarning shaxsiy xususiyatlarini va ularning guruhlarda bir-biriga mos kelishini hisobga oladi. Birinchi konsepsiyada korxonaning umumiy resurslari – moddiy, moliyaviy va mehnat; ikkinchi konsepsiyada kо‘proq mehnat; uchinchi konsepsiyada esa yakka tartibdagi mehnat resurslari darajasigacha tabaqalangan mehnat resurslari boshqaruv obyekti hisoblanadi. Personalni boshqarish tizimlari aniqlangan turlarining xilma- xilligi nuqtai nazaridan ular samaradorligini baholashga nisbatan yagona yondashuv barcha tizimlar uchun umumiy bо‘lgan parametrlarning mavjudligini nazarda tutishi lozim. Bunday umumiy parametr – tashkilot va personalni boshqarish tizimi maqsadlarining mos kelishi, chunki personalni boshqarish tizimi – bu korxonani boshqarish tizimining ichidagi qismi. Uning samaradorligi tashkilot faoliyatining yakuniy natijasi bilan belgilanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmatlar), tashkilotning о‘zi va undagi ish nuqtai nazaridan raqobatbardosh bо‘lgan tashkilot personalini boshqarish tizimini samarali tizim deb tan olish lozim. Inson resurslarini tahlil qilish – bu inson resurslari haqidagi axborotni aniqlash, о‘lchash va tashkilotda qarorlar qabul qiluvchi shaxslarga taqdim etish jarayoni. Diagnostika natijalari kadrlarni joy-joyiga qо‘yishni optima- llashtirish, ijtimoiy-ruhiy muhitni, bо‘ysunish iyerarxiyasini, boshqaruv uslubini yaxshilash tadbirlarini rejalashtirish va xodimlarni motivatsiyalash, bо‘linmalar ichidagi va bо‘linmalararo о‘zaro hamkorlikni optimallashtirish uchun asos bо‘lib xizmat qilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling