Birinchi
yondashuv
umumiy
ijtimoiy
xodim
sifatida
korxonaning butun personalini baholashni nazarda tutadi. Personal
faoliyatining samaradorligi esa muayyan davr mobaynida ishlab
chiqarishning yakuniy natijalari bilan belgilanadi. Yakuniy natija
kо‘rsatkichlari sifatida tashkilot faoliyatining muayyan davrdagi
yakuniy natijalari (sotilgan, sof tovar mahsulotining hajmi, uning
sifati, foydasi, mahsulot tannarxi, rentabellik, daromad, iqtisodiy
samaradorlik koeffitsiyentlari, kapital qо‘yilmalarning о‘zini oqlash
muddati, bir akstiyaga tо‘g‘ri keladigan dividendlar va h.k.)dan
foydalaniladi. Bunday yondashuv bir qator ustunliklarga ega, chunki
personalning samaradorligi butun firmaning yakuniy natijalari bilan
aniqlanadi. Lekin mazkur yondashuv ushbu natijaga qanaqa usullar va
vositalar bilan erishilganligini hisobga olmaydi.
Personal bilan ishlash samaradorligini baholashga nisbatan
ikkinchi yondashuv jonli mehnat samaradorligi va sifatining mezoniy
kо‘rsatkichlariga asoslangan. Bunday kо‘rsatkichlar sifatida mehnat
unumdorligi va uning о‘zgarish dinamikasi, mahsulot tannarxida
mehnat haqining ulushi, ishlab chiqarish normalarini bajarish foizi,
mahsulotning kо‘p mehnat talab qilishi, mehnatning fond bilan
ta’minlanganlik darajasi, ish vaqtining yо‘qotilishi, mehnatning sifati,
ishlarning murakablik darajasi, ishlab chiqarishda jarohatlanish
darajasi va hokazolardan foydalaniladi. Agar birinchi yondashuv
oddiy xodimgacha butun personalni agregatsiyalasa, ikkinchi
konsepsiya jonli mehnatning ishlar turlari va mahsulotlar bо‘yicha
tabaqalanishidan
foydalanadi.
Mazkur
yondashuvda
tashkilot
faoliyatining bozor jihati hisobga olinmaydi. Bozor sharoitida faqat
mehnat kо‘rsatkichlarining о‘zi etarli emas.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |