Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

3. Boshqaruv auditi jarayoni 
Boshqaruv auditi jarayonini operatsiyalarning yopiq izchilligi 
kо‘rinishida namoyon etish mumkin. Boshqaruv auditi tо‘rtta bos-
qichda о‘tkaziladi. Muammo(lar)ni qо‘yish bosqichi: kompaniya 
tо‘g‘risidagi axborot – moliyaviy ma’lumotlar, nazoratning sama-
radorligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni о‘rganish. Dastlabki diagnos-
tikani о‘tkazish mumkin. Korxona rahbarlari bilan intervyu asosida 
biznes (mahsulotlar) chegaralariga; biznes-jarayonlar va asosiy 
funksiyalar, joriy va strategik maqsadlar uchun mas’ul shaxslar va 
bо‘linmalarga aniqlik kiritiladi; auditorlik tekshiruvining yо‘nalishlari 
(tashkilot strategiyasi, boshqaruvning texnik jihatlari, liniyali 
boshqarish), muammolar va oldinda turgan vazifalar doirasi, muhim 
tekshirish nuqtalari aniqlanadi. Boshqaruv auditi tartib-taomillarining 
umumiy dasturi tayyorlanadi: tadbirlarni о‘tkazish reja-grafigi tuzilib, 
unga auditning keyingi bosqichlarida aniqliklar kiritiladi.
Ma’lumotlarni yig‘ish bosqichi: ma’lumotlarni yig‘ish tartib-
taomillarini rejalashtirish va amalga oshirish. Bu «texnik» bosqich 
bо‘lib, unda hujjatlar tahlil qilinadi, bо‘linmalar rahbarlari va 
mutaxassislar bilan ekspert intervyular о‘tkaziladi. Axborot tо‘plash 
jarayonida auditorlar qarorlar qabul qilish (baholash) uchun asosni 
shakllantiradi. Tartib-taomillar mazmuni, ularni amalga oshirish 


65 
izchilligi, nazorat qilish nuqtalari (tartib-taomillarning oraliq va 
yakuniy natijalari), bajarish standartlari, sifatni baholash mezonlari, 
funksional va axborot hamkorligi aniqlanadi. Natija – biznes-jarayon-
lar va asosiy funksiyalar modellari, shuningdek, kompaniyaning 
1DEF-0 yoki IDEF-IX standartida bajarilgan axborot modelidan 
iborat bо‘ladi. 
Axborotni baholash va tahlil qilish bosqichi: kо‘rib chiqilayotgan 
muammo(lar)ga taalluqli asosli qaror qabul qilish uchun ma’lumotlar 
qanchalik yetarli ekanligini aniqlaydi. Modellarning umumiy qabul 
qilingan boshqaruv standartlariga mos kelishi tahlil qilinadi.
Natijada boshqaruvning asosiy funksiyalari tartib-taomillaridagi 
kamchiliklar aniqlanadi. Kamchiliklar ikkita darajada aniqlanadi: 
samarali boshqarish uchun zarur bо‘lgan barcha tartib-taomillarning 
mavjudligi tekshiriladi (masalan, boshqaruv funksiyalarida bozor 
tahlili yoki biznes-jarayonda mahsulotning tovar xususiyatlarini tahlil 
qilish); 
- har bir tartib-taomilning vazifalarga mosligini aniqlash uchun uning 
tarkibi tahlil qilinadi. 
Xulosalar va tavsiyalarni shakllantirish bosqichi. Auditorlik 
xulosasi boshqaruv tizimi samaradorligining holatini, tashkilotda 
boshqaruv faoliyatining yо‘nalishlarini ta’riflashni; boshqaruvni 
takomillashtirish ehtimoli yо‘llarini о‘z ichiga oladi. Tashkilot 
rahbariyati audit natijalarini baholaydi. Shu asosda keyingi auditning 
yо‘nalishlari shakllanadi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling