Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Personal auditini о‘tkazish vositalari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Personal auditini о‘tkazish ketma-ketligi
6. Personal auditini о‘tkazish vositalari
Kadrlar auditida buyurtmachi tomonidan qо‘yilgan vazifadan kelib chiqib audit dastaklarini tо‘g‘ri tanlash о‘ta muhimdir. Kadrlar auditini о‘tqazishda maslahatchilar foydalanadigan vositalar turli-tumandir: - anketalashtirish; - tuzilmaviy intervyu; - testlar; - turli sо‘rovnomalar; - ekspert baholash usuli; - vaziyatli guruhli diagnostika; - mavjud boshqaruv va kadrlarga oid hujjatlarni tahlil qilish; - kuzatish va boshqalar. Professional – audit maslahatchilari u yoki bu bо‘linmada har kunlik ish predmetini kuzatishni, ushbu kuzatish yordamida qarorlar 58 qabul qilish amaliyoti, intervyu olish va hokazolarni nazorat qilishni tavsiya etishadi. Majlis eng kо‘rgazmali tadbirlardan biri hisoblanadi. Majlis vaqtida firmada rahbarlikning qanaqa uslubi qabul qilinganligi, boshqaruv triadasida (vazifalarni qо‘yish, vakolatlarni о‘tkazish, natijalarni nazorat qilishda) qanaqa muammolar mavjudligi, boshqaruv nazorati modeli qanaqaligi (natija bо‘yicha yoki jarayon bо‘yicha) va hokazolar oydinlashadi. Majlis jarayonini kuzatish yakunlari bо‘yicha qilingan xulosalarni keyinchalik sо‘rovnomalar, tarkiblangan intervyu va boshqa usullar yordamida tekshirish mumkin bо‘ladi. 7. Personal auditini о‘tkazish ketma-ketligi Personal auditi doirasidagi tadqiqotlar yо‘nalishlariga aniqlik kiritish maqsadida personalni boshqarish tizimini optimallashtirish uchun birinchi galda e’tibor qaratishni talab qiladigan zonalarni aniqlab beruvchi dastlabki tashxis amalga oshirilishi mumkin. Tо‘liq kо‘lamli personal auditi diagnostik operatsiyalarning yuqorida keltirilgan izchilligi shaklida eng uzoq muddatli samaradorlikka ega bо‘ladi. Personal auditi boshqaruvning strategik bosqichida boshlanadi. personalni boshqarish tizimini baholash samaradorlik mezonlarini qо‘llagan holda amalga oshiriladi. Personal auditi personalni boshqarish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Personalni boshqarish faoliyatining samaradorlik mezonlariga mos kelishini baholash uchun qо‘llaniladigan uning muayyan tavsiflari asosida mezonga “muvofiqlashtirish”, “muvofiqlik” darajasini oshirish yoki qoniqarli “muvofiqlik” tо‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi. Personalni boshqarish tizimining qoniqarli holatiga ishonch hosil qilingach, personalni boshqarishning quyi darajasi – funktsional darajaga о‘tiladi. Personal auditining natijalari asosida strategik va funktsional darajalarda muayyan liniya rahbarlari ishi samarasizligining ochib berilgan alomatlari bо‘yicha personalni liniyali boshqarish samarasizligining sabablari aniqlanadi. Personal auditi ularni hal etmasdan turib keyingi tashxis ishini amalga oshirish hyech qanday ma’no kasb etmaydigan muammolar yig‘indisi aniqlaganidan keyin vaqtinchalik tо‘xtatib qо‘yiladi. Bu barcha sa’y-harakatlarni birinchi galda e’tibor qaratishni talab 59 qiladigan muammolarni о‘rganishga qaratish hisobidan auditorlarning qimmatli vaqtini bо‘shatgan holda auditorlik tadqiqotining vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. Muayyan korxonada personal auditi nihoyasiga etgach boshqaruvni yanada takomillashtirish uchun asos bо‘lib xizmat qiladigan auditorlik xulosasi tayyorlanadi. Personalni boshqarishni taqdim etilgan mezonlarga muvofiqlashtirishni anglatuvchi tavsiyalardan foydalanish boshqaruvni takomillashtirish jarayonini davom ettirish va, о‘z navbatida, personal auditini davom ettirish imkonini beradi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling