Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

6. Auditorlik xulosasi 
Auditorlik xulosasi – bu boshqaruv sohasidagi faoliyatni yanada 
samarali yuritishga doir tavsiyalarni о‘z ichiga oluvchi ushbu 
faoliyatni keng yoritish. Xulosada kamchiliklarga taalluqli axborot va 
tashkilotning samarali ishlashiga misollar muvazanatining mavjudligi 
mijoz tomonidan auditor fikrlarining qabul qilinishini soddalashtiradi. 
Auditorlik xulosasi bir necha qismdan iborat: tashkilotni bosh-
qarish strategik darajasi rahbarlari (ushbu axborotni olish vakolatiga 
ega bо‘lgan va bundan manfaatdor bо‘lgan) hamda funksional 


69 
bо‘linmalar rahbarlari (mutaxassislar) va о‘ziga xos (spestifik) 
funksiyalar uchun. О‘tmishda ustuvorligi tavakkaliga belgilangan 
muammolarni hal etish о‘rniga boshqaruv texnologiyalari masalalari 
bilan shug‘ullanuvchi xodimlar, auditorlik hisobotidan foydalangan 
holda, e’tiborini tashkilotning samaradorligini oshirish salohiyatiga 
ega bо‘lgan muammolarga qaratishlari mumkin. 
Kо‘rsatkichlar holati о‘zgarishining dinamikasi yuzaga kelishi 
mumkin 
bо‘lgan 
murakkabliklarni 
aks 
ettirishi 
mumkin. 
Auditorlarning xulosada ifodalanadigan fikri о‘zgartirishga undovchi 
tashqi nufuzli fikr rolini bajarishi mumkin. Haqiqiy holat haqida bilish 
kelgusida standartlar sifatida foydalanilishi mumkin bо‘lgan 
maqsadlarni rejalashtirish, belgilash imkonini beradi. 
Agar mijoz tekshiruv jarayonida axborotni yashirishga, uning 
doiralarini toraytirishga, ish beruvchi uchun qulay bо‘lgan fikrni 
qidirib topishga urinsa, u holda auditor о‘z fikrini bildirishdan voz 
kechgani ma’qul. Bunday holatda xulosada muayyan voqyealarga 
muvofiq auditorlik tekshiruvi hajmining yoritilishiga taalluqli qism 
о‘zgaradi, alohida izohlovchi xatboshida ehtimoliy hisob-kitob dalil-
lari ilova qilingan holda voz kechishga olib kelgan barcha sabablar 
isbotlanadi. 
Agar kelishmovchilik professional nuqtai nazardan muhim 
xususiyatga ega bо‘lib, kо‘rib chiqilayotgan masalalarning mohiyati 
bо‘yicha ma’muriyatga bо‘lgan ishonchning darajasi past bо‘lsa, 
auditor salbiy fikr bildirishi mumkin. Barcha mavjud sabablar alohida 
izohlovchi xatboshida kо‘rib chiqilishi kerak. 
Auditor (auditorlik tashkiloti) auditorlik xulosasi imzolangan 
sanadan keyin yuzaga kelgan voqyealar uchun javobgar bо‘lmaydi. 
Auditorning bunday voqyealar uchun javobgarligi mijoz zimmasiga 
yuklatiladi (iqtisodiy subyekt qо‘llanmasi). 
Agar mijoz xulosada kо‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatmasa va 
muhim xususiyatga ega bо‘lgan va auditor auditorlik kelishuvi 
yozilgan sanadan keyin talab qilgan tuzatishlarni kiritmasa auditor 
mijozga uning auditorning talablarini bajarmaganlik oqibatlari uchun 
javobgarligini yozma shaklda kо‘rsatishi kerak. 
Auditorlik tartib-taomillar natijalarini shakllantirish va ularni 
mijozga auditorlik xulosasi shaklida taqdim etish: 
– boshqaruv amaliyotini kuchaytirish orqali tashkilotning 
samaradorligini oshirish mumkin bо‘lgan joylarni aniqlash; 


70 
– tashkilotni boshqarish tizimining samaradorligini tahlil qilish 
va baholash sxemasiga rahbarlikning yuqori darajasini ta’minlash; 
– funksional bо‘linmalarning tegishli xizmat ishining kuchli va 
zaif tomonlarini tahlil qilish uchun tahliliy asosga, uning yо‘nalishlari 
bо‘yicha boshqaruvni maqbullashtirish uchun zarur bо‘lgan axborotga 
rahbarlikni ta’minlash; 
– funkstional rahbarlikni tashkilotni boshqarish samaradorligi 
muammolarini hal etishga kiritish; 
– bо‘linmalarning tashkilotning boshqa qismlariga samarali 
boshqaruv tartib-taomillarining foydasini namoyon etuvchi axborotga 
rahbarlikni ta’minlash; 
– boshqaruv sohalarini turli uydirmalar va hujumlardan 
himoyalash imkonini beradi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling