Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

Birinchi 
yondashuv 
umumiy 
ijtimoiy 
xodim 
sifatida 
korxonaning butun personalini baholashni nazarda tutadi. Personal 
faoliyatining samaradorligi esa muayyan davr mobaynida ishlab 
chiqarishning yakuniy natijalari bilan belgilanadi. Yakuniy natija 
kо‘rsatkichlari sifatida tashkilot faoliyatining muayyan davrdagi 
yakuniy natijalari (sotilgan, sof tovar mahsulotining hajmi, uning 
sifati, foydasi, mahsulot tannarxi, rentabellik, daromad, iqtisodiy 
samaradorlik koeffitsiyentlari, kapital qо‘yilmalarning о‘zini oqlash 
muddati, bir akstiyaga tо‘g‘ri keladigan dividendlar va h.k.)dan 
foydalaniladi. Bunday yondashuv bir qator ustunliklarga ega, chunki 
personalning samaradorligi butun firmaning yakuniy natijalari bilan 
aniqlanadi. Lekin mazkur yondashuv ushbu natijaga qanaqa usullar va 
vositalar bilan erishilganligini hisobga olmaydi. 
Personal bilan ishlash samaradorligini baholashga nisbatan 
ikkinchi yondashuv jonli mehnat samaradorligi va sifatining mezoniy 
kо‘rsatkichlariga asoslangan. Bunday kо‘rsatkichlar sifatida mehnat 
unumdorligi va uning о‘zgarish dinamikasi, mahsulot tannarxida 
mehnat haqining ulushi, ishlab chiqarish normalarini bajarish foizi, 
mahsulotning kо‘p mehnat talab qilishi, mehnatning fond bilan 
ta’minlanganlik darajasi, ish vaqtining yо‘qotilishi, mehnatning sifati, 
ishlarning murakablik darajasi, ishlab chiqarishda jarohatlanish 
darajasi va hokazolardan foydalaniladi. Agar birinchi yondashuv 
oddiy xodimgacha butun personalni agregatsiyalasa, ikkinchi 
konsepsiya jonli mehnatning ishlar turlari va mahsulotlar bо‘yicha 
tabaqalanishidan 
foydalanadi. 
Mazkur 
yondashuvda 
tashkilot 
faoliyatining bozor jihati hisobga olinmaydi. Bozor sharoitida faqat 
mehnat kо‘rsatkichlarining о‘zi etarli emas. 


49 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling