Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi
Download 0.94 Mb.
|
O\'QUV QULLANMA TIM 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. TARBIYA USLUBLARI VA SHAKLLARI
Nazorat savollari:
Boshlang’ich ta’limga bog’liq me’yoriy hujjatlarda tarbiyaviy ishlarning ijtimoiy ahamiyati haqida nima deyilgan? «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fani nimani o’rganadi? Kursning umumiy maqsadi qanday? «TIM» fanining vazifalari qanday? Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda qadriyatlarning ahamiyatini izohlab bering. «TIM» kursi qaysi fanlar bilan bog’langan? Pedagogik fanlar tizimida «TIM» qanday o’rin tutadi? Uning kasbdagi ahamiyatini qanday tushunasiz? Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi qanday maqsadga yo’naltirilgan? Konsepsiyada qanday vazifalar qo’yilgan? Konsepsiyasida o’quvchilar tarbiyasining asosiy yo’nalishlari nimalardan iborat? Konsepsiyasidan kelib chiquvchi tarbiyaviy tadbirlar mazmunini izohlab bering. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda qanday tarbiyani tashkil etish shakllaridan foydalanamiz? 1.2. TARBIYA USLUBLARI VA SHAKLLARI “Qobil оdamni tarbiya qilmaslik - zulmkor va noqobil odamga tarbiyani behuda sarf qilish hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoya ketkizma”, - deb ta’kidlaydi A.Navoiy [13]. “Qayerda rag’batlantirish bo’lsa, umid shu tomonga yo’l oladi, qayerga don sepilsa, shu yerga qush qo’nadi” , - degan Al-Buxoriy [21]. Farobiy deydi: “Muallim shogirdiga nisbatan o’ta hokimlikka ham yo’l qo’ymasligi lozim, chunki o’ta hokimlik shogirdda muallimga nisbatan nafrat uyg’otadi. Agar shogird muallimning bo’shlig’ini sezsa, unda muallimga va uning o’qiyotgan ilmiga nisbatan sovish va mensimaslik paydo bo’ladi,” - deb ta’kidlaydi. J.J.Russo “Agar siz bolalardagi sho’xlikni o’ldirsangiz, hech qachon dono odamlarni voyaga yetkaza olmaysiz”, - degan fikrni bildirgan. Tarbiya metodlarida insonni har tomonlama kamol toptirish maqsadida bola ongi, his-tuyg’ulari, irodasi va xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatishga aytiladi. A.S.Makarenko tarbiya metodlarini insonga ta’sir ko’rsatishni quroli deb ta’riflagan[15]. Qimmatbaho marvarid donachasini oxirigacha parmalashda hadiksirab, ustalar uning bahosini tushunib yetmagan shogirdlariga berishadi. Shogirdlari butun borlig’i bilan ishga kirishib ketadi. Bunda ular qo’llari qaltiramay, qo’rqmasdan parmalashni davom ettirgan. Agar bu ishda xavfsirash bo’lsa, parmalash davomida biron bir tasodif bilan dur maydalanib ketsa, usta shogirdini shapaloq bilan tushurgan. Tarsaki zarbi ularni yaxshiroq, sifatliroq ishlashga ko’niktirgan. Dur tirmalanib bo’lgandan so’ng xavfli vaziyat o’tib ketgan. Beruniy tarbiyachi bolalarga faqat nasihatgo’ylik qilmay, balki o’z хatti-harakati bilan namuna bo’lib ta’sir ko’rsatishi zarur [15], deb hisoblangan. Bola o`qishni, tarbiya olishni istaydi, katta bo`lib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga bola o`zini o`zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik lozim. O`qituvchi - do`st, murabbiy, yo`l boshlovchi bo`lgandagina o`quvchilar o`zlarining ichki olamlarini ochib ko`rsatadilar. Yuqorida aytganimizdek, tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o`z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilim va tarbiyaga ega bo`lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar-bilim va tajriba o`rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko`rsatmasalar, tajriba va bilim o`rgana olmaydilar. Demak, tarbiya metodi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o`zaro ta`sir ko`rsatish usullaridir. Shaxsni shakllantirish maqsadida, bolaning ongi, his-tuyg’ulari, irodasi, xulq-atvori va munosabatlari tizimiga ta`sir ko`rsatish uchun tarbiya metodlari ishlatiladi. Ilmiy adabiyotlarda tarbiya metodlarini tarbiya usullari, deb ham yuritiladi. Masalan, o`qituvchi sinfda birinchi marta sinf xonasini tozalash uchun shanbalik uyushtirmoqda. Bolalarga ish bo`lib berishdan oldin u lattani qanday qilib ho`llash, partalarni va polni artish haqida gapirib, ko`rsatib beradi. O`qituvchining so`zi bu yerda uslub bo`lib hisoblanadi. Metod va uslub bir-biri bilan o`zaro bog’liq va pedagogik jarayon mohiyatiga ko`ra bir-biriga o`tib turishi mumkin. O`quvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun tarbiya shakllaridan foydalaniladi. Masalan, sinf majlisi, yig’ilishi, ertalabki saflanish, klub ishlari va boshqalar. Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo`l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko`rsatmali qo`llanmalar, kitoblar, radio, televideniya). Yana o`quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari ham tarbiya vositasi bo`lishi mumkin. Kinofilmlar, san`at asarlari, o`qituvchining jonli so`zi, bolalar o`yini, mehnat, sport, badiiy havaskorlik, ijtimoiy va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo`lishi mumkin. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o`qituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Masalan, maktab kutubxonasi (axborot-resurs markazi) tarbiya vositasi bo`lishi uchun o`qituvchi va kutubxonachi (axborot-resurs markazi) yozuvchilar bilan uchrashuv, o`qilgan kitoblarni muhokamasini uyushtirishlari lozim. Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning metodlari, usullari, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog’liq. Tarbiyachilar ta`sir etishning bola shaxsiyatiga maqbul metodni tanlab olishlari, uning shaxsini o`zgartirish uchun kerakli sharoit yaratishlari lozim. Tarbiya metodlari har bir bolaga, bolalalar jamoasiga alohida munosabatda bo`lishni nazarda tutadi. Tarbiyaning metodlari, vositalari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, o`zini oqlagan urf-odatlar an`anaga aylanadi [22]. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o`z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi, tarbiya vositalari bo`ladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak. Tarbiya metodlarini o`rganish, tahlil qilish, bu metodlardan pedagogik jarayonda foydalanish ko`nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruhga bo`lib olamiz: ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar, faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni shakllantirish metodlari, o`z-o`zini tarbiyalash metodlari hamda faoliyatni rag’batlash va motivatsiyalash metodlari. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling