Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo’lishi lozim :
- tarbiya - tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigit-qizning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish;
- yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg’usini qaror toptirish;
- milliylikning o’ziga xos an’analari va vositalariga tayanish;
- shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o’quvchilar o’rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo’lish,
Amalda tarbiyaviy jarayon yaxlit va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi, bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim.
O’smir yigit va qizlar nafaqat bo’lg’usi katta hayotga tayyorgarlik ko’radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo’sh vaqtlarida o’quv-tarbiya jarayonini to’ldiradi. U o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o’ziga xosligi shundaki, to’garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o’smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakli va uslublari. Erkin tafakkur yurituvchi shaxslarni tarbiyalash
Fuqarolik faoliyati o’z davlati oldidagi huquq va burchlarini tan olishni, jamiyat belgilagan yashash va axloq me’yorlariga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, ma’naviy yetuklikni barqaror etadi:
- islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosati yurituvchi;
- siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatning ichki va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilish. Vatanparvarlik va baynalmilallikni his etish, ijtimoiy siyosiy hayotda faol qatnashishga shay turish;
- xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni qonunchilik tamoyillarini, o’zining Vatan, mahalla, oila oldidagi huquq va burchlarini bilishi, ularga qat’iy amal qilishi. Qonunchilikning buzilishiga murosasiz munosabatda bo’lish;
Do'stlaringiz bilan baham: |